Moddiy-texnik resurslardan samarali va oqilona foydalanishga yo’naltirilgan bozor munosabatlaridagi bosqichli o’zgarishlar, soliq siyosatining isloh qilinishi, budjetning umumiy daromadlar qismida resurslar va mulk solig’i salmog’ining oshishi sharoitlarida tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini bosqichma-bosqich tatbiq etish va takomillashtirish alohida o’rin egallaydi. 2016-yil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun to’lovlar tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi tayyorlanib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ko’rib chiqilmoqda. Tabiatni muhofaza qilish jamg’armasi mablag’lari atrof-muhit muhofazasi bo’yicha tadbirlar, ba’zi ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar hamda tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi yangi me’yoriy qo’llanma hujjatlar tayyorlashni moliyalashtirish imkoniyatlarini bermoqda. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun to’lovlar joriy qilingandan buyon (1995-yil – 2016-yil) tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg’armalariga 75,8 mlrd. so’m (jarima, da’vo, kompensatsiya to’lovlari) mablag’ kelib tushgan va shundan davlat budjetiga o’tkazilgan summa miqdori 34,6 mlrd. so’mni tashkil qildi. 2015-yilga kelib, 1995-yil bilan solishtirganda, Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg’armalariga tushumlar 99,7 martaga, davlat budjetiga yuborilgan summa 18 martaga o’sgan - Moddiy-texnik resurslardan samarali va oqilona foydalanishga yo’naltirilgan bozor munosabatlaridagi bosqichli o’zgarishlar, soliq siyosatining isloh qilinishi, budjetning umumiy daromadlar qismida resurslar va mulk solig’i salmog’ining oshishi sharoitlarida tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini bosqichma-bosqich tatbiq etish va takomillashtirish alohida o’rin egallaydi. 2016-yil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun to’lovlar tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi tayyorlanib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ko’rib chiqilmoqda. Tabiatni muhofaza qilish jamg’armasi mablag’lari atrof-muhit muhofazasi bo’yicha tadbirlar, ba’zi ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar hamda tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi yangi me’yoriy qo’llanma hujjatlar tayyorlashni moliyalashtirish imkoniyatlarini bermoqda. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun to’lovlar joriy qilingandan buyon (1995-yil – 2016-yil) tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg’armalariga 75,8 mlrd. so’m (jarima, da’vo, kompensatsiya to’lovlari) mablag’ kelib tushgan va shundan davlat budjetiga o’tkazilgan summa miqdori 34,6 mlrd. so’mni tashkil qildi. 2015-yilga kelib, 1995-yil bilan solishtirganda, Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg’armalariga tushumlar 99,7 martaga, davlat budjetiga yuborilgan summa 18 martaga o’sgan
Do'stlaringiz bilan baham: |