2.2.6-rasm. Dorilar jadvalini SQL tilida yaratish
Object Browser bo’limiga o’tib, qidiruv oynasiga jadvalimiz nomini yozamiz va yaratgan jadvalimizni ko’ramiz:
2.2.7-rasm. Dorilar jadvali oynasi
Jadvalimizda mavjud ma’lumotlarni ko’rish uchun ushbu bo’limning Data bandiga o’tamiz. Lekin hozircha jadvalimiz bo’shligi uchun This table contains no data – Bu jadvalning ma’lumotlari yo’q degan xabar chiqadi.
Hudu shu texnologiya yordamida Mijozlar jadvalini yaratamiz. SQL Commands ga o’tib teramiz. Keyin Firmalar jadvalini va qolgan jadvallarni ham shu tarzda yaratamiz. Jadvallarni yaratib bo’lgandan so’ng ma’lumotlarni manipulyatsiyalash tili operatorlaridan foydalanib oddiy so’rovlar yaratish ( SELECT, UPDATE, INSERT, DELETE ) kerak bo’ladi.
Ma’lumotlar bazasiga axborotlar qo'shish, yangilash, o'chirish va chiqarib tashlash imkonini beradi, odatda ma’lumotlarni boshqarish tili (DML – Data Manipulation Language) yordamida amalga oshiriladi. Barcha ma’lumotlarning markazlashtirilgan saqlanishi mavjudligi va ularning tavsifi ba’zan so'rovlar tili (query language) deb ataluvchi so'rovlarda tashkil etilgan umumiy uskunasi sifatida DML tilidan foydalanish imkonini beradi. So'rovlar tilining mavjudligi o'ziga xos faylli tizimlarni cheklanishlardan yo'qotish imkoniyatini beradi, unda foydalanuvchilarning fiksirlangan so'rovlar to'plami ustida ish olib borishlari yoki dasturiy ta’minotni boshqarishda ko'proq murakkab muammolar uchun doimiy ravishda yaratilayotgan dasturlar sonining oshishi nazarda tutiladi.
DML tilining ikki xil turi mavjud - protsedurali va protsedurali bo'lmagan tillar. Ular bir-biridan ma’lumotlardan ko'chirma olish usullari bilan farqlanadi. Ular o'rtasidagi asosiy farq, protsedurali tillar odatda MB da ketma-ket ravishda axborotlarni qayta ishlaydi, protsedurali bo'lmagan tillar butun yozuvlar to'plamiga birdan operatsiyaga kirishadi
80. Integratsiyalangan axborot muhiti. Axborot telekommunikatsiya tizimining samarali faoliyati, odatda, ma’lumotlar bazasi va ombori, ularni saqlash va foydalanish texnologiyalarini ifodolovchi korxonaning yagona axborot makonida yagona tamoyil va umumiy qoida asosida foaliyat yurituvchi axborot va telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari majmuida yuz beradi. Axborot makonining ushbu tuzilishi ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyatining barcha qatnashchilari himoyalangan o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlaydi, shuningdek, lavozim majburiyatlari ierarxiyasi va ma’lumotlarga kirish darajasiga muvofiq ularning axborotga bo‘lgan talabini qondiradi.
3.1.3-rasmda, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonasida integratsiyalangan axborot muhitini yaratish uchun quyidagi komponentlarni o‘z ichiga olgan asos misol tariqasida ko‘rsatilgan:
telekommunikatsiya muhiti, kommunikatsion dasturiy ta’minot (DT), xodimlarning jamoaviy ishini tashkil etish vositalari (Groupware);
axborot resurslari, axborot va dastur tizimlari:
elektron hujjat yuritish bilan DT boshqaruv;
fan sohalarini axborot bilan ta’minlash DT;
axborotni tezkor tahlil qilish va qabul qilingan qarorni qo‘llab quvatlash DT;
loyihalarni boshqarish DT; o‘rnatilgan uskunalar va boshqa mahsulotlar (masalan, CAD/CAM/ CAE/PDM-tizimlar, shaxsiy boshqaruv DT va boshqalar);
axborot muhitining ishlashi va rivojlanishini ta’minlaydigan tashkiliy infratuzilma;
axborot muhiti mutaxassislari va foydalanuvchilarni tayyorlash va qayta tayrlash tizimi.
Bunda axborot texnikasi va texnologiyasining aniq imkoniyatlarini inson salohiyatini sezilarli darajada oshiradigan, biroq ulardan foydalanishda mas’uliyatni yo‘qotmaydigan vosita sifatida ob’ektiv baholash zarur.
81. Quyida qaror qabul qilishni qo‘llab quvvatlash tizimining asosiy tavsifi va funksional imkoniyatlari keltirilgan:
oldindan belgilash mumkin bo‘lmagan muammolar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun informatsion qo‘llab quvvatlashni ta’minlash;
murakkab ko‘p o‘lchamli va ko‘p omilli tahlil hamda uskuna vositalari biln modellashni qo‘llash;
foydalanishning qulayligi, konkret vaziyatlarga moslashuvchanlik;
kirish ma’lumotlarini dinamik manipulyasiya qilish imkoniyati;
maksimal do‘stona foydalanuvchi interfeys, bu deyarli dasturchilar ishtirokisiz ishlashga imkon beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |