Ikkinchi holda esa asetilenga efir yoki tetragidrofuran ishtirokida magniyorganik birikma bilan ta’sir ettiriladi. Hosil bo’lgan birikma (Iosich kompleksi) ga galoid alkil bilan ta’sir ettirilganda asetilenning gomologi hosil bo’ladi. Reaksiya quyidagi tenglama bo’yicha boradi: Fizik xossalari. Fizik xossalari. Asetilen, metil va etilasetilenlar oddiy sharoitda gazsimon, dimetilasetilendan boshlab esa suyuq holatda bo’ladi. Asetilen havo bilan portlovchi aralashma hosil qiladi. Yonganda harorat 30000 C gacha etadi. Shuning uchun asetilen metallarni qiriqish va payvandlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |