Suvni biriktirish: asetilenga suvni biriktirish reaksiyasiga Kucherov reaksiyasi deyiladi (1881 – yil).
Asetilen simob (II) sulfat katalizatorligida suvni biriktirib sirka aldegidi (asetaldegid) hosil qiladi.
Bu reaksiyaga gidratlanish reaksiyasi deyiladi.
Asetilenga sianid kislotasi birikishi muhim ahamiyatga ega bo’lib, undan sanoatda akrilonitril monomerini olishda foydalaniladi.
Akrilonitrildan to’qimachilik sanoatida ishlatiladigan sintetik tola – nitron tolasi olinadi. Nitron tolasi mineral moylar va benzin ta’siriga chidamlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |