Shamol elektr stansiyasi (SHES) — shamol oqimining kinetik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi kurilma. Shamol dvigateli, elektr toki generatori, generator va dvigatelning ishini boshkaruvchi avtomatik qurilma xamda ular oʻrnatiladigan inshootlardan iborat. Shamol elektr stansiyasis.dan, koʻpincha, shamol oqimining oʻrtacha yillik tezligi yuqori (5 m/sek dan katta) boʻlgan va markazlashtirilgan elektr taʼminot tarmoqlaridan uzoqda joylashgan hududlarda (mas, Oʻrta Osiyoda — dasht, chul va chala chullarda) elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi. Shamol elektr stansiyasie.da 8 kVt dan 1,2 mVt gacha quvvatli elektr energiyasi hosil qilish mumkin.
Shamol energiyasi – muqobil energiya sohasining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri. Rivojlanish darajasi faqat quyosh energiyasidan ustun turadi. Eng samarali ish uchun maxsus ishlab chiqilgan katta turbinli vositalar bizning uylarimiz, ofislarimiz, sanoat binolari va transportimiz uchun o’tish davridagi salqinni energiyaga aylantirish imkonini beradi.
Bunga ishonmaymanmi? Global Shamol energiyasi kengashi (GWEC) shamol energiyasi haqidagi bir nechta hayratlanarli faktlar.
2013 yil boshidan buyon dunyoda 225 ming shamol turbinasi mavjud edi;
6 megavattli dengiz shamol turbinasi 5,5 ming xonadonga toza elektr energiyasi etkazib berishi mumkin;
Shamol tunnellari 2012 yilda Daniyaning energiya ehtiyojlarini taxminan 30 foizini qondirdi. Daniya hukumati bu raqamni 2020 yilgacha 50 foizga etkazishni rejalashtirmoqda va butunlay rejalashtirmoqda! 2050 yilgacha qayta tiklanadigan energiya manbalariga o’tish.
2020 yilga qadar Yevropa Ittifoqi mehnat bozorida shamol energetikasida ish bilan bandlikning kutilayotgan darajasi 520 ming ish o’rni bilan baholanadi. 2030 yilga borib bu ko’rsatkich 795 mingtaga ko’payadi (ishchilarning 62 foizi offshor loyihalarda ishtirok etadi).
Bugungi kunda AQShning shamol energiyasi ishlab chiqaradigan zavodlari 11 milliondan ziyod uylarni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun etarli miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqaradi, shuningdek, ishlab chiqarish, qurish va ta’mirlash sohalarida kamida 75 ming ish o’rni taklif qiladi.
Yuqoridagi holatlar shamol nafaqat toza havo emasligini aniq ko’rsatib beradi; Bu energiya inqilobidir, bizni yashash muhiti bilan ifloslantirmasdan rivojlantirish uchun zarur energiyani ta’minlaydi. Bu kelajak texnologiyasi.
Shamol energetikasi - fan va texnikaning shamol oqimining kinetik energiyasidan mexanik, elektr va issiklik energiyasi olishda foydalanish usullarini, nazariy asoslarini ishlab chiquvchi va xalq xujaligida shamol energiyasidan foydalanish tarmoqlari hamda yullarini belgilovchi sohasi. Inson shamol kuchidan kadimdan foydalanib kelgan. Oldiniga uning kuchidan faqat yelkanli qayiqlarda foydalanilgan, keyinchalik (mil. av. 2—1-asr) Misr va Xitoyda shamol tegirmonlari paydo bulgan (qarang Shamol tegirmoni), keyinchalik shamol dvigatellari va qurilmalari yaratilgan. Shamol energiyasidan Quyosh va suv energiyasi bilan birga foydalanish katta ahamiyatga ega.
Shamol energetikasi, asosan, 2 qismga bulinadi: shamol texnikasi va shamoldan foydalanish. Shamol texnikasi qismi shamol kuchidan foydalanib ishlovchi texnika vositalari (agregatlari, dvigatellari, qurilmalari) ni loyihalashning nazariy asoslari va amaliy usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Shamoldan foydalanish qismida shamol energiyasidan samarali foydalanish, shamol qurilmalaridan unumli foydalanish, ularning texnikiqtisodiy kursatkichlarini yaxshilash masalalari va boshqalarning nazariy va amaliy masalalari urganiladi va amalda tatbiq qilinadi.
Shamol energetikasi uzining nazariy va amaliy masalalarini urganish va ishlab chiqishda boshqa fan sohalariga, ayniqsa, aerologik tadqiqotlar natijalariga asoslanadi. Boshka energiya manbalaridan foydalanish noqulay va umuman bunday manbalar yoʻq joylarda Shamol energetikasi ishlanmalari juda asqotadi. Oʻrta Osiyoda (xususan, Uzbekistonda) dasht, choʻl va chala chullarda Shamol energetikasi texnika vositalari koʻl kelishi mumkin. Oʻzbekiston FA Energetika va avtomatika intida Shamol energetikasi muammolari bilan ham shugʻullaniladi.
Quyosh nurlari har yili yerga bag‘oyat ulkan energiya, ya’ni 621016 kvt soatga teng energiya olib keladi. Bu energiyaning 60 foizi yer atmosferasi, 25,5 foizi okean va dengiz, 14,5 foizi quruqlikni isitishga sarf bo‘ladi. Bundan 2,5 foizi shamolning mexanik energiyasiga, 0,14 foizi daryolar harakatining mexanik energiyasiga, 0,12 foizi turli xil yoqilg‘i o‘tin, torf, toshko‘mir, neft va yonuvchi slanetsning kimyoviy energiyasiga aylanadi. Yerning ko‘ndalang qismi yuzasi 127,6106 km2 ekanligini e’tiborga olsak, yerga tushadigan quyosh nurining energiyasi 176,61012 kVt, demak bir yilda yerga 1,561018 kVt soat 1,61018 kVt soat quyosh energiyasi tushadi.
Quyoshning zarrin nurlari yerimizga yiliga 150000 milliard kVt soat shamol energiyasini, 33000 milliard kVt soat suv energiyasini olib keladi. O‘rmonlarda esa quyosh nurlari tufayli yiliga 220000 milliard kVt soat energiya to‘planadi. Bundan tashqari, quyosh energiyasi tufayli ming-ming yillar mobaynida yer bag‘rida ulkan energiya zahiralari jamg‘arilgan. Chunonchi, sayyoramiz bag‘rida yotgan toshko‘mirda 3580000 milliard kVt soat, torfda 480000 milliard kVt soat, yonuvchi slanetslarda 700000 milliard kVt soat, tabiiy gazda 80000 milliard kVt soat energiya zahirasi mavjud. Hozirgi vaqtda insoniyat yiliga bu ulkan zahiralarni mingdan bir qismidan ham kamrog‘ini ishlatadi. Bugungi kunda quyosh ulkan yadro reaktoriga o‘xshashligi ma’lum, unda yuqori bosim va haroratda yadro reaksiyasi sodir bo‘ladi. Bu reaksiya tufayli vodorod geliy yadrosiga aylanishi jarayonida esa quyosh reaktorining aktiv zonasidagi harorat 10 million darajadan ham ortib ketadi.
Quyoshdagi bu reaksiya sekundiga 560 million tonna geliy ishlab chiqarib, 4 million tonna vodorod energiyasiga aylantiradi. Quyosh energiyasidan foydalanishga olis o‘tmishda ham urinib ko‘rishgan. Qadimgi yunon olimi Arximed quyoshning nurini ko‘zgular sistemasi orqali tushirib, rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani to‘g‘risida tarixda yozib qoldirgan. Quyosh energiyasidan chet mamlakatlarda keng miqyosda foydalanilmoqda. Shimoliy Fransiyaning Odeysda degan joyida fizik-ximik Feleks Tremba boshchiligida quyosh elektrostansiyasi qurilgan bo‘lib, uning quvvati 1100 kVt, hosil qiladigan harorat esa 3800 darajaga yetadi. 1816-yil islandiyalik Robert Stirling gelioqurilmadan foydalanib ishlaydigan quyosh dvigatelini yaratgan edi. 1954-yil Amerikalik Ges Repot va Bryus Kaymayklar quyosh nuridan bevosita foydalanish uchun samolyot qulayligi to‘g‘risidagi fikrni aytdi. Oradan 20 yil o‘tgach bu g‘oyaning to‘g‘riligini London kollejidagi tadqiqotchilar amalda isbotladilar.
1977-yil quyosh energiyasidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini quritishda samarali foydalanish bo‘yicha YUNESKO-Ashxabad (“Quyosh IICHB”) da, 1981-yil “Noan’anaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan xalq xo‘jaligida foydalanish” mavzusida Toshkent (FTI) da, 1988-yil Dushanbe (FTI) da xalqaro konferensiyalar o‘tkazildi. Shuningdek, 2000-2002 va 2003-yillarda Toshkentda, Buxoroda “Innovatsiya” yo‘nalishida “Noan’anaviy energiya manbalaridan xalq xo‘jaligida samarali foydalanish istiqbollari: muammolar va yechimlar” mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi.
Bu konferensiyalarda ham noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish darajasini ko‘tarish, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida yangi zamonaviy quyosh qurilmalari yaratish va joriy etish, chorvachilik, parrandachilik xonalarini isitishda quyosh energiyasidan foydalanish, quyosh vannalari, quyosh suv isitgichlari, gelioissiqxonalar, meva quritish qurilmalarining samarali konstruksiyalarini ishlab chiqish, quyosh stirling dvigatellarini takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.
Quyosh sandoni va konsentratorlarining yangi konstruksiyalari va loyihalari namoyish etildi. Rossiya, AQSh, Fransiya, Angliya, Avstraliya, Argentina, Niderlandiya, Hindiston, Germaniya, Isroil, Kanada, Italiya, Yaponiya va boshqa ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha olimlar olib borgan tadqiqotlar yaxshi natijalar bermoqda. Jumladan, Germaniya, Isroil, va AQSh da quyosh energiyasidan foydalanib, 30-35 foiz uylar qish faslida isitilib, yoz oylari sovitilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
Ислом Абдуғаниевич Каримов ―Барча режа ва дастурларимиз ватанимиз тараққиѐтини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади‖ 2010 йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2011 йилга мўлжалланган энг муҳим устувор юналишларга бағишланган ўзбекистон республикаси вазирлар маҳкамасининг мажлисидаги маъруза2011 йил 21 январ
Ислом Абдуғаниевич Каримов ―Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш консепсияси‖ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза2010 йил 12 ноябр
Ислом Каримов «2011 йил 21 январ Вазирлар Маҳкамасидаги нутқи ». Ўзбекистон овози газетаси.
Морозов А. Т. ―Электротехника, электроника и импулсная техника‖ М.
―Висшая школа‖. 1987 г.
Каримов А. С., Мирхайдаров М. М. ―Электротехника ва электроника асослари‖, Техника олий юрти талабалри учун дарслик. Т. Ўқитувчи. 2002 й.
Садуллае Н. Н. ―Информасионо – аналитечиская система для исслодавание энергоефективности в промищленности‖. Бухара. 2011 г.
―Қисқача политехник луғат‖. Ўзбекистон энсиклопедияси бош таҳририяти. Т. Фан. 1992 й.
Дяков В.И. Типовие расчети по электрооборудованию. М.: Висщая _ школа, 1991
Бойзоқов А., Қаюмов Ш. Ҳисоблаш математикаси асослари. Тошкент, 2000,166 б.
Бушуев В.В. Научные основы и мониторинг энергоэффективности. Энергосбережение. 2003, №4.
Do'stlaringiz bilan baham: |