Atom massasi molekular massasi modda miqdori



Download 221,55 Kb.
Sana24.06.2022
Hajmi221,55 Kb.
#699445
Bog'liq
Atom massasi molekular massasi modda miqdori

Andijon mashinasozlik instituti Transport va Logistika fakulteti YHTE yo'nalishi 1-kurs K-103-21-guruh talabasi Rasulov Sunnatbekning Kimyo fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Atom massasi molekular massasi modda miqdori
Kimyoning fundamental qonunlari kashf qilinganidan so‘ng, kimyoviy elementlar va ularning birikmalarining miqdorini ifodalash uchun masalan, «gramm atom» va «gramm molekula»birliklari qo‘llanilgan. Ushbu birliklarda, qiymatlari amalda juda nisbiy bo‘lgan «Atom massasi» va «molekulyar massa» bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud edi. «Atom massasi» dastavval, bosh kelishuvga ko‘ra, kislorodning atom massasi - 16 ga nisbatan olingan edi. Biroq, fiziklar spektrometrda kislorod izotoplarini ajratib olishganida, ular 16 qiymatini, izotoplardan bittasi uchun, kimyogarlar esa, aynan shu qiymatni (biroz o‘zgaruvchanini) kislorodning 16, 17, 18 izotoplarining o‘zaro aralashmasi uchun qabul qilishdi.
Vanihoyat 1959/60 yillar davomida, Xalqaro Amaliy va Nazariy Fizika ittifoqi (IUPAP) va Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo ittifoqi (IUPAC) bilan o‘zaro hamkorlikda bunday ikkiyoqlamalikka barham berdi. o‘sha vaqtdan buyon fiziklar va kimyogarlar, moddaning atom massasini, to‘g‘riroq aytganda nisbiy atom massasi Ar(12C), massa soni 12 bo‘lgan uglerod 12 izotopi (uglerod 12, 12C) asosida belgilashga kelishib oldilar. Ushbu birlashtirilgan shkalaga ko‘ra, nisbiy atom massa va molekulyar massa (ular shuningdek mos ravishda «Atom massasi» va «molekulyar massa» ham deyiladi) qiymatlarini beradi.
Kimyogarlar tomonidan, kimyoviy elementlar yoki birikmalarning miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladigan miqdor nomini endilikda «Modda miqdori» deb ataladi. Qaralayotgan muayyan modda uchun modda miqdori, boshqa barcha moddalar uchun ham umumiy (universial) bo‘lgan, doimiy o‘zgarmas miqdoriy qiymatga (konstantaga) ega moddaning miqdoriga proporsional nisbatda aniqlanadi. Modda miqdori birligi mol, ramziy belgisi (ham)mol. Mol - uglerod 12 ning massasiga ko‘ra, bir mol uglerod 12 ning o‘zida qancha atom tutishiga qarab aniqlangan. Xalqaro kelishuvga ko‘ra, bir mol uglerod 12 izotopi, 0.012 kg, ya'ni, 12 gramm uglerod miqdori bilan belgilangan.
O‘TXK, 1967-yilda XANFI, XANKI va XST tashkilotlarining taklifiga ko‘ra mol uchun quyidagi ta'rifni ma'qulladi va 1969 yilda uni tasdiqladi. Molning ta'rifi 1971 yilda 14-O‘TXK tomonidan (1971, Rezolyutsiya 3; CR, 78 va Metrologia, 1972, 8, 36) qabul qilindi:
Mol - massasi 0.012 kg bo‘lgan 12C uglerodda qancha atom bo‘lsa, tarkibida shuncha struktur elementlar tutgan sistemaning modda miqdoridir. Uning belgisi - «mol».
Molni tadbiq etishda struktur elementlarni xoslashtirlgan (spetsifikatsiyalashtirilgan) bo‘lishi shart va ular, atom, molekula, ion, elektron va boshqa zarrachalar, yoki zarrachalarning xoslashtirilgan guruhi bo‘lishi mumkin
Bundan kelib chiqadiki, uglerod 12 niong molyar massasi - aniq 12 gramm taqsim mol bo‘lar ekan: M(12C)=12 g/mol
1980-yilda O‘TXQ, Birliklar Konsultativ Qo‘mitasi 1980 (CCU) ning quyidagi axborotini ma'qulladi:
Mazkur tarif, uglerod 12 erkin atomining tinch va standart holati uchun keltirilgan.
Molning ta'rifi shuningdek, har qanday modda uchun bir moldagi struktura birliklarining sonini ifodalovchi universial konstantanig qiymatini ham aniqlaydi.
Bu konstantaning nomi - Avogadro doimiysi, belgisi NA yoki L. Agar tanlangan X namunadagi mollar sonini N(x) bilan belgilasak va aynan shu namunadagi modda miqdorini n(X) bilan ifodalasak, quyidagi nisbat o‘rinli bo‘ladi.
n(x)=N(X)/N(A)
shuni e'tiborga olingki, N(x) - o‘lchamsiz kattalik va n(X) ning SI tizimidagi birligi mol, Avogadro doimiysi SI tizimida mol bilan bog‘liq kogerent birlikka ega.
«Modda miqdori» so‘zidagi «modda» so‘zini, ishlatishda qulay bo‘lishi uchun, ta'kidlanayotgan moddaning maxsus nomlar bilan almashtirib, masalan Vodorod xlorid HCl miqdori, yoki Benzol C6H6 miqdori kabi tarzida qo‘llanilishi mumkin. Nazarda tutilayotgan moddaning empirik kimyoviy formulasi keltirish orqali, struktur elementni alohida ta'kidlab aytish muhim (Mol ta'rifning ikkinchi qismida aytilganidek). Garchi «miqdori» so‘zining asosiy lug‘aviy ma'nosi ancha keng bo‘lsa ham, uni «modda miqdori» so‘zining qisqartirilgan shakli sifatida qo‘llashga ruxsat etiladi.
Bu qoida shuningdek, «modda konsentratsiyaning miqdori» kabi, keltirib chiqarilgan miqdorlar uchun ham tegishli bo‘lib, uni ham, shunchaki «konsentratsiya miqdori» sifatida qo‘llash mumkin. Shunga ko‘ra, klinik kimyo sohasida, «modda konsentratsiyasi miqdori» nomi, «modda konstentratsiyasi»gacha qisqartirib olingan.
Download 221,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish