Ats1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va dolzarbligi. Kommutatsiyalash uskunalarining rivojlanishi Reja



Download 5,61 Mb.
bet39/76
Sana09.07.2022
Hajmi5,61 Mb.
#763501
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76
Bog'liq
Ats1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va dolzarbligi.

NAZORAT SAVOLLARI



  1. Dastlabki kirish tarmoqlarida qanday teznologiyalardan foydalanilgan?

  2. Kirish tarmoqlari qurilmalarining kamchiligi nimada?

  3. Zamonaviy abonent tarmoqlarining xizmatlariga qanday talablar qo‘yilgan?

  4. xDSL texnologiyasi turlari haqida ma’lumot bering



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Toni Janevski. NGN Architectures, protocols and services. , First Edition.


John Wiley & Sons, Ltd. Published 2014 by John Wiley & Sons, Ltd. 2014.
2. R.N. Radjapova. Keyingi avlodning konvergent tarmoqlari: o‘quv qo‘llanma. –TATU, 2016.
3. A.V. Roslyakov, S.V. Vanyashin, M.Yu. Samsonov. I.V. Shibaeva, I.A. Chechnyova S28. Seti sleduyuщego pokoleniyaNGN /pod red. A.V. Roslyakova. - M.: Eko-Trendz, 2008.
4. Baklanov I.G. NGN: prinsipы postroeniya i organizatsii/pod.red. Yu.N.
Chernыshova.- M.: Eko-Trendz, 2008.
9-MA’RUZA


Kirish tarmog’ida qo’llaniladigan texnologiyalarning sinflanishi
REJA:

9.1.Turli kirish texnologiyalarining asosiy tavsiflari, qo‘llaniladigan muhit bo‘yicha kirish texnologiyalarining klassifikatsiyasi;


9.2. Yangi kirish texnologiyalarining klassifikatsiyasi.


9.1. Turli kirish texnologiyalarining asosiy tavsiflari, qo‘llaniladigan muhit bo‘yicha kirish texnologiyalarining klassifikatsiyasi

Infokommunikatsiya tizimlarining bir qancha modellari mavjud.


9.1-rasmda ko‘rsatilgan model Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi (XEAI) (ITU) tomonidan tavsiya etilgan. U, infokommunikatsiya tizimlariga kirish tarmoqlarining o‘rnini aniq belgilash imkonini beradi.
Abonent binosidagi uskunaga misol, oddiy telefon apparati (xonadon sektori) kabi apparat-dasturiy vositalarning murakkab majmuasi-ATS idorasi (UATS), Ethernet lokal tarmog‘i va boshqa uskunalar (ishlab chiqarish sektori) bo‘lishi mumkin.Birinchi holatda “Kirish tarmog‘i” elementining funksiyasini, ikki simli fizik zanjir deb tasavvur qilinadigan abonent liniyasi bajarishi mumkin.


9.1-rasm. XEAI tavsiya etgan infokommunikatsiya tizimlarining modeli


Ikkinchi holatda kirish tarmog‘i tarkibiga (elektr aloqaning mavjud tizimlari uchun): mahalliy telefon tarmoqlaridagi UATSga ulanish uchun Ye1 raqamli trakti (yoki shunday traktlardan bir nechtasi), Internet da lokal tarmoqlarni ulash uchun TCP/IP protokollari stekini qo‘llab-quvvatlovchi raqamli trakt, agar zarur bo‘lsa, telefon aloqasi tarmoqlari yoki Internet qo‘llanilmaydigan uskunalarni ulash uchun ijaraga olingan liniyalar kirishi mumkin.


Kirish tarmog‘ining asosiy vazifasi, Operatorning potensial idorasida o‘rnatilgan va tranzit tarmoqlarga mos keluvchi barcha turdagi uskunalar orasida ishonchli va sifatli aloqani ta’minlashdan iborat.
Infokommunikatsiya tizimlarining uchta elementi “Klient idorasidagi uskuna”, “Tranzit tarmoq” va “Xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash vositasi” evolyusiyasi, kirish tarmoqlarini sifatli takomillashtirish zaruratiga olib keldi. Bu jarayon murakkab taxlilni talab etadi. Shubxasiz, anchagina katta muammolar kirish tarmoqlarini takomillashtirish bilan bog‘liq.
Birinchi navbatda bu, ekspluatatsiya qilinayotgan abonent tarmoqlarining ob’ektiv xususiyatlari bilan tushuntiriladi ya’ni narxining yuqoriligi, ishonchlilik ko‘rsatkichlari va ma’lumotlarni uzatish sifatiningpastligi, xizmatlarni qo‘llab-quvvatlashni, signallarni uzatish tezligini etarli darajada oshirishning murakkabligi. Boshqa tomondan kirish tarmoqlarini kirish tarmoqlarini jiddiy takomillashtirish zarur.
Birinchi variant, kirish tarmoqlarini minimal takomillashtirishni qarab chiqadi. Bunda barcha abonent liniyalari oldin yotqizilgan, mis simli ko‘p juftlik kabellar hisobiga tashkil etiladi. Zarurat tug‘ilganda magistral yoki taqsimlangan uchastkalarning ayrim kabellari shunga o‘xshash vositalar bilan almashtiriladi. Agar kirish tarmoqlariga konsentratorlar o‘rnatilsa, oldin tanlangan ma’lum usul bo‘yicha juftliklar raqamli uzatish tizimlarida jichlashtiriladi. Shubxasiz, tarmoqni takomillashtirishdagi dastlabki xarajatlar uncha katta bo‘lmaydi. Uni qoplash davri ham uncha katta bo‘lmaydi. Albatta kelajakda Operatorlarning daromadlari o‘sishdan to‘xtaydi, chunki u yangi infokommunikatsiya xizmatlari bozorida raqobatbardosh bo‘la olmaydi.
Ikkinchi variantning farqli xususiyati, eng kamida magistral uchastkalarda keng polosali tarmoqni qurish hisoblanadi. Bu echim, FTTC (taqsimlovchi shkafgacha optik tola) strategiyasiga o‘xshash. Bunday echim dastlab anchagina invistitsiyani talab etadi. Qoplanadigan davr ham birinchi variantning o‘xshash qiymatlari bilan solishtirganda ancha oshadi. Boshqa tomondan Operator, keng polosali kanallarni qo‘llashga asoslangan yangi xizmatlar bozorida raqobatbardosh bo‘la oladi.
Uchinchi variant kirish tarmoqlarini radikal o‘zgartirish bilan bog‘liq. Bunday echimga misol qilib, barcha ko‘p juftlik kabellarni almashtirishni tushunish mumkin. Kirish tarmoqlarini takomillashtirishning bunday strategiyasi FTTB (binogacha– ishlab chiqarish binosigacha yoki turar joygachaoptik tola)abbreviaturasi bilan ma’lum.I Dastlabki invistitsiya qiymati va qoplanadigan davr eng katta bo‘ladi. Uchinchi variantning afzalligi, raqobatbardoshlik potensialining maksimal darajasidan iborat.
Aloqa sohasida oxirgi mil (ingliz tilida last mile), provayderning (aloqa operatorining) kirish uzeli bilan yakunlovchi (klient) uskunani ulash kanalidir. Masalan, Internet tarmog‘iga ulanishda xizmatlarni taqdim etishda oxirgi mil bu, provayder aloqa uzeli kommutatori portidan klient ofisidagi marshrutizator portigacha bo‘lgan uchastkadir.
Kommutatsiyalanadigan (dial-up, dialap ko‘rinishidagi) ulanish xizmati uchun oxirgi mil bu, foydalanuvchi modemi va provayder modemi orasidagi uchastkadir. Oxirgi milga odatda bino ichida simlar ajratilmaydi.
Oxirgi mil texnologiyalariga odatda xDSL, Wi-Fi, WiMaxlar kiradi. xDSL-modemlari, kirish multipleksorlari, optik tolali modemlar va o‘zgartirgichlar, radiomultipleksorlar Oxirgi mil uskunalari hisoblanadi.
xDSL — effektiv liniyaviy kodlarni, mikroelektronikaning zamonaviy yutuqlari asosida liniyaviy buzilishlarni adaptiv korreksiyalash va signallarni raqamli qayta ishlash usullarini qo‘llash yo‘li orqali mahalliy telefon tarmoqlarining abonent liniyalarini o‘tkazuvchanlik qobiliyatini etarli oshirish imkonini beruvchi texnologiyalar oilasi.
xDSL abbreviaturasida «x» simvoli, aniq texnologiyaning nomini bildiruvchi birinchi simvol (belgi)ni belgilash uchun qo‘llaniladi, DSL esa (ingliz tilidaDigital Subscriber Line)raqamli abonent liniyasini bildiradi.
xDSL texnologiyasi, eng yaxshi analog va raqamli modemlar ulanishi mumkin bo‘lgan tezliklardan ham yuqoriroq tezlikda ma’lumotlarni uzatish imkonini beradi.
Bu texnologiyalar, abonentlar va provayderlar uchun bir qancha afzalliklarni yaratgan holda ovozni, yuqori tezliklima’lumotlarni va videosignallarni uzatishni qo‘llab-quvvatlaydi. XDSLning bir qancha texnologiyalari mujassamlashgan holda,yuqori tezlikli ma’lumotlarni va ovozni bir mis juftlik bo‘yicha uzatish imkonini beradi. Xdsl texnologiyasining mavjud turlari asosan, qo‘llaniladigan modulyatsiyaning shakli va ma’lumotlarni uzatish tezligi bo‘yicha faqlanadi.
xDSL xizmatlari muayyan maqsadlarni hal qilish uchun ishlab chiqilgan ya’ni: ular mavjud telefon liniyalarida ishlashi, abonentning har xil apparaturalarini ishiga xalaqit bermasligi (masalan telefon apparati, faks va h.k), uzatish tezligi nazariy 56Kbit/s chegaradan yuqori bo‘lishi kerak va nihoyat, ular doimiy ulanishni ta’minlashi kerak.
xDSL ning asosiy turlariga ADSL, HDSL, IDSL, MSDSL, PDSL, RADSL, SDSL, SHDSL, UADSL, VDSLlar kiradi. Bu texnologiyalarning barchasi abonentning telefon liniyasi orqali yuqori tezlikli raqamli ulanishni ta’minlaydi. Xdsl texnologiyalari ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun va bozorning ma’lum bir zaruratini qondirish uchun yaratilgan. XDSLning ayrim texnologiyalari original ishlanmalardan hisoblanadi, boshqalari esa oddiy nazariy model deb faraz qilinadi, ayni shu paytda uchinchisi keng qo‘llanilayotgan standartlardir. Mazkur texnologiyaning asosiy farqlari, ma’lumotlarni kodlash uchun qo‘llaniladigan modulyatsiyalash usullari hisoblanadi.
ADSL (ADSL; ingliz tilida.AsymmetricDigitalSubscriberLine — assimmetrik raqamli abonent liniyasi) — modemli texnologiya bo‘lib, oxirgi mil muammolarini echish uchun mo‘ljallangan. Abonentning analog telefon liniyalarini yuqori tezlikli kirish liniyalariga o‘zgartiradi. Mazkur texnologiyaning asosiy afzalligi, abonentgacha kabel yotqizmaslik zarurati. Yotqizilgan mavjud telefon kabellarini qo‘llaydi, “telefon” va “modem” signallarini ajratish uchun splitterlar o‘rnatiladi.

9.1-jadval


xDSL texnologiyasining qiyosiy taxlili

DSLtexnolo
giyasi

Maksimal tezlik (qabul qilish/uzatish)

Maksimalmasofa



Telefon juftliklari-ning soni

Asosiy qo‘llanilishi

ADSL

24 Mbit/s / 3,5 Mbit/s

5,5 km

1

Internetga ulanish, ovoz, video,HDTV (ADSL2+)

IDSL

144 kbit/s

5,5 km

1

Ma’lumotlarni uzatish

HDSL

2 Mbit/s

4,5 km

2

Tarmoqni birlashtirish, E1 xizmatlari

SDSL

2 Mbit/s

3 km

1

Tarmoqni birlashtirish, E1 xizmatlari

VDSL

55 Mbit/s / 11 Mbit/s

1,3 km

1

Tarmoqni birlashtirish,, HDTV

SHDSL

2,32 Mbit/s

7,5 km

1

Tarmoqni birlashtirish,

UADSL

1,5 Mbit/s / 384 kbit/s




1

Internetga ulanish, ovoz, video,

Ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish uchun turli kanallar qo‘llaniladi. Qabul qiluvchi kanal katta o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega. ADSL texnologiyasi, raqamli va analog ma’lumotlarni uzatish liniyasini birlashtiruvchi gibrid tarmoqlarni qurishda qo‘llaniladi. Bu esa ma’lumotlar oqimini uzatish uchun qo‘llaniladigan simlar juftligidan odatdagi telefon aloqasining analog signallarini uzatish imkonini beradi.


Mazkur texnologiya assimetrik hisoblanadi, ya’ni tarmoqdan foydalanuvchiga ma’lumotlarni uzatish yo‘nalishidagitezlik, foydalanuvchidan tarmoqqa ma’lumotlarni uzatish tezligidan yuqori.
Telefon abonent kabellaridan foydalanuvchi kirish texnologiyalari oilasi DSL (Digital Subscriber Loop) yoki sSPAL (sifrovaya sistema peredachi po abonentskim liniyam – abonentlar liniyasi bo‘ylab raqamli uzatish tizimi). DSL qurilmasida keng polosali kirish kanalini tashkil etish sxemasini 9.2-rasmda keltirilgan tarzda tasavvur qilish mumkin.

9.2-rasm. xDSL turlari


Rasmdan kelib chiqadiki, DSL ning barcha echimlari texnologik ravishda yopiq tizimlardan tashkil topadi. Telefon liniyasining oxirgi nuqtalarida DSL modemlar o‘rnatiladi va ular raqamli ma’lumotlar oqimini modulyatsiyalangan signalga o‘zgartiradi. Tizimning chiqishida foydalanuvchilarga ma’lumotlarni uzatish standart interfeyslari taqdim qilinadi: E1, V.35/V.24, Usb yoki Ethernet. DSL echimining ichki sohasida ishlab chiqaruvchilar raqamli signalni modulyatsiya qilishning turli prinsip va usullaridan foydalanishlari mumkin. Shu tarzda, ba’zi texnologiyalardan tashqari (ADSL, ADSL2+, VDSL), DSL texnologiyasida modemlarning moslashuvchanligi talab qilinmaydi.


DSLtexnologiyasi texnik echimlarning asosida yotgan turli prinsiplar bo‘yicha klassifikatsiya qilingan. Bizning tadqiqotimiz uchun ushbu masalalarga chuqurlashishning zaruriyati yo‘q. Ta’kidlash joizki, DSL ning barcha echimlari simmetrik va asimmetrikka bo‘linadi.

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish