Vodorod (H1, 1766). Elementning lotincha «gidro-
genium» nomi «gidro» - «suv» va «genium» - hosil qilish
degan so‘zlardan olinib, «suv hosil qiluvchi» degan ma’noni
bildiradi.
Geleiy (He2, 1868). Spektral analiz yordamida dastlab
Quyoshda topilgan. Elementning nomi yunoncha «Gelios» -
Quyosh so‘zidan kelib chiqqan.
Litly (Li3, 1817). Yunoncha «litos» (tosh) so‘zidan
olingan. Dastlab bu element qattiq minerallarda topilgan.
Berilliy (Be4, 1798). Tarkibida shu element mavjud
boigan berill minerali nomiga qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |