holding the peace in the world. The nature exists during the millions of
years following its complicated laws. So, there is connection between the
In all the areas of the world the large industrial centres, transport
www.qmii.uz/e-lib
Cutting of large forests, poisoning of seas and oceans, shortening of
animal and plant kinds are very troublsome problems nowadays.
The studying of chemical environment, acwiring its main points,
creating technology and producing raw materials without waste, using the
wastes for the purposes of good, to pay great attention in using natural
recourses and protecting the environment. Are studied Besides, it is
nesessary to protect technological process.
www.qmii.uz/e-lib
1-Ma`ruza: Atrof-muhit kimyosi haqida
umumiy tushuncha
REJA:
1. Inson hayotida mashinalarning yaratilishi.
2. Atrof-muhitni zararlash vositalari.
3. Havoni zararlanish muammolari.
4. Ekologik vaziyatni muammolari.
Tayanch iboralar: energiya, garmonal, jarayon, reaktor, kinetik,
termodinamic, radioaktiv.
Adabiyotlar: 2,3,7
1. Inson hayotida mashinalarning yaratilishi.
XVII asrda yashagan inson organizmidagi energiya miqdori qadimgi
davrdagidan kam farqlanar edi. XVIII asrda Nyukomen bug` mashinani yaratdi, bu
mashina konlardan suv tortib olishga asoslangan, Uatt mexanik ish orqali bug`
mashinasi yordamida issiqlik hosil qildi.
XX asrning birinchi to`rtligida ilmiy tekshirishlar rivojlandi. 1939 yilda Xan
va Shtrassman birinchi bo`lib, yadroviy bo`linish jarayonini kuzatdi. 1942 yilda
Chikago universitetida Fermi boshchiligidagi bir gruppa olimlar birinchi atom
reaktorini yaratishdi.
1972 yilda inson hayotini ta‘minlovchi texnik rivojlanish atrof-muhitni
zararlanishiga olib kelishini Medouz sifatiy va miqdoriy asoslarda tushuntirdi.
2. Atrof-muhitni zararlash vositalari.
Inson planetani tabiiy va asosiy zararlantiruvchisi hisoblanadi. Uzoq
vaqtgacha ekologik rivojlanish garmonal tarzda kechdi. Bitta inson organizmi
rivojlanish jarayonida uning atrofida kechadigan ximiyaviy jarayonlarga butun
ravishda bog`liq bo`ladi. Utgan yuz yillar davomida inson ekologik muammolar
o`sish jarayoni balansiga sezilarli darajada ta‘sir ko`rsatmadi. Hozirgi vaqtda bu
garmonal buzilish ximiyaviy va boshqa korxonalarning chiqindilar hajmi o`sishi
hamda chiqindilarni suvga, havoga tashlanishi bilan bog`liq.
3. Havoni zararlanish muammolari.
Atmosferada fotoximiyaviy jarayonlar natijasida iflos moddalar qayta
ishlanadi va balans qayta tiklanadi. XX asr boshlarida inson atmosferaga tashlagan
zararlar miqdori ko`p bo`lganligi uchun bu balans jarayonini tiklanishini
buzilishiga olib keldi.
Ekologik ximiyani amaliy qo`llanilishi aqlan ximiyaviy tenglamalar tuzish,
jarayon borishida termodinamik qulayliklar belgilash, real kinetik reaksiya
sharoitini belgilash kabi muammolar yechimini belgilaydi, lekin bu yetarli emas.
www.qmii.uz/e-lib
Ekologik ximiyani muhim muammolaridan biri suvni ifloslanishi. Benzinni
cho`kishidan hosil bo`ladigan qo`rg`oshin muhim xavflardan biri. Suvda oz
miqdorda qo`rg`oshin bo`lishi tirik organizmni yemirilishiga olib keladi. Atom
reaktorlaridan chiqadigan chiqindidagi radioaktiv modda ham asosiy zararlovchi
hisoblanadi.
Bundan tashqari odatdagi va noqulay organik zararlovchilar mavjud.
Masalan, metall o`rnida ishlatiladigan plastmassa ishdan chiqqandan so`ng qaerga
tashlash muhim muammodir.
4. Ekologik vaziyatni muammolari.
Hozir ko`pshaharlar, sanoat markazlari va tumanlarda ekologok vaziyat
keskinlashgan deyish mumkin. Sanoat korhonalarining tadbirkorlik bilan
joylashtirilmasligi, ularning ishlab chiqarish quvvatini to`g`ri baholamaslik,
tashkiliy ishlarning pastligi, texnologik jarayonlardagi nuqsonlar, eskitdan qolgan
texnik vositalardan foydalanish ham atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo`ladi.
Atrof-muhitning ifloslanishiga sanoat korxonalari, burdoqichilik majmualari
chiqarib tashlaydigan chiqindilarni etarlicha zararsizlantirmaslik ham sabab
bo`ladi.
Fan-tehnika nihoyatda taraqqiy etgan hozirgi paytda, qishloq xo`jalik
mahsulotlari etishtirishda o`ta ta`sirchan kimyoviy moddalarni ko`plab ishlatish
atrof-muhit va etishtirilgan ne`matlar ifloslanishiga, odamlar orasida bir qancha
xastaliklar avj olishiga sabab bo`lmoqda.
Fan-tehnika taraqqiyotidan, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish yo`li
bilan ishlab chiqarishning tabiatga nisbatan tazyiq oldini olish mumkinligini
isbotlash qiyin emas. Biosferani ifloslanishdan muhofaza qilish, ona tabiatni ko`z
qorachig`idek asrash, unga nisbatan muhabbat uyg`otish, yo`qolib ketayotgan
o`simliklar va jonivorlarni iloji boricha saqlab qolish kabi g`oyalarni targ`ib qilish
tashqi muhitni avaylashga, uni yaxshlab sog`lomlashtirishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: