savol Instinkt tushunchasi
Instinkt (lot. instinctus — uygʻonish, qoʻzgʻalish) — muayyan sharoitda hayvonlarning bitta turi uchun xos boʻlgan murakkab irsiy xattiharakatlari majmui. I. tashqi va ichki
qoʻzgʻalishlarga javob tariqasida paydo boʻladi. I.ni ilmiy
tadqiq qilishni Ch. Darvin boshlab bergan. U birinchi boʻlib I.ning rivojlanishi turning tarixiy shakllanishi va nerv sistema- sining tuzilishi bilan bogʻliqligini koʻrsatib berdi. I.ni rus olimlaridan I. M. Sechenov, I. P. Pavlov va boshqa ham oʻrganishgan. I. — murakkab shartsiz reflekslardan (qarang Shartsiz reflekslar) iborat boʻlib, ular asosida shartli reflekslar vujudga keladi. Biologik mohiyatiga koʻra, I. quyidagi guruhlarga ajratiladi: oziqlanish (oziqni to-pish, oziq gʻamlash va boshqalar); turni saqlab qolishga qaratilgan passiv (tegilganda qimirlamasdan qotib turish, qochib qolish va
boshqalar) va aktiv (jismlar, shox-shabbalar va boshqa yordamida himoya) hi m o -yalanish; jinsiy bezlar funksiyasi bilan bogʻliq boʻlgan jinsiy I. (jinsiy mayl, otalanish, baliqlarning uvildiriq tashlash joyiga migratsiyasi va boshqalar); avlod toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik bilan bogʻliq boʻlgan ota-onalik I.i (uya va in qurish, bola boqish, bolani himoyalanishga, ov qilishga oʻrgatish va boshqalar); poda,
gala, oila aʼzolarining oʻzaro munosabatlarini tashkil qiluvchi guruhli I. Hasharotlar xattiharakatlarining deyarli hammasi I.dan iborat. Baliklar, qushlar va ayniqsa sut emizuvchilar xattiharakatlarining asosiy qismini I. emas, balki shartli reflekslar tashkil etadi. Odamda I. uning tarbiya jarayonida shakllanadigan ongli faoliyatiga boʻysungan boʻladi. I.ni oʻrganish va undan foydalanish chorvachilik, ovchilik xoʻjaliklarida, qishloq xoʻjaligi zararkunandalari va infeksion kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega (yana qarang
4.4- savol Sezgilar tasnifi va turlari.sezgi qonuniyatlari Sezgilar qaysi a'zolar yordamida hosil qilinishiga qarab,q turlarga, ya'ni ko’rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish, teri, muskul-harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a'zolari qaerda joylashganligigaq tavsiflanadi.
Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki
ko’rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U reseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo’ladi. Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning
xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda reseptorlari
tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya'ni ekstroreseptiv sezgilar; Ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda reseptorlari ichki tana a'zolarida,
to’qimalarda joylashgan sezgilar, ya'ni interoreseptiv sezgilar.Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog’lovchi paylarda, mushaklarda
joylashgan sezgilar, ya'ni proprioreseptiv sezgilarSezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki mulohazalar interoreseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borganSezgi turlari Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar
(ekstroreseptiv, proprioreseptiv, introreseptiv) o’z navbatida
quyidagi turlarga ajratiladi:
Ko’rish sezgilari;
Eshitish sezgilari;
Hid bilish sezgilari;
Ta'm bilish sezgilari;
Teri sezgilari;
Muskul - harakat (kinestetik);
Statistik sezgilar;
Organik sezgilar;
.5 savol xotira turlari
Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo’lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko’rinishga egadirlar. Odatda xotirani muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib uning tavsifnomasi sifatida esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unutish singari jarayonlarni amalga
oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga bog’liqligi olinadi. Shu o’rinda ta'kidlash joizki, ayrim darsliklarda xotira turlari turlicha klassifikasiya qilinadi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida quyidagi klassifikasiya uchraydi: Faoliyatda ko’proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga
qarab: harakat, emosional, obrazli va so’z mantiq xotirasiFaoliyatning maqsadlariga ko’ra: ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira. Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko’ra:
qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira. M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" o’quv qo’llanmasida quyidagi xotira klassifikasiyasi qayd qilinadi: Psixik faolligiga ko’ra: ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira.
Faoliyat maqsadiga ko’ra: harakat, emosional, obraz va so’z- mantiq
xotirasi. Muddatiga ko’ra: uzoq muddatli, qisqa muddatli va
operativ xotira.
Do'stlaringiz bilan baham: |