Atribut deyiladi. Atributlar jamlanmasi obyekt



Download 0,9 Mb.
bet26/63
Sana24.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#407122
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63
Bog'liq
yakuniy

Kompilyator tartibida buyruqlar bevosita bajarilmaydi, balki ular «exe» faylga yoziladi. Exe faylni hosil qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: boshlang‘ich dasturni nazorat qilish va uni obj turga aylantirish; matn muharriri yordamida dasturni exe faylga aylantirish. Exe faylning bajarilishi uchun MBBT ning mavjud bo‘lishi shart emas, Interpretator tartibida ishlaydigan MBBT ga dBase III Plus, FoxBase va Karat kiradi, kompilyator tartibida Clipper, panel tartibida esa Clario ishlaydi.

MBBT foydalanuvchi bilan ma’lumotlar bazasi o‘rtasidagi aloqani ta’minlovchi dastur sifatida ishtirok etadi. Uning funksiyalari menyu va dasturlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

Menyu tartibid MBBTning funksiyalari ekranda tasvirlanadi. Foydalanuvchi kursorni harakatlantirish orqali tegishli funksiyani aniqlashi va bajarishga chaqirishi lozim. Tizim aniqlangan funksiyalarni bajarib bo‘lgandan so‘ng yana menyu holatiga qaytadi.

Dasturiy tartibda tegishli buyruqlar kiritiladi, dasturlar qayta ishlanadi va bajarishga chaqiriladi. Bu holda MBBT interpritator tartibida ishlaydi va foydalanuvchidan dasturlash tillarini bilish talab qilinadi.

MBBT da foydalaniladigan dasturlash tillariga umumiy talablar bilan bir qatorda quyidagilar ham qo‘yiladi:

- tilning to‘liq bo‘lishi;

- vazifalarni bajarish uchun tegishli vositalarning bo‘lishi;

- aniqlangan ma’lumotlarni to‘liq qayta ishlash va boshqalar.

Dasturlash tillari bir qator belgilarga ko‘ra turkumlarga ajratiladi.


  • o‘zgaruvchanlik;

  • jarayonlilik;

  • foydalanilayotgan matematik apparat va boshqalar

MBBT dagi dasturlar tegishli bo‘yruqlarning to‘plamidan tashkil topadi. Echilayotgan masalalarning qiyinligiga qarab, dasturlar oddiy yoki murakkab tuzilishiga ega bo‘ladi. Oddiy tuzilishga ega bo‘lgan dasturlarda buyruqlar ketma-ket joylashadi. Murakkab tuzilishli dasturlarda esa buyruqlar modullar holatida, ya’ni asosiy modul va quyi dasturlar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Ma’lumotlar bazasini hosil qilishda modullik tamoyilidan foydalanish qulay va samaralidir.

37. Tarmoq topologiyalari juda ko‘p, lekin amaliyotda asosan to‘rtta turi ko‘proq qo‘llaniladi. Bular Yulduzsimon, aylana, shina va gibrid topologiyalaridir. Tarifini berasla

38. Korxonaning zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimi zamonaviy axborot texnologiyalarining ishlashi, biznes maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun integratsiya muhiti hisoblanadi. Bitta axborot tizimi doirasida turli boshqaruv funksiyalarini avtomatlashtiruvchi va boshqaruvning turli bosqichlaridagi qaror qabul qilish jarayonida tayyorgarlik bosqichida faol qo‘llanuvchi o‘nlab ATlar ishlatilishi mumkin. (3.1.1-rasm). Shu munosabat bilan bugungi kunda ichki bozorni ishlab chiqish va joriy etishda ikkita asosiy yo‘nalish hukmronlik qilmoqda.



Birinchisi, masalan, korxona avtomatlashtirish tizimini faqat o‘z faoliyatining ayrim sohalarida tanlangan (“lokustli”) avtomatlashtirish bilan ta’minlab va keyinchalik ularni umumiy tizimga birlashtirishni taklif etib joriy etishga harakat qiladi. Garchi, bu yo‘l, bir qarashda, kam xarajatdek ko‘rinsada, bu kabi tizimlarni amalga oshirish tajribasi shunga o‘xshash loyihalarda minimal xarajatlar ko‘pincha eng kam daromadga aylanishini ko‘rsatdi yoki umuman kutilgan natijani keltirib chiqarmaydi.

Ikkinchi yo‘nalish — avtomatlashtirish tizimini kompleks amalga oshirish va jarayonlarni axborotlashtirib kuzatish, bu menejment tizimining barcha bo‘g‘imlarini: ishlab chiqarishni qismlarga ajratishning eng past bosqichidan yuqori boshqaruv darajasigacha egallashga imkon beradi. Bu kabi holatlarda ushbu integratsiyalangan tizim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va axborot bilan ta’minlash, tahlil qilish va strategik rejalashtirish jarayonlari;

  • korxona faoliyatining ko‘plab yo‘nalishlarini avtomatlashtirish (buxgalteriya hisobi, moliyaviy boshqaruv, shaxsiy, savdo, ta’minot va hokazo);

  • korxonaning asosiy texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va axborot bilan ta’minlash.

39. Hozirda kompyuterlarni qo‘llashda ko‘pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmog‘i hisoblanmish Internet misolida yaqqol ko‘rish mumkin.


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish