NEAX-61E RAQAMLI KOMMUTATSIYa TIZIMI
Yaponiya korporatsiyasi NEC ning NEAX-61E tizimi katta sig‘imli ra-qamli kommutatsiya tizimi hisoblanadi. U kommutatsiya tarmog‘ining turli amaliy funksiyalarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Tizim yozilgan das-tur bo‘yicha boshqariladi va integral xizmat ko‘rsatuvchi raqamli tarmoq (ISDN) xizmatlarini taqdim etishi mumkin. ISDN xizmatlarini berish ik-ki simli analog abonent liniya bo‘yicha umumfoydalanishdagi kommuta-siyalanadigan telekommunikatsiya tarmog‘i, ulash liniyalari bo‘yicha paketlar-ni kommutatsiyasi asosida ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, raqamli liniya-lari bo‘yicha paketlarni kommutatsiya asosida ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i bilan o‘zaro hamkorlik yo‘li bilan ta’minlanadi. NEAX-61E kommutatsiya tizimi birinchi marta 1977 yilda jahon tarmog‘ida qo‘llanila boshladi. Bu tizim hozirgacha telekommunikatsiyada, kompyuterlarda, elektronika sohasida uchrayotgan yangi g‘oya va ishlab chiqarishlar asosida takomillashtirilmoqda.
NEAX-61E tizimining qurilmalar majmuasi mahalliy, shaharlararo, xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlarida ishlashga mo‘ljallangan. U hamma turdagi ATS va ShATS lari bilan o‘zaro aloqani ta’minlaydi.
Agar tizim mahalliy tarmoqda ishlatilsa stansiyaning maksimal sig‘i-mi 350000 abonent liniyalari yoki 18450 ulash liniyalariga, stansiyaning o‘tkazuvchanlik qobiliyati 27000 Erlanga, agar shaharlararo va xalqaro tar-moqlarda qo‘llanilsa, stansiyaning maksimal sig‘imi 60000 ulash liniya-lariga, konsentrator sifatida ishlatilsa, sig‘imi 4096 abonent liniyala-riga teng bo‘ladi. Eng katta yuklama soatida stansiya 1500000 chaqiriqqa xizmat ko‘rsata oladi. Tizim maksimal 512 marshrut hosil qila oladi. Ham-ma turdagi nomerlash tizimida ishlay oladi.
Tizimga hamma turdagi abonent va ulash liniyalarni ulash mumkin. Shuning uchun NEAX-61E tizim hamma turdagi abonent signalizatsiyasi (impuls, ko‘p chastotali “8 dan 2” kodi) va hamma registr turdagi signa-lizatsiyasi (batareya impulslari, ko‘pchastotali kod “6 dan 2”,”5 dan 2”, MF/ MFC, ITU-T tavsiyalar asosidagi 1, 4, 5, 6, 7, R1, R2, liniya signallari, umumkanal signalizatsiyasi) bilan ishlay oladi. Hamma turdagi tarifika-siyani qo‘llashi mumkin.
NEAX-61E tizimining kommutatsiya maydoni vaqt-fazo-fazo-vaqt (T-S-S-T) tamoyili bo‘yicha qurilgan.
NEAX-61E tizimida markazlashmagan boshqarish usuli ishlatilgan. Bu yuklamani taqsimlashga, tizim tuzilmasini soddalashtirishga va ishlatila-digan modullar sonini kamaytirishga olib keladi. Tizim 48 ± 5V kuchla-nishli o‘zgarmas tokdan oziqlanadi.
NEAX-61E tizimini ishlatilish varianti va sig‘imi 1 - jadvalda keltirilgan.
1- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |