Atrof-muhit deganda nimani tushunamiz


-BOB Ekologik barqarorlikni taminlash yo’llari



Download 0,54 Mb.
bet2/3
Sana18.02.2022
Hajmi0,54 Mb.
#450556
1   2   3
Bog'liq
KIRISH

5-BOB Ekologik barqarorlikni taminlash yo’llari
Bugungi kunda sayyoramizda yuz berayotgan anomal tabiiy o‘zgarishlar ekologik muammolarni hal etishga alohida e’tibor qaratishni, atrof-muhitni himoya qilish ishlarini tubdan yaxshilashni talab etmoqda, – dedi V.Chub. – Tabiat boyliklariga bee’tibor munosabatda bo‘lish vaqti allaqachon o‘tgan. Prezidentimiz Islom Karimov buni oliy darajadagi ko‘plab nufuzli xalqaro uchrashuvlarda, jumladan, BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqida ham ta’kidlab, jahon hamjamiyatini ushbu yo‘nalishda, birinchi navbatda, Orolbo‘yi inqirozining ekologik oqibatlarini bartaraf etish borasida sa’y-harakatlarni birlashtirishga da’vat etdi.
Orol inqirozi – oqibatini o‘ylamasdan xo‘jalik yuritish faoliyati bizni o‘rab turgan atrof-muhitga qanchalik zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan yaqqol dalolatdir. Ilgari iqtisodiy rivojlanishga nisbatan keng qo‘llanilgan bunday yondashuvning ayanchli oqibatlarini hozir boshdan kechirmoqdamiz. Ular, afsuski, iqlim o‘zgarishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.
Kuzatuvlar davomida olingan ma’lumotlar XX asr mobaynida global harorat taxminan 0,6°S oshganini ko‘rsatmoqda. Aksariyat tadqiqotchilar bu holat atmosferada bug‘xona gazlarining to‘planishi natijasida bug‘ ta’siri kuchayishi tufayli sodir bo‘lmoqda, deb hisoblaydi. So‘nggi o‘n yilda atmosferada karbonat angidrid gazining to‘planishi uch baravar, metan gazining to‘planishi 2,5 baravar oshdi. Havoga yuz million tonnalab xlorftoruglerodlar chiqarildi. Vaholanki, o‘tgan asrning o‘rtalarigacha Yer yuzida ushbu moddalar umuman bo‘lmagan. Sanoat, qishloq xo‘jaligi faoliyati, transport va boshqa tarmoqlar chiqindilari atmosfera kimyoviy tarkibining jiddiy o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda va ularning tabiatga ta’siri uzluksiz kuchayib borayotir. Yana shuni e’tiborga olish kerakki, ayni paytda sayyoramizda atrof-muhit, jumladan, iqlimni tartibga solishdek muhim vazifani bajaradigan tabiiy ekotizimlarning 40 foizi yo‘qolib ketgan. Cho‘llanish jarayonining kuchayishi va biologik xilma-xillikning kamayishi oqibatida Yerning yuza qatlamidagi katta hududlarning nam almashinish va nur qaytarish qobiliyati o‘zgargan, ekotizimlarning atropogen chiqindilarni yutish imkoniyatlari pasaygan.
– Iqlim o‘zgarishi mintaqamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, ekotizimlarga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?
– O‘rta Osiyo hududining iqlim bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari, avvalo, uning nisbatan past kengliklarda joylashgani bilan izohlanadi. Yozda bu yerdagi cho‘llar uzra yuqori haroratli, namligi past kontinental havo massasi hosil bo‘ladi. Yoz oylarida havoning quruq va issiq bo‘lishi ham shu bilan bog‘liq. Qish esa asosan yumshoq, ba’zan, ayniqsa, shimoliy hududlarda qattiq bo‘ladi.
Iqlim o‘zgarishining mintaqamiz rivojiga ta’siri, birinchi navbatda, suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va ayniqsa, tobora ko‘payib borayotgan aholining salomatligi kabi o‘ta muhim sohalardagi katta tavakkalchiliklar bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan ekotizimlar muvozanatini saqlash, iqlim o‘zgarishiga moslashish va bug‘xona gazlari chiqindilarini kamaytirishga doir tadbirlarni o‘tkazish nihoyatda muhimdir.BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Birinchi va Ikkinchi milliy axborotini tayyorlash doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar tabiiy tizimlarning mavjud xilma-xilligi va iqtisodiyot tarmoqlarining jadal rivojlanayotgani sababli iqlim o‘zgarishi oqibatlari mamlakatimizga jiddiy ta’sir o‘tkazayotganini ko‘rsatdi. Bunday iqlim o‘zgarishi oqibatlari ilgari tabiiy muhitni nooqilona boshqarish va uning kuchli ifloslanishi tufayli to‘plangan muammolar, ayniqsa, Orolning ekologik inqirozi sababli yanada murakkablashmoqda.
– Ayting-chi, global xususiyatga ega bo‘lgan ushbu ekologik fojia mavjud vaziyatni qanchalik qiyinlashtirmoqda?
– Amudaryo va Sirdaryo suvining sug‘orish ishlari tufayli kamayib borayotgani natijasida Orol dengizi hajmining halokatli tarzda qisqarishi bugungi kunda butun dunyoga ishlab chiqarishni atrof-tabiiy muhit hisobidan rivojlantirish qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaqqol ko‘rsatmoqda. Masalan, Orol dengizining hajmi 13 baravar, maydoni 7 baravar qisqardi, suv sathi 26 metr pasaydi, qirg‘oqlari yuzlab kilometrga chekindi. Ba’zi joylarda suv sho‘rlanishi bir litrda qariyb 280 grammni tashkil etmoqda. Ko‘plab tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, aynan suv ta’minotining kamayishi, sifatining yomonlashuvi va Orol dengizi suv sathining pasayishi Orolbo‘yida ekologik inqiroz yuzaga kelishining asosiy sabablaridir. Bularning barchasi mintaqamizda iqlim o‘zgarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayni paytda O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida havo harorati haddan ortiq isib ketishi kuzatilmoqda.
Bir paytlar Yer sharining eng yirik ichki suv havzalaridan biri bo‘lgan Orol dengizining iqtisodiy va landshaft-ekologik ahamiyatining yo‘qolishidan tashqari, uning qurib qolgan tubida ulkan tuz cho‘lining hosil bo‘lgani ham o‘ta salbiy oqibatlar sirasiga kiradi. Bu yerdan ko‘tarilgan tuz va qum zarrachalaridan iborat chang-to‘zon olis masofalarga tarqalmoqda. Bu yiliga bir gektar yerga 500 kilogrammdan 2702 kilogrammgacha tuz to‘g‘ri keladi, deganidir. Mazkur holat, o‘z navbatida, shudgor qilinadigan yerlar va yaylovlarning sho‘rlanishini kuchaytirmoqda. Orolbo‘yining ichki delta suv havzalari va ular bilan bog‘liq yer usti ekotizimlari ham jiddiy o‘zgarishga uchradi, ya’ni suv havzasi hajmi kamaydi, suvning minerallashuv darajasi oshib, bioxilma-xillik va biomahsuldorlik pasaydi. Natijada, Prezidentimiz Islom Karimov BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan sammitidagi nutqida ta’kidlaganidek, bugun Orolbo‘yida nafaqat ekologik, balki dunyo miqyosida yomon oqibatlarga olib keluvchi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolar paydo bo‘ldi.
– O‘zbekiston mintaqada ekologik ahvolni yaxshilash uchun qanday choralar ko‘rmoqda?
– Ekologik barqarorlikni ta’minlash Mingyillik rivojlanishning muhim maqsadlaridan biri bo‘lib, tabiat hamda uning resurslariga oqilona va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishning yangi xalqaro etikasini aks ettiradi. Bu vazifa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga yo‘naltirilgan faoliyat doirasida atrof-muhitni barqaror boshqarish prinsiplarini amalga oshirish orqali hal etilmoqda.
Davlatimiz rahbari bunga katta e’tibor qaratmoqda. Orolning ekologik falokatini va tabiatdan nooqilona foydalanish oqibatlarini boshdan kechirgan mamlakatimiz istiqlolga erishgach, bu boradagi xalqaro dasturlarni bajarishda faol ishtirok etish bilan birga keng ko‘lamli o‘z loyihalari hamda milliy harakat rejalarini amalga oshirmoqda.
Masalan, mamlakatimiz birinchilardan bo‘lib Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiya, Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiya, Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyani, shuningdek, atrof-muhitni himoya qilish va barqaror rivojlanish sohasidagi boshqa qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi. O‘zbekiston bu borada o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni izchil bajarmoqda. Global ekologik jamg‘arma va BMT Rivojlanish Dasturi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalari ham buni yana bir karra tasdiqladi. Xalqaro tashkilotlar mamlakatimizda ro‘yobga chiqarilayotgan Atrof-muhit gigiyenasi bo‘yicha milliy harakatlar rejasi, Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha milliy harakatlar strategiyasi hamda rejasi, Cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha milliy harakatlar dasturi, O‘zbekiston Respublikasining XXI asr uchun kun tartibi, Barqaror rivojlanish Konsepsiyasi va Milliy strategiyasi, 2006-2010 yillarga mo‘ljallangan atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha milliy harakatlar dasturining yuqori samaradorligini e’tirof etmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi dasturlari va Yer resurslarini boshqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlarining birgalikdagi tashabbusini amalga oshirishda faol qatnashmoqda. Mazkur keng ko‘lamli ishlar mamlakatimiz mutaxassislari, shu jumladan, «O‘zgidromet» mutaxassislari tomonidan o‘tkazilayotgan keng tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda bajarilmoqda.
Meteoxizmat iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Bugun gidrometeorologik sharoitlar ta’sirini boshdan kechirmagan sohaning o‘zi deyarli yo‘q. Ob-havo ma’lumotini tuzish tabiat taqdim etadigan “syurpriz“larga oldindan tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi. “O‘zgidromet” markazi mamlakatimizning har bir viloyatida meteorologik stansiyaga ega bo‘lib, ular 78 tani tashkil etadi. Mazkur stansiyalarda havoning o‘zgarib turishi, shamol yo‘nalishi va tezligi, atmosfera bosimi, havo va tuproq harorati, havoning namligi, qor qoplami hamda yog‘ingarchiliklar miqdori bo‘yicha kecha-kunduz kuzatuvlar olib boriladi. Ushbu axborot har uch soatda “O‘zgidromet” markaziga, global telealoqa tizimiga kiradigan mintaqaviy uzelga uzatiladi. Shuningdek, bu yerda olingan ma’lumotlar tahlil etiladi va tarqatiladi, maxsus “NOAA” hamda “Meteostat-7” Yer yo‘ldoshlari ma’lumotlaridan ham foydalaniladi. Markazimizda tayyorlangan ma’lumotlar esa Jahon meteorologiya tashkiloti, Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Rossiya meteoxizmatiga muntazam jo‘natiladi. Ular bilan ikki tomonlama shartnomalar doirasida axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.
– Ayrim qo‘shni davlatlar tomonidan Amudaryo va Sirdaryoning yuqori qismida qurilishi rejalashtirilayotgan ulkan gidroinshootlar bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishi mintaqamiz ekologiyasi, aholi hayoti va faoliyati uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
– Suv resurslari taqchilligi O‘rta Osiyo mintaqasi uchun xos bo‘lib, iqlim isigan sharoitda esa suvga bo‘lgan ehtiyoj yanada oshadi. Shu bois, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, mintaqamizning ikkita asosiy daryosi – Amudaryo va Sirdaryo oqimining biroz bo‘lsa-da kamayishi O‘zbekistonning ham ekologik va oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy xavf soladi.
Misol uchun, Rog‘un GESining qurilishi va ko‘zda tutilayotgan energetik ish rejimi bo‘yicha ishga tushirilishi Amudaryo suv oqimi rejimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Mutaxassislarning fikricha, 2-QambarotaGESi va To‘xtag‘ul suv ombori energetik ish rejimiga o‘tkaziladigan bo‘lsa, Sirdaryo oqimida ham xuddi shunday holat yuzaga keladi. Bu yerda vegetatsiya davrida suv oqimi odatdagidan ko‘ra taxminan 3 kub kilometrga kamayadi. Suv taqchil bo‘lgan yillarda esa ahvol yanada yomonlashadi. Ma’lumki, o‘rtacha darajada elektr energiyasi hosil qilish uchun suv omboridan katta miqdorda suv chiqadi. Keyinchalik uning o‘rnini to‘ldirish uchun, ayniqsa, To‘xtag‘ul suv ombori sathini optimal holatga keltirish uchun suv oqimini to‘xtatib qo‘yishga to‘g‘ri keladi.
Lo‘nda qilib aytganda, transchegaraviy daryolarning yuqori qismida yangi yirik gidroenergetika inshootlarini qurish o‘ta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, O‘rta Osiyoning shusiz ham zaif ekologik muvozanatiga katta putur yetkazadi. Amudaryo va Sirdaryoning suv hajmi va rejimini o‘zgartirish esa jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Zero, bunday holat kontinental cho‘l iqlimli, suv taqchilligi tez-tez takrorlanib turadigan mintaqamizda millionlab odamlar hayotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi tabiiydir. Bundan tashqari, mazkur inshootlar quriladigan zonalarning seysmik jihatdan xatarliligi hisobga olinsa, texnogen falokatlar xavfi yanada ortishini tasavvur qilish qiyin emas.
Agarda to‘g‘onlar o‘pirilib ketadigan bo‘lsa, bu gumanitar halokatga olib kelishi va yuz minglab odamlar hayotiga zomin bo‘lishi mumkin. Biroq, voqealar rivoji yaxshi tomonga o‘zgargan taqdirda ham, qishloq xo‘jalik yerlarini suv bosishi muqarrar va bu ekin maydonlarining qisqarishi, irrigatsiya tizimlarining izdan chiqishiga sabab bo‘ladi, suv resurslari, hayvonot hamda nabotot olami va umuman, mintaqaning barcha mamlakatlari aholisining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yana shuni ta’kidlash zarurki, transchegaraviy daryolarning yuqori qismida yangi gidroenergetika inshootlarining barpo etilishi tufayli bug‘lanish hosil bo‘ladigan suv sathi yanada kengayadi. Bu kichik muzliklarning erishi, pirovard natijada esa iqlimning o‘zgarishi va ob-havoning yanada isishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bularning barchasi misli ko‘rilmagan og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shu munosabat bilan ekologiya sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, transchegaraviy suv havzalari va daryolar resurslaridan foydalanishga taalluqli xalqaro huquq normalariga so‘zsiz rioya qilish zarurati ortib bormoqda. Transchegaraviy daryolarning yuqori qismida yangi gidroenergetika inshootlari Orol dengizi havzasidagi barcha mamlakatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda va mustaqil xalqaro ekspertiza o‘tkazilganidan so‘nggina barpo etilishi lozim. Bu Orol dengizi havzasidagi mintaqaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar dasturining uchinchi bosqichini ishlab chiqishda ham inobatga olinishi shart.
Poytaxtimizda 16-17 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “O‘rta Osiyoning transchegaraviy ekologik muammolari: ularni hal etishda xalqaro huquq mexanizmlarini qo‘llash” mavzuidagi xalqaro konferensiya ushbu yo‘nalishda qo‘yilgan yana bir muhim qadam bo‘ldi. Konferensiyaning dolzarb mavzusi butun dunyoda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu anjumanda dunyoning 30 mamlakatidan ekspertlar, olimlar, ekologlar, 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari vakillari qatnashdi.
Ular ekologik halokatli zonalar – Orolbo‘yi va Surxondaryoga tashrif buyurib, bu yerda yuzaga kelgan ekologik vaziyat bilan bevosita tanishdilar hamda uning atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirishga doir shoshilinch kompleks choralar ko‘rish zarurligiga ishonch hosil qildilar. Konferensiyada Orol inqirozini bartaraf etish, transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalasini yechish, Orol dengizi havzasida barqaror rivojlanish va bu yerda yashaydigan aholi farovonligini oshirish maqsadida ekologik ahvolni yaxshilash uchun hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi amaliy harakatlarni kengaytirish imkoniyatlari muhokama etildi. Konferensiya yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Toshkent ekologiya deklaratsiyasida mintaqamizdagi mavjud muhim transchegaraviy ekologik muammolar va ularni bu yerda joylashgan barcha davlatlarning manfaatlarini e’tiborga olgan holda, xalqaro huquq normalariga muvofiq hal etish yo‘llari belgilangan.

Ushbu hujjatda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari O‘rta Osiyodagi barcha mamlakatlarning fuqarolik jamiyatlari bilan o‘zaro hamkorlik va ochiq muloqot qilish orqali mintaqadagi ekologik barqarorlikni mustahkamlashga ko‘maklashishi zarurligi ta’kidlangan. Yuqorida qayd etilgan loyihalarning amalga oshirilishi natijasida yetkazilishi mumkin bo‘lgan ekologik zararni aniqlash maqsadida ushbu loyihalarni mustaqil xalqaro tekshiruvdan o‘tkazish lozim. Qabul qilingan mazkur deklaratsiya qoidalarini ro‘yobga chiqarish mintaqamizning transchegaraviy ekologik muammolarini hal etishda jahon hamjamiyati sa’y-harakatini birlashtirish va kelajakda ekologik xavfni kamaytirish uchun samarali choralar ko‘rishga yordam beradi.



Reja:
I.KIRISH
II. Asosiy qism
II.1-BOB. DUNYODAGI YA 0‘ZBEKIST0NDAGIATROF-MUHIT HOLATI
II.2-BOB. CHIQINDISIZ VA KAM CHIQINDILI EKOLOGIK BEZARAR TEXNOLOGIYALARNI YARATISH ASOSLARI, BIOLOGIK ISHLAB CHIQARISH, BIOGEOSENOZ,POPULATSIYALAR
II. 3-BOB. CHIQINDILARNING ASOSIY MANBALARI,ULARNING TURLARI YA SINFLANISHI
II. 4-BOB QATTIQ SANOAT VA MAISHIY CHIQINDILARNI ZARARSIZLANTIRISH VA QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYALARI
II. 5-BOB Ekologik barqarorlikni taminlash yo’llari
III.Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish