Atom tuzilishi reja: Atom tuzilishi


Borning kvant postulotlari



Download 156,14 Kb.
bet3/6
Sana13.07.2022
Hajmi156,14 Kb.
#788782
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ATOM TUZILISHI 1

5. Borning kvant postulotlari. Atom masshtabidagi hodisalarni tushintirish uchun yangi kvant fizikasi yuzaga keladi. Kvant fizikasi rivojlanishiga Bor tavsiya etgan postulotlar katta yordam beradi. Lekin Bor atomning izchil nazariyasini bera olmadi. Shu bilan birga, Bor klassik fizika qonunlarini ham shaksiz rad etgani yo’q. Yangi postulatlar klassik fizika yo’l qo’yadigan harakatlarga ba’zi cheklanishlar qo’ydi, xalos. Borning birinchi postulotiga ko’ra, atom sistemasida har biriga muayan En energiya mos keladigan alohida statsionar yoki kvant holatlardagina bo’la oladi. Atom statsionar holatda yorug’lik chiqarmaydi.Bu postulat klassik fizikaga tamoman ziddir, klassik fizikaga ko’ra harakatlanayotgan elektronning energiyasi har qanday qiymatini qabul qilish mumkin. Bu postulat Maksvell elektrodinamikasiga ziddir, chunki unga muvofiq elektronlar elektromagnit tolqin chiqarmasdan ham tezlanish bilan harakatlanishi mumkin. Borning ikkinchi postulate, atom katta energiyali Ek sitatsionar holatdan kam energiyali En statsionar holatga o’tganda yorug’lik nurlanadi. Nurlangan fotonning energiyasi statsionar holatlar energiyasining farqiga teng bo’ladi: hν=Ek- En . Bunda nurlanish chastotasini shunday ifodalash mumkin.: ν = (Ek- En)/h . Nur yutganda atom yuqori energiyali statsionar holatga o’tadi. Ikkinchi postulat Maksvell elektrodinamikasiga ham ziddir, chunki bu postulatga ko’ra yorug’lik nurlanishi chastotasi elektron harakatining xususiyatlarini emas, balki atom energiyasining o’zgarishinigina bildiradi. Bor o’z postulatlarini eng oddiy atom sistemasi – vodorod atom nazariyasini yaratish uchun qo’lladi. Asosiy vazifa – vodorod nurlantirib chiqarayotgan elektromagnit to’lqinlarining chastotalarini topishdan iborat edi. Bu chostotalarni ikkinchi postulatdan foydalanib topish mumkin. Biroq buning uchun atom energiyasining statsionar qiymatlarini aniqlash qoidasini topish kerak edi. Bu qoida ham Bor postulati sifatida ilgari surildi (bu qoida kvantlash qoidasi deb yuritiladi).
Vodorod atomining Bor taklif etgan modeli. Nuyuton mexanikasi qonunlari va mumkin statsionar holarlarni tanlab olishga imkon beruvchi kvantlanish qoidasini qo’llab Bor elektronning mumkin bo’lgan orbitalari raduslari hamda statsionar holatlarning energiyalarini hisoblashga erishdi. Orbitaning minimal radiusi atomning o’lchamini bildiradi. 4, a, b- rasmda statsionar holatlar energiyalarining qiymatlari vertikal o’qlar bo’yicha (eV-larda berilgan) ko’rsatilgan.
Borning ikkinchi postulati statsionar holatlar energiyalarining ma’lum bo’lgan qiymatlariga ko’ra vodorod atomining nurlanishlar chastotasini hisoblashlar imkonini beradi Bor nazariyasi bu chastotalar qiymatlarining eksperimental miqdoriy qiymatlariga muvofiq kelishini ko’rsatadi. Vodorod atomi nurlanishlarining barcha chastotalari seriyalarning har bir atomining barcha yuqori energetik holatlaridan (katta energiyali holatlardan) energetik holatlarning biriga o’tishda hosil bo’ladi. Yuqori sathlardan birinchi uyg’ongan holatga(ikkinchi E2 energetik sathga) o’tishlar hosil qiladi. 4- a rasmda bu o’tishlar strelkalar bilan tasvirlangan. Yorug’likning yutilishi uning nurlanishiga teskari jarayondir. Atom yorug’lik yutib yuqori energetik holatlarga o’tadi. Bunda atom yuqori energetik holatlardan quyi holatga o’tishda nurlangan chastotalarning xuddi o’zini yutadi. 4-b rasmda atomning yorug’lik yutib biror holatdan boshqalarga o’tishlari strelkalar bilan tasvirlangan.




Download 156,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish