ADSL, ADSL2, ADSL2+, RE-ADSL texnologiyalari. Simmetrik kirish texnologiyalari avvaldan tarmoqni raqamlashtirish vazifasini echishga qaratilgan bo‘lib, alohida foydalanuvchilarga keng polosali kirish xizmatlarini taqdim qilish uchun kamdan-kam qo‘llanilgan. Buning uchun asimmetrik kirish qulayroq bo‘lib, zamonaviy NGN tarmoqlarida “klient-server” aloqasini tashkil qilishda qo‘llaniladi. Internetga kirish, elektron pochta, IPTV, interaktiv o‘yinlar va boshqa an’anaviy xizmatlarda doimiy ravishda ma’lumotlarni almashinishning asimmetrikligi vujudga keladi: foydalanuvchi ma’lumotlari asosan axborotni taqdim qilishga so‘rov, server ma’lumotlari esa so‘ralgan axborotlardan iborat bo‘ladi. Natijada, foydalanuvchi ma’lumotlari hajmi o‘rtacha server ma’lumotlariga qaraganda kamroqdir.Asimmetrik kirish texnologiyasining rivojlanishi ADSL texnologiyalar oilasining yaratilishiga olib keldi va dunyo amaliyotida ushbu texnologiyalar NGN keng polosali kirish texnologiyasi sifatida etakchi o‘rinlarni egallaydi. ADSL texnologiyasi boshqa DSL-texnologiyalardan farqi strukturasi, foydalaniladigan modulyatsiya prinsipi (DMT), shuningdek, protokollar arxitekturasining standartlashtirilganligidadir, shu sababli turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari o‘zaro moslashuvchandir.
Қўлланиладиган жуфтликлар сони
1
2
3
Ўзгарувчан узатиш тезлиги
Доимий узатиш тезлиги
HDSL (ANSI)
784 Кбит/с
HDSL (ITU-T)
784 Кбит/с
MDSL 160……784 Кбит/с
IDSL (ISDN BRI) 160 Кбит-с
HDSL (ITU-T)
1168 Кбит/с
MSDSL 160…2320 Кбит/с
HDSL (ANSI)
1562 Кбит/с
SDSL 160…2320 Кбит/с
HDSL (ITU-T)
2320 Кбит/с
GSYDSL
9.4-rasm. HDSL texnologiyasining turli variantlari
ADSL avvaldan telefon abonent juftliklarida foydalanishga mo‘ljallangan edi.
Ushbu texnologiyaning muvaffaqiyati, asosan, oddiy telefon tarmog‘i va ADSL tarmog‘ining samarali moslashtirish usuli bilan bog‘liqdir (9.5-rasm).
9.5-rasm.Telefon ulanishini ADSLulanishiga o‘zgartirish
Shu bilan birga, abonent tomonida shoxlantirgichlar (splitter) qo‘llanilib, ular an’anaviy telefoniya va ADSL yuqori chastotali signallarni ajratadi. Natijada ATS – telefoni ish holatini saqlab qoladi, shu bilan birga yana bir modem – DSLAM aloqasi paydo bo‘lib, u keng polosali kirishni ta’minlaydi.
Abonent kirish ulanishi tipli sxemasi asosida signallarni uch diapazonga chastotali ajratish yotadi (9.6-rasm): an’anaviy telefoni, ADSL liniyalari yuqori (abonentdan) va past. Abonentlardan tarmoqqa uzatiladigan ma’lumotlar hajmi kamligi sababli, ma’lumotlarni liniya bo‘ylab yuqoriga uzatish uchun kamroq chastota diapazoni talab qilinadi. ADSL texnologiyasining birinchi versiyasida 1,1 MGS gacha umumiy diapazondan foydalanish nazarda tutilgan edi, ammo ADSL2+ standartining yangi versiyalarida diapazon 2,2 MGs gacha kengaytirilgan.
9.6-rasm. Telefoniya va ADSL signallarini uzatish chastota diapazonlari
ADSL texnologiyasining yana bir afzalliklaridan biri ADSL segmentlarini NGN ning boshqa tizimlari bilan moslashuvchanligini ta’minlovchi protokollarning standartlashtirilgan stekidir. ADSL texnologiyasi faqatgina fizik va kanal sathi bilan chegaralanmaydi, balki ma’lumotlarni foydalanuvchining oxirgi qurilmasidan (CPE), ya’ni kompyuterdan Internet-provayderning serverigacha (ISP) o‘zgartirilishiga ta’sir qiladi.
9.7-rasmda ma’lumotlarni abonentdan tarmoqqa uzatish jarayonida qatnashuvchi turli qurilmalar zanjiri keltirilgan, xususan, Internet tarmog‘i va protokollarning o‘zaro aloqadorligining ko‘p uchraydigan sxemasi. Foydalanuvchi ma’lumotlari so‘rovlar ko‘rinishida
Internet tarmog‘ida qo‘llaniladigan NTTR yuqori sath protokoli bo‘yicha uzatiladi.
Ma’lumotlarni uzatish uchun NTTR kadrlari TCP/IP transport kadrlariga o‘rnatiladi va ADSL modemiga uzatiladi. Buning uchun turli almashinuv interfeyslaridan foydalaniladi, asosan, - Ethernet yoki USB.
ADSL modemining roli shundan iboratki, u foydalanuvchi ma’lumotlarini ADSL orqali uzatish uchun qulay bo‘ladigan formatga o‘zgartirishga xizmat qiladi. Modem yuqori sath ma’lumotlari bilan ishlamaydi, uning uchun faqat TCP/IP kadrlari mavjud. kadrlarni abonent kirish zanjiri orqali uzatish uchun modem to‘rt sathli ADSL strukturasini shakllantiradi va u o‘z ichiga ADSL protokolining fizik sathini, ATM asosidagi kanal sathini, kanalni “nuqta-nuqta” rejimida bog‘langanligini nazorat qilish uchun PPP sathini va TCP/IP ni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |