Qo’riqxonalar qonun himoyasida - 1992 YIL 9 DEKABR“TABIATNI MUHOFAZA ETISH
TO’G’RISIDA”O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI . - 1993 YIL 6 MAY ”SUV VA SUVDAN FOYDALANISH
- TO’G’RISIDA”GI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI. - 1994 YIL 22 SENTABR “YER OSTI BOYLIKLARI” TO’G’RISIDA
- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI.
- 1996 YIL 27 DEKABR” ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISH
TO’G’RISIDA” O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI. - 1997 YIL 26 DEKABR””HAYVONOT DUNOSINI MUHOFAZA
- QILISH TO’G’RISIDA O’ZBEKISTON
- RESPUBLIKASI QONUNI
- 1997 YIL 26 DEKABR”O’SIMIK DUNYOSINI MUHOFAZA ETISH VA UNDAN
OQILONA FODALANISH TO’G’RISIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINDI. Hisor tog’ tizmasi - Hisor davlat qo’riqxonasi O’zbekistonning janubi-sharqiy qismida, Kashkadaryo viloyatining
- Yakkabog va Shaxrisabz tumanlarni xududida joylashgan. (Xisor tizmasining garbiy yonbagrida). viloyatimizning Shahrisabz, Yakkabog’ va qamashi tumanlari hududida, Hisor tog’ tizmasining g’arbiy yonbag’irlarida, dengiz sathidan 1750 metrdan 4366 metrgacha balandlikda joylashgan bo’lib, u janubi-sharqda Surxondaryo viloyati, sharqda Tojikiston respublikasi bilan chegaradoshdir. Z.Ochilov, Hisor davlat qo’riqxonasi direktori. K.Yaqubov, qo’riqxona ilmiy xodimi. Ushbu qo’riqxona 1983 yil viloyatimizdagi ikki mustaqil Miroqi va Qizilsuv qo’riqxonalarining birlashtirilishi natijasida, Hisor tog’ tizmalarining janubi-sharqiy qismidagi tabiiy komplekslarning tipik uchastkalarini asl holida saqlab qolish, ulardagi tabiiy jarayonlarning borishini o’rganish hamda shu hududda yo’qolib borayotgan flora va fauna vakillarini saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan. Uning umumiy yer maydoni 80986,1 gektarni tashkil etadi (shundan 50892 gektari Shaxrisabz, 16002,1 gektari Yakkabog’ va 14092 gektari qamashi tumanlari hududida joylashgan). U Markaziy Osiyodagi eng katta qo’riqxonadir. Qo’riqxona umumiy yer maydonining 22276,6 gektari archazor va butasimon o’rmonlar, 24258,3 gektari yaylovlar, 107 gektari daryolar va ko’llar, 461 gektari botqoqliklar, 3155 gektari muzliklar, 3258 gektari qoya va jarliklardan iborat. Yer maydoni Qilon, Tanxozdaryo, Mirog’i va Qizilsuv bo’limlariga bo’lingan.Uning butun hududi yagona massiv sifatida sharqdan g’arbga 37 kilometr, shimoldan janubga 90 kilometrga cho’zilgan. Cho’qqilarining balandligi 2500 metrdan 4421 metrgacha. O’zbekistonning eng baland nuqtasi ham qo’riqxonaning To’rtqo’ylik tog’idagi dengiz sathidan 4421 metr balandlikda joylashgan nomsiz cho’qqidir. Uning hududidan bir qator suv manbalari boshlanadi. Ularning ichida eng yiriklari Oqsuv, Tanxozdaryo va qizildaryo daryolari hisoblanadi. Ana shu uch daryo suvining Shahrisabz tumani hududida qo’shilishi natijasida Qashqadaryo daryosi hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |