Atom elektr stansiyasi nimasi bilan afzal va qanday kamchiliklarga ega?


O'zbekistonda quriladigan AES haqida nimalarni bilamiz?



Download 1,05 Mb.
bet16/16
Sana09.09.2021
Hajmi1,05 Mb.
#169017
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
AES

O'zbekistonda quriladigan AES haqida nimalarni bilamiz?


Ekologiyaga zararidan foydasi ko'proq, ishlab chiqarilgan energiyani ekotizimni tiklashga sarflash mumkin.

  •  22:20, 31 октября 2018 года

  • Общество

  •  0

 

 3 980


 

 13


 

 0

Xabaringiz bor tinch maqsadlarda foydalanish uchun mamlakatimizda AES qurilish loyihasiga 19-oktabr kuni O'zbekiston va Rossiya davlatlari rahbarlari start berdi.



Hozirda Jizzax va Navoiy viloyatlarida elektr stansiyani qurish uchun yer maydonlarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xo'sh o'zi AES nima, uning nimasi yaxshi-yu nimasi yomon? Ayni shu savolga javob topish maqsadida poytaxtimizda “Atom energiyasining afzalliklari to'g'risida jamoatchilikni xabardor qilish” mavzuida seminar o'tkazildi.

- AES qurilishi orqali davlatlar kam sarf harajatda, katta foydaga ega bo'lishi mumkin. Misol uchun hozir mamlakatimizda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining qariyb 80 foizi gaz, ko'mir va boshqa yoqilg'i mahsulotlarini yoqish orqali olinadi. Bu bir tomondan ularga bo'lgan talab va shu bilan birga narx oshishiga ham sabab bo'ladi.

- Bundan tashqari, ushbu yoqilg'i mahsulotlari havoga ko'plab zaxarli moddalarni chiqaradi. Masalan, 1000 MVt energiya uchun issiqlik elektr stansiyalari atmosferaga 13 ming tonna zaxarli gaz va 165 ming tonna ko'mir changini chiqaradi. AES esa deyarli havoga zaxarli moddalarni chiqarmaydi.

- Ekologiyaga zararidan foydasi ko'proq. Unda ishlab chiqarilgan energiyani mamlakat ekotizimini tiklashga sarflash mumkin.

- Ko'pchilik AES radioaktiv moddalar sababli xavfli degan tushunchaga boradi. Albatta, atom energiyasining salbiy jihatlari deganda, Fukisima va Chernobil voqealari esga olinadi. Lekin barchasi unchalik murakkab emas. Muhim jihati atom energiyasi ishlab chiqarishda asosan robotlar ishlaydi va inson omilidan texnologiyani boshqarishda foydalaniladi.

Toshkentda o'tkazilgan seminarda Rosatom mutaxassislari ta'kidlaganidek, aslida tinch maqsadlarda, zamonaviy texnologiyalar bilan xavfsizlik tizimi mukammal ishlab chiqilgan AES mamlakatning ham iqtisodiy ham ijtimoiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Statistikaga e'tibor qaratsak, 2017-yilda dunyo bo'yicha 31 ta mamlakatda 451 ta energoblokka ega 191 ta AES ishlamoqda. Fransiya energota'minotining 78 foizi AESlarga to'g'ri keladi. 12 ta davlatda Rosatom tomonidan bunyod etilgan 41 ta energoblok ishlab turibdi va yana 36 tasi qurilish jarayonida.



Rossiya tajribasidan kelib chiqib, O'zbekistondagi ilk AES Rosatom loyihasi bilan qurilmoqda. Korporatsiya energobloklarni qurishda 4 bosqichli xavfsizlik tizimini taklif qilmoqda.

Gap nafaqat tashqi ta'sirlar, ya'ni terroristik harakatlar, tabiiy ofatlar yoki samolyot qulashiga dosh beruvchi 2 metr qalinlikdagi germetik himoya, balki ichki tizim ishdan chiqqan holatda 4 bosqichdagi avtomatik himoyalanish haqida ketmoqda.

Bir so'z bilan aytganda, AES uchun quyosh nuri, shamol yoki tabiiy yer boyliklariga zarurat tug'ilmaydi. Undan keladigan foyda esa bir necha baravarga ko'p.

TINCHLIK MAQSADLARIGA XIZMAT QILUVCHI XAVFSIZ VA ISHONCHLI ENERGIYA


  • 15.11.2019

  • 467

   Atom elektr stansiyasi asosan elektr yoxud issiqlik energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan, yadro reaktori va boshqa zarur tutash qurilmalarni o‘z ichiga olgan yirik majmua hisoblanadi. Boshqa elektr stansiyalaridan farqli o‘laroq AESlarda elektr quvvatini olishda ko‘mir, neft yoki mazut emas, asosan, sayyoramizda kam tarqalgan faol radioaktiv unsur – uran moddasidan foydalaniladi.

   O‘tgan asrning 40-yillari oxirida olimlar atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish bo‘yicha ilk loyihalarni ishlab chiqa boshlagan va dunyodagi ilk AES 1954 yil 27 iyunda Rossiyaning Obninsk shahrida ishga tushirilgan.

   Yillar o‘tishi, rivojlanish, demografik ko‘rsatkichlarning o‘sishi bilan dunyo hamjamiyati energetika sanoatida AESlarning afzal jihatlarini anglab yetayotir. Xalqaro atom energiyasi agentligining 2017 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda o‘ttizdan ziyod mamlakatda 451 energoblokka ega bo‘lgan 191 AES ishlamoqda. Yadro reaktorlari AQSHda 99 ta. Fransiyada 58 yadro reaktori bo‘lib, ular elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning 72,3 foizini qoplaydi. Shuningdek, yadro reaktorlaridan keng foydalanadigan mamlakatlar sirasiga Rossiya (37), Xitoy (36), Janubiy Koreya (25) kiradi. Bundan tashqari, hozirgi kunda jahonda 60 dan ortiq yangi AESlar qurilishi mo‘ljallangan.

   Davlatimiz rahbari joriy yil 10 iyul kuni mamlakatimizda mutlaqo yangi soha bo‘lgan atom energetikasini barpo etish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda bu sohaga alohida e’tibor qaratish zamon talabi ekanini qayd etdi.

   Bugungi kunda yurtimiz aholisi soni 33 millionga chiqdi, lekin o‘tgan chorak asr davomida birorta ham qudratli elektr stansiyasi qurilgani yo‘q. Shuning o‘zi bu soha e’tiborga muhtoj ekanini ko‘rsatadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, kishi boshiga energiya ta’minoti taxminan 30 foiz kamaygan. Iqtisodiyotimizni tubdan rivojlantirish, yangi quvvatlar barpo etishga qat’iy bel bog‘laganimiz energiyaga talabni yanada oshiryapti. Shunday ekan, o‘zimizda mavjud bo‘lgan uran xomashyosiga tayanib, atom elektr stansiyasi qurishga qaror qilingani ayni muddaodir.

   So‘nggi vaqtlarda aholi turmushida shundog‘am elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar kam emasdi. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, yangi loyihalar asosida xalqimiz, yurtdoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

   Hozirgi paytda dunyo miqyosida energiya ta’minotining taxminan 15 foizi AESlar hissasiga to‘g‘ri kelayotgani hamda rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich juda yuqori va yildan yilga oshib borayotgani hisobga olinsa, u ba’zilar aytayotganidek xavfli emas.

   Bugungi kunda mamlakatimizda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 69 milliard kilovatt/soatni tashkil etadi. Bu quvvatning qariyb 85 foizi gaz va ko‘mir yoqish orqali, qolgan 15 foizi GESlarda ishlab chiqariladi. Buning uchun yiliga 16,5 milliard kub metr tabiiy gaz, 86 ming tonna mazut va 2,3 million tonna ko‘mir sarflanadi.

   Iqtisodiy o‘sish, aholi soni va turmush darajasining oshib borishi natijasida elektr energiyasiga talab ham ortaveradi. Bu esa yangi quvvatlar tashkil etish zaruratini tug‘dirmoqda.

   20 grammlik uran 520 kilogrammlik ko‘mirning quvvatini beradi. Agar masalani hal qilishga bugundan kirishmasak, kelajak avlod bizni kechirmaydi. Hozirgacha yurtimizda qazib olinayotgan uranni chetga sotyapmiz. Bu noyob xomashyoni o‘zimizda ishlatsak, juda katta samaradorlikka erishamiz.

   Atom energiyasi ekologik toza, bunday stansiyalar zararli is gazini hosil qilmaydi. Natijada mamlakatimizda tabiiy gazni yoqishdan hosil bo‘ladigan va atrof-muhitga tarqaladigan is gazi hajmi yiliga 3 million tonnagacha kamayadi.

   AESlarning afzalligi juda kam yoqilg‘idan ulkan miqdorda energiya olinishida. Aytilganidek, bu birinchi navbatda atrof-muhit musaffoligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 1000 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun oddiy issiqlik elektr stansiyalari 13 ming tonna zaharli gaz, 165 ming tonna ko‘mir changini havoga chiqaradi. AESlarda bunday zararli unsurlar zaxiradagi dizel generatorlarini ishga tushirish hisobiga juda kam miqdorda ajraladi. Issiqlik elektr stansiyalari shuncha miqdordagi energiya ishlab chiqarish uchun 8 million tonna kislorod sarflaydi. AES uchun esa kislorodning deyarli keragi yo‘q.

   Ammo buni shunchaki qurishning o‘zi yetarli emas. Sohaga malakali kadrlar kerak. Shu bois bugungi kun bilimdon va malakali kadrlarni tayyorlashimizni talab etadi. Yoshlarimiz Moskva muhandislik-fizika institutida tahsil olmoqda. O‘zbekistonda mazkur oliy o‘quv yurtining filialini ochish harakati boshlandi. Uch yil ichida 4 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlashimiz zarur. Umuman, atom elektr stansiyasi qurilishida 9 ming, ishga tushirilgandan keyin 3,5 ming kishi ish bilan ta’minlanadi.

   Har tomonlama uzoqni ko‘zlab rejalashtirilgan ekologik toza va zararsiz ushbu yirik loyiha mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadi. Eng muhimi, aholining turmush sharoiti yaxshilanib, elektr energiyasiga ehtiyoj qoplanadi. Shuning o‘zi katta yutuq bo‘lishi aniq.

 

Sa’dulla Bahromov,



O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati



Манба: uza.uz

 (http://uza.uz/uz/society/tinchlik-maqsadlariga-xizmat-qiluvchi-xavfsiz-va-ishonchli-e-13-07-2018)
Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish