2.2. Kanallarni kommutatsiyalashning ishlash tamoyili
Elektr aloqa tizimlarida axborotlar signallar yordamida uzatiladi. Axborotlarni kanal bo‘yicha uzatish uchun taqdim qilish shakli signal deb ataladi.
Ishlatilish sohalariga qarab va vaqt bo‘yicha aniqlanishiga ko‘ra, signallar analog va diskret ko‘rinishga ega bo‘ladi (2.....-rasm).
Analogli signal deb, analog signal amplitudasining maksimal va minimal oralig‘ida cheksiz qiymatlar sonini qabul qilinishiga aytiladi.
Diskret signal deb, cheklangan qiymatlar qabul qiladigan signalga aytiladi. Diskret signal raqamli signal bo‘lishi mumkin. Avtomatik kommutatsiya texnikasida diskretli signallar ko‘p qo‘llaniladi, masalan: registrli va chiziqli raqamli signallar ikki asosli kod ko‘rinishida tasvir etiladi. Raqamli signallar ishlatilishi, signallarni raqamli ko‘rinishda aniqlashga imkon beradi. Raqamli signallar, ikkilamchi signal ko‘rinishida tasvir etiladi.
2.7- rasm. Signal turlarining ko‘rinishi.
2.8- rasm. Analog signalning ko‘rinishi
Agar signal faqat ikkita holatga ega bo‘lsa, u holda signallarni bitta ikkilangan raqamli kod ko‘rinishida ko‘rsatish mumkin. Agar signallar holatini bir necha son bilan tasvirlamoqchi bo‘lsak, u holda ikkilangan raqamning razryadlar soni ko‘payadi. Diskret signal holatining soni quyidagi formula asosida aniqlanadi:
(2.1)
bunda: a – simvollar soni, q – asosi, tizimning negizi, i-razryadlar soni.
Agar q=2 bo‘lsa, a=0, 1 simvollarni qabul qiladi, q=10 bo‘lsa, a=0, 1,…,9 simvollarni qabul qiladi. Agar 57 sonini o‘nli son asosida yozsak, u quyidagicha yoziladi.
N10 = 57 = 5*101 + 7*100
Agar ikkilangan kod asosida yozsak, u holda
N57 = a*q7 + a*q6 + a*q5 + a*q4 + a*q3 + a*q2 + a*q1 + a*q0 = 0*27 + 0*26 + 1*25 + 1*24 + 1*23 + 0*22 + 0*21 + 1*20 = 0 + 0 + 32 + 16 + 8 + 0 + 0 + 1 = 57 yoki 00111001 bo‘ladi.
Diskret signal shu qatorda raqamli signallar cheklangan oxirgi holat sonidan iborat, ya’ni «0» va «1», shuning uchun uzatilayotgan signallar asl qiymatini tiklash osonroq. Bu holat axborotlarni yo‘qotmasdan, guruhli ulagich va tashqi ta’sir signal hisobiga sodir bo‘ladi.
Liniya uzunligining ortishi bilan birga shovqin sathi ham oshib boradi, bu esa analog signallarni uzatishda muammo bo‘lib hisoblanadi.
Raqamli signallarni sifatli uzatishga liniya uzunligi ta’sir ko‘rsata olmaydi. Qabul qilish qismida signallarni tiklash ekspander yordamida amalga oshiriladi.
Raqamli signal diskret signal bo‘lib, uning uchun qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmasida chegaralovchi qurilma o‘rnatiladi va ular uchun signal kuchlanishining belgilangan raqamiga mos kelish sharti qabul qilingan.
Yuqorida ko‘rilgan signal turlarini hisobga olib, shuni qayd qilsa bo‘ladiki, elektr aloqa tizimlaridagi analog signalni raqamli kommutatsiya tizimlarida qo‘llaniladigan diskret va raqamli ko‘rinishiga o‘tkazish modulyatsiya usullari asosida amalga oshiriladi. Shu bois modulyatsiya usullarini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |