Kichkintoylarning oʻziga xos maʼnaviy olamini tiniq aks ettiruvchi bunday misralardagi quvnoq kayfiyat darrov boshqalarga ham yuqadi. Bunday sheʼrlarni oʻqigan bolada oʻzidagi va boshqa tengdoshlaridagi yaxshi-yomon xislatlarga munosabat uygʻonadi, kamchiliklarga qarshi nafrat, yutuqlarga nisbatan muhabbat paydo boʻladi. Shoirning “Men gʻiybatchi emasman” asari bu fikrimizga yorqin misol boʻladi. Sheʼrda gʻiybatchilik – illat ekani, aslida bu illatga qarshi boʻlgan bola tilidan gʻoyat ishonchli va taʼsirli tarzda bayon qilinadi: - Kichkintoylarning oʻziga xos maʼnaviy olamini tiniq aks ettiruvchi bunday misralardagi quvnoq kayfiyat darrov boshqalarga ham yuqadi. Bunday sheʼrlarni oʻqigan bolada oʻzidagi va boshqa tengdoshlaridagi yaxshi-yomon xislatlarga munosabat uygʻonadi, kamchiliklarga qarshi nafrat, yutuqlarga nisbatan muhabbat paydo boʻladi. Shoirning “Men gʻiybatchi emasman” asari bu fikrimizga yorqin misol boʻladi. Sheʼrda gʻiybatchilik – illat ekani, aslida bu illatga qarshi boʻlgan bola tilidan gʻoyat ishonchli va taʼsirli tarzda bayon qilinadi:
- Men gʻiybatchi emasman,
- Gʻiybatga yoʻq toqatim.
- Jahlim chiqib ketadi,
- Viji-viji qilsa kim, -
- degan bola “gʻidi-bidichi” bolalarni fosh qilaman deb oʻzi ham ularning qatoriga qoʻshilib ketganini sezmay qoladi va oʻzi ham zoʻr gʻiybatchi ekanini oshkor qilib qoʻyadi.
Ijodkorning faoliyatida bolalar uchun yozilgan qissalar va hikoyalar, ayniqsa, muhim oʻrin egallaydi. Uning “Mening yulduzim”, “Halqa”, “Baland togʻlar” kabi kitoblaridan oʻrin olgan asarlari yuksak badiiy salohiyati bilan yoshlar nasrini bezab turadi. Bu asarlarni inson xarakterini yaratishdagi betakror mahorati bilan ham oʻzbek nasrining eng sara namunalari, deb bemalol aytish mumkin. Shunday xususiyatlari uchun ham adibning bir qator hikoya va qissalari, sheʼrlari jahondagi koʻpgina xalqlar tiliga tarjima qilindi. Xitoyda uning ikki kitobi “Halqa” (1993-yil) va “Hayot hukmi” (2000-yil) nomlari bilan nashr etildi. “Boychechak” hikoyasi, “Baland togʻlar ostida” qissasi asosida koʻp seriyali badiiy filmlar yaratildi. 1987-yilda chop etilgan “Halqa” kitobi Gʻafur Gʻulom nomidagi mukofotga sazovor boʻldi. Tabiat mavzusida yozgan asarlari uchun esa 1984-yil YUNYeSKO mukofoti bilan taqdirlandi. - Ijodkorning faoliyatida bolalar uchun yozilgan qissalar va hikoyalar, ayniqsa, muhim oʻrin egallaydi. Uning “Mening yulduzim”, “Halqa”, “Baland togʻlar” kabi kitoblaridan oʻrin olgan asarlari yuksak badiiy salohiyati bilan yoshlar nasrini bezab turadi. Bu asarlarni inson xarakterini yaratishdagi betakror mahorati bilan ham oʻzbek nasrining eng sara namunalari, deb bemalol aytish mumkin. Shunday xususiyatlari uchun ham adibning bir qator hikoya va qissalari, sheʼrlari jahondagi koʻpgina xalqlar tiliga tarjima qilindi. Xitoyda uning ikki kitobi “Halqa” (1993-yil) va “Hayot hukmi” (2000-yil) nomlari bilan nashr etildi. “Boychechak” hikoyasi, “Baland togʻlar ostida” qissasi asosida koʻp seriyali badiiy filmlar yaratildi. 1987-yilda chop etilgan “Halqa” kitobi Gʻafur Gʻulom nomidagi mukofotga sazovor boʻldi. Tabiat mavzusida yozgan asarlari uchun esa 1984-yil YUNYeSKO mukofoti bilan taqdirlandi.
E’tiboringiz uchun raxmat E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |