Ekologik holatning o’simliklarga ta’siri Ekologik omillar o`simlikka bevosita va bilvosita ta`sir qiladi. Bevosita ta`sir qiluvchi omillarga namlik, yorug`lik, issiqlik, inson va hayvonlar ta`siri misol bo`la oladi. Bilvosita ta`sir etuvchi omillarga relyef, tog` jinslari, iqlimni o`zgarishi va tuproq sharoitining o`zgarishi misol bo`la oladi. Ba`zan ayrim ekologik omillar bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatishi mumkin. Masalan: shamol o`simliklarning novdasini sindirib, bargini mevasini to`kib, bevosita ta`sir ko`rsatsa, tuproqdagi namlikni kamaytirib, qatqaloq hosil qilib bevosita ta`sir ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |