Atom yadrosi ya zarralar fizikasi


-rasm .  Indiy yadrosidan  uchib  chiqqan  fotoprotonlar spektri



Download 6,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/314
Sana31.12.2021
Hajmi6,32 Mb.
#264351
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   314
Bog'liq
муминов-atom yadrosi va zarralar fizikasi

5.10-rasm .  Indiy yadrosidan  uchib  chiqqan  fotoprotonlar spektri:
1  va  2-bugManish  va bevosita  fotoeffekt  mexanizmlarga taalluqli  nazariy
 
egri  chiziqlar; 
Np
 -  nisbiy  intensivlik.
2,5 
5
10
15
Ep M eV


(g, p) reaksiyaning tajribadan olingan spektri va bugManish hamda bevosita 
fotoeffekt mexanizmiga oid nazariy grafiklar keltirilgan.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, tajribadan olingan intensivlik ayrim jarayonlar 
beradigan effektlar yig‘indisiga teng bo‘lib, har bir jarayon hissasi gamma- 
kvantlar energiyasiga va massa soniga bog‘liq bo‘ladi.
5.9-§. Yadro bo‘linish reaksiyasi
Yadroning  bo‘linish  tarixi  E.Fermi  va  uning  izdoshlarining  1934-yilda 
uran  yadrosini  neytronlar  bilan  bombardimon  qilish  bo'yicha  o‘tkazgan 
tajribalaridan  boshlanadi.  Ular  zaiyadsiz  neytron  uchun  kulon  to‘sig‘ i 
yo‘qligi  sababli  og‘ir yadrolami  neytron  bilan  bombardimon  qilib  nishon 
yadroni neytronlar bilan boyitish bu yadrolar o‘z navbatida radioaktiv boMib, 
b'-emirilish bilan zaryadini bittaga oshirishi, shu yo‘l bilan davriy sistemada 
uran  elementidan  keyin joylashgan  transuran  elementlarini  hosil  qilish 
maqsad qilib qo‘yilgan edi. Haqiqatda esa, ular boMinish parchalarini (yarim 
yemirilish davrlari: T |/2  =  13  min., T ,/2  =  90 min.) kuzatdilar.
Ko‘pyillik muntazam  izlanishlar olib borib  1939-yilda O.Gan (1879 —  
1968), Lize Meytner (1878 —  1968) va Shtrassman (1902 — 1980)  E.Fermi 
tajribalarini takrorlab, bunday reaksiya natijasida boshIang‘ich yadro o‘zidan 
anchayengil elementlarga parchalanishini  ko‘rsatdilar.
I.Kyuri  va  P.Savich  (1909-y.t.)  yuqoridagi  reaksiyalarda  radioaktiv 
lantanning,  O.Gan  va  Shtrassmanlar  radioaktiv  bariy  elementining  hosil 
boMishini aniqladilar.
Bu tajriba natijalarini tahlil  qilib,  1939-yilda Meytner va O.Frish (1904
—  1979) neytronlarta’siridauran yadrosi ikki boMakkaajralishi kerak, degan 
fikrga  keldilar.  Bu  fikr  keyinchalik  tasdiqlandi  va  bu jarayon  yadroning 
boMinishi degan nomni oldi.
L.Meytner  va  Frishlar  yadro  boMinishini  tomchi  modeliga  ko‘ra, 
tushuntirishga harakat qildilar.  1939-yildaN.Bor, D.Uiler (1911) bulardan 
mustaqil Ya.I.Frenkel (1894—  1952) yadro boMinish mexanizmini tomchi 
modeli  asosida tushuntirib berdilar.
Nishon yadro neytron ta’sirida uyg‘ongan holatga o‘tadi va yadro suyuqlik 
tomchisida kuchli tebranishlar yuzaga keladi. Bunday tebranishlar yadrodagi 
zaryadlangan  protonlar o‘rtasidagi  kulon  itarishish  kuchlari  bilan  yadroni 
barqaror holatga qaytaruvchi  sirt taranglik kuchlari tufayli  vujudga keladi.
171


Darhaqiqat,  yadrodagi  nuklonlaming  harakatlari  natijasida,  ayniqsa,  ular 
tashqaridan neytron yutish yo‘li bilan energiya olganida yadro-tomchining 
shakli  o‘zgaradi.  Tomchi  tebranish  natijasida  shar,  ellipsoid  yoki  boshqa 
murakkab shaklga kiradi.
Agar  uyg‘onish  energiyasi  sirt  taranglik  energiyasini  yengishga  yetarli 
bo‘lmasa, ellipsoid shaklini olgan yadro yana sferik shakliga qaytadi. Lekin, 
agar yadro uyg‘onish energiyasi yetarli  darajada katta boMsa, yadro shakli 
tebranish natijasidagantel shaklini olishi va u dastlabki shakliga qaytmasligi 
mumkin,  chunki  gantel  uchlarida  to'plangan  protonlarning  o‘zaro 
elektrostatik itarilish kulon energiyasi yadro tomchisini uzilishiga olib keladi, 
gantel boMaklaridagi sirt kuchlari ham boMinishga moyil boMadi.
Tomchi  modeliga ko‘ra, yadro boMinish shartini qarab chiqaylik. Yadro 
bogManish  energiyasi  uchun  Veyszekker  formulasidan  yadro  bogManish 
energiyasi:

Download 6,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish