Atrof muhitni muhofaza qilish



Download 254,5 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2017
Hajmi254,5 Kb.
#1502
  1   2   3   4


ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH

fanidan laboratoriya mashg`ulotlari

Sizga tavsiya etiladigan “Atrof-muhitni muhofaza qilish” fani bo’yicha laboratoriya tasdiqlangan namunaviy dastur asosida yozilgan bo`lib, ushbu fanga doir asosiy tushunchalar va ma’lumotlar qisqa bayon etilgan, fanni chuqur va mukammal egallash uchun ko’rsatilgan adabiyotlardan foydalanishni tavsiya etamiz.

Laboratoriya ishi 1

Mavzu: Ekologik muammolarning kelib chiqish sabablari

Darsning maqsadi: Ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish chora tadbirlari haqida ma`lumotlar berish

Kerakli jihozlar: globus, dunyo xaritasi, tablitsa va rasmlar

Topshiriqlar:


  1. Ekologik muammo tushunchasi.

  2. Ekologik muammolarning kelib chiqish sabablari.

  3. Ekologik muammolarning turlari-global, mintaqaviy, mahalliy

  4. Ekologik muammolarga qarshi kurash

Hоzirgi dаvrdа jаmiyatdаgi ishlаb chiqаrish kuchlаrining tеz sur’аtlаr bilаn o’sishi, tаbiаtdаn pаlа-pаrtish fоydаlаnish vа o’zlаshtirish nаtijаsidа ekоlоgik muvоzаnаt buzilib, ekоlоgik tаnglik yuzаgа kеldi.

Ekоlоgik tаngliklаr o’z nаvbаtidа аvj оlib, sаyyorаmizning bа’zi mintаqаlаridа ekоlоgik hаlоkаtlаrni kеltirib chiqаrаdi. Ekоlоgik tаnglikning tinmаy kuchаyib bоrishi ekоlоgik muаmmоlаrni kеltirib chiqаrаdi. Ekоlоgik muаmmоlаr o’z vаqtidа hаl qilinmаsа muаyyan hududgа ekоlоgik hаlоkаt хаvfini оlib kеlаdi.Ekоlоgik muаmmо dеgаndа insоnning tаbiаtgа tа’siri bilаn bоg’liq hоldа tаbiаtning hаm insоniyatgа аks tа’siri tushunilаdi (1-jаdvаl).


Ekоlоgik muаmmоlаr


T/r

Glоbаl (umumbаshаriy)

Rеgiоnаl (mintаqаviy)

Lоkаl (mаhаlliy)

1

Chuchuk suv muаmmоsi

Оrоl vа Оrоlbo’yi muаmmоsi

Hаr qаndаy hududdа yuzаgа kеlgаn muаmmоlаr

2

Оzоn qаtlаmining siyrаklаshishi

Chuchuk suv muаmmоsi

Mаsаlаn: Tоshkеnt shаhridа hаvо аvtоtrаnspоrt bilаn iflоslаnish

3

Аtmоsfеrаning “dimiqish”i

Cho’llаnish jаrаyoni




4

Pеstitsidlаrdаn fоydаlаnish

O’simlik vа hаyvоn turlаri sоnining qisqаrishi




5

O’simlik vа hаyvоn turlаri sоnining qisqаrishi

Pеstitsidlаrdаn fоydаlаnish




6


Аhоli sоnining оrtishi

Rаdiоаktiv iflоslаnish




7


Cho’llаnish jаrаyoni

Kоsmоnаvtikа




8

Chiqindilаrning ko’pаyishi







Har qanday davlatning eng katta boyligi uning aholisi, sog`lom avlodidir. Sog`lom avlod – soylom muhitda shakllanadi. Soylom muhitni esa biosferadagi barcha komponеntlarning o`z tabiiy Hayot paramеtrlarining saqlanishisiz, ekologik xavfsizliksiz ko`z oldimizga kеltira olmaymiz.

Yer yuzida yashayotgan 6mlrd. 25 mln. dan ortiq kishining 1,1 milliardi ekologik jihatdan xavfli bo`lgan mintaqalarda yashamoqda. Rеspublikamizda istiqomat qilayotgan 24 mln.dan ziyod aholining yarmidan ko`proqi ekologik xavfli hududlarda istiqomat qilmoqdalar.

Milliy xavfsizlikka qarshi yashirin taxdidlarni ko`rib chiqar ekanmiz, ekologik xavsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish muammosi aloxida e`tiborga loyiqdir. Ochiq e`tirof etish kYerakki, uzoq yillar mobaynida eski ma`muriy - buyruqbozlik tizimi sharoitida bu muammo bilan jidiy shug`ullanishmagan.

Aniqrog`i, bu muammo, ayrim jonkuyar olimlar uchungina tadqiqot manbayi, o`z mamlakatlarining kеlajagiga, tabiiy boyliklari saqlanib qolishga bеfarq qarashmagan, bu xaqda qattiq tashvish chеkkan odamlarning esa "qalb nidosi" bo`lib kеlgan.

Iqtisodiyotni rivojlantirishdagi bosh maqsad ekstеnsiv omillarga qaratilgan edi. Tabiiyki, bunday sharoitda yashirin boyliklardan oqilona foydalanishning tartibga soladigan, tabiatning,atrof muhitning ximoya qilishni kafolatlaydigan biron- bir mеoyorlar, qoidalarga rioya qilish haqida gap ham bo`lishi mumkin emas edi.

Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimagan darajada kam pul mablayi ajratilgan. Bu mablay tabiatga еtkazilayotgan zararning mingdan bir qismini ham koplamas edi. O`rmonlar o`ylamay-nеtmay, vaxshiylarcha kеsib tashlanar edi. Yoqilyi va minyeral xom-ashyo zaxiralari rеal ehtiyoj bilan taqqoslanmagan xolda juda ko`p miqdorda qazib olinganidan, ko`pchilik qismi qayta ishlanmagan chiqindilar sifatida uyulib yotar edi. Tabiatni muhofaza qiluvchi eng oddiy inshootlarga ega bo`lmagan baxaybat sanoat korxonalari faol bunyod etildi. Natijada barcha zararli va zaharli sanoat chiqindilar o`lkan havo kеngligini, suv xavzalarini, Yer maydonlarini ifloslantiradigan bo`ldi. O`z ko`lami jihatidan bеqiyos darajada katta gidroenYergеtika loyihalarini ro`yobga chiqarish, transport kommunikatsiyalarini (BASh, Turksib kabi tеmir yo`llarni, avtomobil, nеft-gaz magistrallarini va irrigatsiya tarmoqlarini) bunyod etish nafaqat tabiiy zaxiralarni qashshoqlantirdi,butun boshli aholi punktlarini yo`q bo`lib kеtishiga, iqlim, odamlarining Hayot va faoliyat sharoitlarining buzilishlariga ham olib kеldi.

Bu muammo so`nggi yillarda yanada kеskinlashdi. MDX ga a`zo bo`lgan bir qancha mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga bеtartib suratda o`tish, tabiy va minyeral xom ashyo zaxiralaridan foydalanishda boshqaruvni barham topgani, nazorat qilinmaganligi natijasida ular tashib kеtila boshladi. Vaxshiylarcha qazib olindi va arzon narxlarda eksport qilindi. Ayrim yangi "boyvachchalar" dеb ataluvchi va korruptsiya nomiga ilingan butun-butun guruxlar uchun qushimcha foyda olish manbaiga aylandi. Shu bilan birga, ular o`zlarining ochko`z manfaatlari yo`lida hozirgi va kеlgusi avlodlarning ekologik xavfsizligini salomatlik va farovonligini qurbon qilmoqdalar. Bеnixoya ulkan boyliklar, insoniyatlarning noyob yutuqlari vijdonsizlarcha uyirlab kеtilmoqda, yo`q qilib borilmoqda. Bu bilan butun atrof muhitga ham juda katta zarar еtmoqda, iqlim buzilmoqda. Eng yomoni esa bir nеcha avlod kishilarining tabiiy Hayot va faoliyat sharoqitlariga putur еtmoqda.

Asrlar tutash kеlgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kеlib qoldi. Buni sеzmaslik, qo`l qovushtirib o`tirish o`z-o`zini o`limga maxkum etish bilan barobardir. Afsuski, hali ko`plar ushbu muammoga bеparvolik va maosuliyatsizlik bilan munosabatda bo`lishmoqdalar. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar ilmiy va mintaqaviy doiralardan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson muayyan qonunniyatlar asosida munosabatda bo`ladi bu qonuniyatlarni buzish unglab bo`lmaslik ekologik falokatlarga olib kеladi.

Bu xavfni ancha kеch 70-yillarning boshlaridagina anglay boshladik. O`shanda mazkur masala dunyo miqiyosidagi taraqqiyotga bayishlangan dastlabki Yarb modеllarida kеskin qilib quyilgan edi. Bu xol bamisoli "bomba portlaydiganday" ta`sir etdi. Insoniyat qanday xavf qarshisida turganligini, atrof muhitga inson tufayli еtkazilayotgan zarar qanday natijalarga olib kеlayotganin yaqqol xis etdi.
Laboratoriya ishi 2

Mavzu: Ekologik muammolar tufayli kelib chiqayotgan ijtimoiy va iqtisodiy muammolar hamda ularni bartaraf etish yo’llari
Darsning maqsadi: Ekologik muammolar tufayli kelib chiqayotgan ijtimoiy va iqtisodiy muammolar hamda ularni bartaraf etish yo’llariini o`rganish.

Kerakli jihozlar: Biosfera chegaralari tasvirlangan rasmlar, slaydlar, jadvallar biosferada suv, kislorot, azot va uglerod elementlarining aylanishi tasvirlangan rasmlar, slaydlar, jadvallar

Topshiriqlar:


  1. Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog`liqligi

  2. O`simlik va hayvonlarning tashqi muhit bilan aloqasi.

  3. Ekologlar tomonidan tabiatni chog`ishtirma tasviriy usulda tadqiq etish

Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog`liqligi qadimdan ma’lum. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instinktlari, baliqlar va qushlarning migratsiyalari o`simliklarning tashqi qiyofasi tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog`liqligi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Uyg’onish davridagi shularda o`simlik va hayvonlarning tuzilishi, yashash sharoitlari bilan bog’liq holda o’rganiladi. XVII- XVIII asrlardagi ekologik ma’lumotlar tirik organizmlarning ayrim guruhlarini o’rganishga karatilgan edi. Sh. Byuffon (1707-1778)ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning ta’siri masalasi ko`tarilgan. Sh.B. Lamark (1774-1829) dastlabki evolyutsion ta’limotni o’rtaga tashladi va o`simlik hayvonlarning evolyutsion o`zgarishlarida eng muhim omil bo`lgan tashqi muhit ta’siri deb hisobladi.

XIX asrdagi ekologik ma’lumotlar (A. Gumbol’t) o`simliklar geografiyasida yangi ekologik yo`nalishni keltirib chiqaradi.

1859 yil Ch. Darvin “Tabiiy tanlanish yo`li bilan turlarning kelib chiqishi” asarida tabiatdagi yashash uchun kurash ya’ni tur bilan muhit o’rtasidagi har qanday qarama-qarshiliklarning ko’rinishlari tabiiy tanlanishga olib keladi va evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi. XIX asrning ikkinchi yarmida ekologiya fani o`simliklar hayvonlarning iqlim omillariga moslashishnni o`rgandi. A.N. Beketov (1825-1902) o`simliklar ichki va tashqi tuzilishidagi xususiyatlarni ularning geografik usullarning ekologiya uchun ahamiyati katta ekanligini ko`rsatdi. Ana shunday ishlar hayvonlar hayoti misolida F.Middendorf tomonidan o`rganildi. 1877 yil nemis gidrobiologi K. Myobiuus o`rgangan o`simliklar jamoasi haqida F. Morozov, N. Sukachev batafsil fikr yuritib bu sohaga asos soldilar. Rus olimlari N. Sukachev, A. Kellyer , V. Alexin, G. Ramenskiy, P. Shennikov va chet ellik olimlardan F. Klementes, K. Raunkiyer, T.Dyu Ris, I. Braun Blanko va boshqalarning fitotsenologiya ishlari umumiy biotsenologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo`shdi.

1940 yil boshlarida tabiiy sistemalarni o’rganishda A. Tensli, N. Sukachev 1950 yil boshlarida R. Margalef hissa qo`shdilar. O’rta Osiyolik olimlar Al Xorazmiy, A.N. Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, ibn sino ular hali ekologiya fani dunyoga kelgan davrda tabiat va undagi muvozanat o`simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqidagi qimmatli fikrlar aytadi.

Al Xorazmiy (782-847) 845 yilda “Kitob surat al- arz” degan asarini yozadi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit’alar, qutblar, ekvatorlar, cho`llar, tog’lar, daryo va dengizlar, ko’llar , o’rmonlar ulardagi o`simlik va hayvonot dunyosi shuningdek boshqa tabiiy resurslar yerning asosiy boyliklari haqida ma’lumotlar keltiradi.

Forobiy (870-910) o`zining “Ixsoa al- ulum va al-ta’orif” asaridagi zamonasidagi ilmlarni har tomonlama o`rganib ularni ma’lum tizimga solib, turkumlarga ajratdi, har bir ilm tarmog`iga maorif berishga harakat qildi. Tabiatshunoslik ilmiga katta e’tibor berdi.

Tabiatshunoslikka oid “Odam a’zolarining tuzilishi”, “Hayvon a’zolari va ularning vazifalari haqidagi kabi asarlar yozgan. Beruniy (973-1048) asarlarida o`simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari ularning tarqalishi va xo’jalikdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy karashlari asosan “Saydana”, “Mineralogiya”, “Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar” asarlarida Eronning turli tropik o`simlik va hayvonot dunyosini bayon etgan.

Ushbu asar o`simlik va hayvonlarning tashqi muhit bilan aloqasi ularning xulq atvori yil fasllarining o`zgarishi bilan bog’liq o`zgarishini misollar bilan tushuntiradi. Beruniy “Saydana” asarida 1116 tur dori dormonlari tavsiflangan. Ularning 750 tasi o`simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 minerallardan olinadi. Ibn Sino (980-1037) turli yozma manbalarda uning 450 dan ortiq asari yozganligi eslatiladi. Bizgacha uning 240 ta asari etib kelgan. “Tabiat qonunlari” shoh asari Z.M. Bobur (1483-1530) Boburnomada muallif O’rta Osiyo, Afg`oniston, Hindiston haqida ma’lumotlar yozadi.

O’rta Osiyoni o`rgangan olimlardan A. Sovetsov, N. Krasnov kabilarning asarlari va Kashkarov- Korovinlarning maktabini shakllantirdi. O’rta Osiyo tabiiy geografiyaning rivojlanishida ekologik yo`nalishi muhim ahamiyatga ega bo`ldi. 1920 yillarda O’rta Osiyo tabiatini dastlabki o`rgangan olimlar tomonidan biotsenozlarning tuzilmalari va tizimi shuningdek biotsenoz va landshaftlarning birinchi modeli yaratildi.

1930 yillarda ekologiya -geografiya yo`nalishiga asoslangan O’rta Osiyo ekologiya maktabi ToshDU qoshida shakllandi. Maktab o`lkaning nafaqat biomajmualari va biotarkibiy qismlarini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo`lib qolmay , balki tabiiy geografiya, ayniqsa, landshaftshunoslik g`oyalarining rivojlanishida ham katta rol o`ynadi.

Bundan tashqari ekologiya mutaxassislar tayyorlashda, ekologiyani rivojlantirishda, shuningdek ekologiyaga oid adabiyotlarning namunalarini yaratishda ushbu maktabning xizmatlari kattadir. Maktab ekologlari bergan ilgor g`oyalar o`lkani tabiati va tabiiy resurslarini aniqlash va o’rganishda ham O’rta Osiyoda ekologik va geografik g`oyalarning rivojlanishiga katta hissa qo`shadi. Geografik yo`nalishdagi yirik ekologik va geografik shular O’rta Osiyoning tabiati biomajmualari ularning kelib chiqishi va rivojlanishi va hududiy ajralishlari rayonlashtirish landshaftlari xaritasini yaratishga qaratiladi. Shuningdek jazirama cho`l va yuqori tog’li cho`llar va ularning o`ziga xos tabiiy majmualarini o’rganish metodlari ishlab chiqiladi.

1930 yillarda ekologik geografiya ilmiy izlanishlarning natijalari kitob holida chop etila boshladi. Bunda faqat ma’lum joyning ekologik holati haqida chop bo`lmay, balki ekologiya fanining asoslari biokenologiya va fitokenologiya kabi sohalari ham rivojlantirildi. O’rta Osiyo ekologlarining ayniqsa o`lkaning ayrim landshaftlarining ekologiyasini o’rganish tuzilmasi faolligi dinamikasi va evolyutsiyasi shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning muammolari ishlab chiqildi. N.Kashkarov ishlarida landshaftlarning ayrim elementlari va ularning o`zaro bog’liqligi, birligi hamda modda va energiya almashinuvi namlik tuproq va biotik omillarning roli antropogen omillarning landshaftlarga ta’siri va boshqalar ochib boriladi. Birinchi bo`lib landshaftlar biotsenozining modelini yaratishga harakat qildi. P.A. Baranov va I.A. Raykovalar Pomir tog’larida cho`l biotsenozlarining kelib chiqishi, dinamikasi evolyutsiyasida organizmlarning hayotida noqulay haroratning roli madaniy biotsenozlarni yuqori sharoitida yaratish masalalari ishlab chiqilgan. R.I. Al’bin, E.I. Korovin, M.V. Ko’l’tov va I.I. Granitovlarning ekologiya fitotsenologik qarashlari ularning chop etilgan bir qator ishlarida o`z aksini topadi. O’rta Osiyo tabiatini ekologiya geografik yo`nalishidagi ishlab o`simlikshunoslik ekologo-botanik fitotsenologik, zooekologik, gidrobiologik, fiziologik, biotsenologik, agrometereologik shuningdek tuproqning ekologo- geografik tahlili kabi maxsus ilmiy tadq iqotlarning metodikasini shakllanishiga ta’sir etdi.

Ekologlar tomonidan tabiatni chog`ishtirma tasviriy usulda tadqiq etish o`ziga xos xususiyatga ega. Ma’lumki, tabiat bir butun, uning barcha tarkibiy qismlari bir biri bilan chambarchas bog’liqligi, murakkab dinamik rivojlanishdagi va faollik ko’rsatuvchi tizimdir. Ushbu uslubda tasvirlash asosida tekisliklardagi cho`llar, vohalar, adirlar, tog’lar, yaylovlar tashqi qiyofasini emas, balki ushbu landshaftlardagi ekologik sharoitlar asosiy “Hayot sahnasi” ya’ni o`simlik va hayvonlarning turlari biotsenozlarning yashashi faolligi va rivojlanishini belgilab boradi.

Shunday qilib, Kashkarov tomonidan landshaftlar va biotsenozlarni ekologik nuqtai nazardan tasvirlash asosida ko’pgina asarlar dunyoga keldi. Ushbu uslub uning shogirdlari T.Z. Zohidov va N.M. Meklenbursev ishlarida takomillashtirildi. O’rta Osiyo zooekologik yo`nalishdagi kompleks ishlarining rivojlanishi Z.Zohidov nomi bilan chambarchas bog’liq. U ko’p yillar davomida cho`llarni ekologik nuqtai nazardan rayonlashtirish va biologik resurslarni ekologik faunistik tahlil va sintez metodi yordamida baholashga alohida e’tibor berildi.

D.N. Kashkarov, Z.Zoxidov va boshqalarning ishlarida har xil tabiiy omil (geoglogik o`simlik va boshqalar) ta’sirida ma’lum hududlar bo`yicha hayvonlar guruhi hamda biotsenozlarning taqsimlanganligi olib berildi.
Laboratoriya ishi 3

Mavzu: Biosfera va uni ifloslantiruvchi manbalar.
Darsning maqsadi: Biosferaga inson, transport va qishloq xo`jaligining roli va ta’sirini o’rganish.

Kerakli jihozlar: Biosfera chegaralari tasvirlangan rasmlar, slaydlar, jadvallar.Biosfera chegaralari, biosferada suv, kislorod, azot va uglerod elementlarining aylanishi tasvirlangan rasmlar, slaydlar, jadvallar, Transport va q/xo`jaligi haqidagi slaydlar, jadvallar.

Topshiriqlar:


  1. Sayyoramiz atmosferasining hozirgi davrdagi muammolarini o`rganish.

  2. Biosferaning tirik moddasi

  3. Tirik organizmni holatiga, rivojlanishga, ko’payishga ta’sir etuvchi elementlar

  4. Qishloq xo`jaligining biosferaga ta`siri.

Yer kurrasida tirik organizm tarqalgan va uning hayot faoliyati ruy beradigan joylar biosfera deb ataladi. Biosfera Bakteriyalardan tortib odam organizmigacha kiradi. Biosfera atmosferaning kuyi (o’rtacha 10 km chuqurlikka) qismini o`z ichiga oladi.

Biosfera ter minini fanga birinchi bo`lib Sh.P. Lomark kiritgan bulsa, biosfera ta’limotiga akad. V.I. Vyer nadskiy asos soldi.

Sayyoramiz tarakkiyot tarixi va xozirgi hayotida biosferaning roli juda katta. Chunki, Yer ning geografik kobigi tarakkiyotida bioximik, geoximik jarayonlarning ruy berishida “ tirik” organizmlarning ishtiroki goyat muhim.

Biosferaning tirik moddasi orqali har yili sayyoramizda juda katta miqdorda moddalar almashinuvi ruy beradi: natijasida Yer ning geografik kobigida katta o`zgarish ruy beradi. Organizmlar tog’ jinslarining kurashida tuproq hosil bo`lishida, rel’f shakllarini o`zgarishda, kazilma boyliklarining paydo bo`lishida va atmosferaning xozirgi tarkibini vujudga keltirishida ishtirok etadi.

Sunggi ma’lumotlarga karaganda biosferaning dastlabki tarkibiy qismi biogeocenoz hisoblanadi. Biogeocenoz deganda ma’lum ter ritoriyada tarixan tarkib topgan o`simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, tuproq, namlik, atmosfera havosi va boshqalar tushuniladi.

Yer kurrasida moddalar almashinuvida biosferaning ahamiyati katta. Tuxtovsiz davom etadigan va tirik organizmlar faoliyati tufayli tartibga solinib turadigan moddalarning doimiy aylanishi biosferaning o`ziga xos belgisidir.

Tirik mavjudotlar o`zining yashash jarayonida muhit bilan doimo alokada bo`lib turadi, va geografik qobiqda narsalarning almashinishi vujudga keladi. Bu biologik aylanish deb yuritiladi. Biosferada tirik mavjudotlarning massasi 2,7. 1012 tonnaga teng bo`lib ular fotosintez orqali har yili 0,2 . 109 tonna usadi, yiliga shuncha tirik mavjudot halok bo’ladi.

Atmosfera sarf bo’ladigan kislorod urni fotosintez jarayoni natijasida tuldirilib turiladi. O`simliklar qorbonat angidridni yutib turadi . Biosferada suvning almashinuvi tirik moddalarga katta ta’sir ko’rsatadi.

Biosferadagi organizmlar azot, koliy, kremniy, fosfor, oltingugurt va boshqalarni aylanib yurishda ham ishtirok etadi.

Biosferada tirik organizmlar massasining 94,5% o`simliklar biomassasiga to’g’ri keladi. Sayyoramizda tirik organizm hayoti geografik muhit bilan chambarchas bog’liq bo`lib ular muhitga moslashib rivojlanib boradi. Tirik organizm bilan geografik muhitning o`zaro munosabatlarini maxsus fan ekologiya fani urganadi.

Tirik organizmni o’rab turadigan uning holatiga rivojlanishga ko’payishga ta’sir etuvchi elementlar ekologik omillar deb ataladi. Geografik muhitning organizmga ta’sir etuvchi ekologik omillarini abiotik, biotik va antropogen kabi omillarga ajratish mumkin.

Abiotik omillar bu tirik organizmga bilvosita yoki bevosita ta’sir etuvchi tabiatning elementlari - harorat, yorug’lik, bosim, namlik, shamol, havo, suv. Dengiz okimi, radiaktiv nurlar, rel’f subtrat suvning sho’r ligi va boshqalar.

Abiotik omillar. Har bir organizm uchun juda zarur elementlar hisoblanib organizm shu omilga moslashgan takdirdagina o`z holatini saqlab qolishi mumkin.

Ko`z kelganda haroratning pasayishi, natijasida ba’zi daraxtlarning barg tukishi yoki issik konli hayvonlarning tuplashi ana shu moslanishning bir turidir.

Biotik omillar. Barcha tirik mavjudotlar hayvonlar, o`simliklar, mikroorganizmlarni organizmga ko’rsatgan ta’siri biotik omil deb kiritiladi. Tirik mavjudotlarning bir-biriga ta’sirining shakllari.

Antropogen omil. Bu kishiliq jamiyatining ko’rsatayotgan ta’siridir.

Biotsenoz haqida tushuncha. Sayyoramizning yupka hayot katlamida jonli va jonsiz tabiatning o`zaro ta’siri jarayoni ruy beradi. Bu yoyuka hayot qoplami biosfera yoki biogeosfera deb ataladi. Biosferaning hamma qismi yaxlit bir biriga uxshash tabiat komplekslaridan tashkil topgan emas. o’Uning nisbatan bir xil (yaxlit) tabiat komponentlari (atmosfera, tog’ jinsi, tuproq usimligi, hayvonot dunyosi gidrologik rejimi) bilan harakter lanadi. Qismlari biogeocenoz deb yuritiladi. Bunga tundra, O’rmon, O’rmon dasht, chalacho`l, cho`l, botkok, utlok kabi biogeocenozlar misol bo’ladi.

Biogeocenozdagi barcha organizmlarni (o`simlik, hayvonat olami mikroorganizm) biotsenoz (tabiiy turkum) lar tashkil etadi.

O`simlik hayvonat turlarining zonal va azonal taksimlanishi biotsenozlarga xosdir. Biotsenoz tarkibiga kiruvchi barcha organizmlar orasida o`zaro murakkab aloka mavjud. Ular bir biri bilan bevosita boglangandir. Buni O’rmon va cho`l biotsenozi misolida ko’rib chikamiz. Ular bir biriga yakin joylashgan.

Ma’lumki abiotik omillar o`z novbatida xozirgi zamon formalarining biosferada tarkalishiga ularni o`zaro munosabatlariga ya’ni muhitnineg biotik omillariga ta’sir ko’rsatadi. Biotik omillar bu bir organizmga ikkinchi organizmning ta’sir ko’rsatishidir. Ma’lumki turlararo munosobatlar formalari xilma xil bo`lib eng muhimlari bir turni ikkinchi turni eyishi; parazitizm; turlararo raqobat kvartirantlik; kommensalizm (sigindiliq); bir turning ikkinchi tur tomonidan tarkatilishi va boshqalardir.

Bir turning ikkinchi turni eyishi deganda yirtkiya bilan ulja orasidagi munosabatni hayvonni o`simliklar bilan ovkatlanishini(utxur hayvonlar) hamda o`simliklarning hayvonlar bilan ovkatlanishini (hasharotxo’r o`simliklar) kabi xodisalarni tushunamiz

Parazitizim- hayot faoliyatining ko’p yoki ozrok vaktida boshqa turga mansub individlar bilan bog’liq holda, usha individlar hisobiga yashovchi organizmlardir. Parazitpar ma’lum organik turga yopishib. Uning tana shiralari, tukimalari yoki xazm kilgan ovkatlari bilan oziqlanib yashaydi.

Turlararo raqobat - ekologik sharoitda birgalikda yashovchi bir tur individlarning ezilishidan ruy beradi. Bu raqobat ayniqsa bir xil ekologik sharoitga moslashgan ikkita turning bir turkumda yashashida kuchli bo’ladi.

Turlararo raqobat - biotsenozda turlar tarkibining shakllanishida ularning tarkalishida va miqdorini boshHarib turishda muhim mexanizm hisoblanadi. Shuningdek, raqobat turlarning evolyutsion rivojlanishida ham katta rol’ uynaydi.

Kvaritiranlik- bu bir turga mansub individlarning boshqa uchun makon xizmatini utaydigan ko’rilmalarga kirib, joylashib olishlaridir. Bunga katta kum sichkoni inlariga sut emizuvchilar, qushlar, replitiyalar, amfibiyalar, mollyuskalar, xasharotlar, kanalar va boshqa kirib yashashi yakkol misol bo’ladi.

Kommensalizm (sigindiliq) - ikki alohida turga mansub bo`lgan hayvonning birgalikda yashashidir. Bunda bir hayvon ikkinchi hayvonga zarar keltirmagani holda, uning ovkat koldiklari bilan


Download 254,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish