Atmosfera havosi, uning tarkibi va mohiyati
Atmosfera havosi tabiiy holda 78% azotdan, 21% kisloroddan, 0,9% argondan,
0,003% karbonat angidirid (SO
2
) gazidan va qolgan qismi inert gazlarning mexanik
aralashmalaridan iboratdir.
Atmosfera havosi Er sharini isib ketishidan va sovub ketishidan himoya qiladi,
tirik organizmlar hayotida aloqa vositasi, ya’ni to’liq tarqatish vazifasini bajaradi.
Inson tanasi asosan 4 elementlardan tarkib topgan: S
2
, O
2
, N
2
va N
2
(ularning
umumiy miqdori 98% ni tashkil yetadi). Qolgan 3% ni kaliy, kalsiy, fosfor, oltingugurt
elementlari va 1% ni esa boshqa elementlar tashkil yetadi.
O’simliklarda 45% uglerod, 42% kislorod, 6,5% vodorod, 1,5% azot mavjud
bo’lib, qolgan 5% ni boshqa elementlar tashkil yetadi.
Tirik organizmlarning barchasi atmosfera havosi tarkibidagi kislorod bilan nafas
olib, SO
2
gazini havoga chiqaradi. O’simliklar esa, fotosintez jarayoniga SO
2
gazi qabul
qilib, O
2
gazini havoga chikaradi.
Kislorod barcha yonish, achish va oksidlanish jarayonlarida ishtirok yetadi. Inson
bir sutkada 500 l O
2
gazidan iste’mol qilib, o’pka orqali qariyb 10 ming l havoni
o’tkazadi. Bitta avtomobil bir sutkada 20-30 nafar odamga bir yilga yetadigan kislarodni
41
sarflaydi. Inson nafas olganda qon tarkibidagi gemoglobin O
2
ni biriktirib, qonga
surilgan organik moddalarni oqsil va organik moddalarning vujudga kelishiga ishtirok
yetadi.
Kislorod atmosferada doimo dinamik muvozanatda bo’ladi. Nabotot olamini
faoliyati tufayli atmosferada yiliga 10 tonna kislorod ajratiladi. Agar kislorodning
dinamik muvozanati bo’lmaganda edi, ushbu faol molekulalar atmosferadan 10 ming
yildayoq butunlay yo’q, bo’lib ketardi.
Yer sharini o’rab olgan havo qatlami atmosfera deyiladi. Atmosfera tabiatning
eng muhim elementlaridan biri bo’lib, tirik organizmlarning yashash joyidir. Atmosfera
bo’lmaganda edi, Yer shari kechalari va qish paytida o’z nurlari hisobidan sovib ketib,
kunduzi va yoz paytida Quyosh radiasiyasi ta’sirida qizib ketardi. Mana shu hodisa
Oyda bo’ladi, chunki u erda atmosfera yo’q.
Bundan tashqari, dengiz sathida 0
o
S 1 sm
3
havoning massasi 1293 g ga tengdir.
Yer yuzining har bir sm
2
da 1033 g havo to’g’ri keladi. Havo zarrachalari odam kaftiga
1471 N kuch bilan va uning tanasiga 1471*10
3
N kuch bilan ta’sir yetadi. Ammo biz bu
og’irlik kuchini sezmaysiz, chunki badanimiz havo bilan to’lgan va u tashqi bosim bilan
muvozanatdadir. Agar ushbu muvozanat buzilsa, o’zimizni yomon seza boshlaymiz.
Xuddi mana shu hodisani tog’ga chiqish paytida yoki suvga chuqur suzish paytida
sezish mumkin. Masalan, 20 km balandlikda 1 sm
3
havoning massasi 43 g ga teng
bo’lsa, 40 km balandlikda uning massasi 4 g ga teng bo’ladi.
Tabiatning tarkibiy qismi (komponentlari) va majmualari orasida o’zaro barqaror
bog’liqlik va harakatini aavalgi holdagidek mavjud bo’lishiga yaqinlashtirish – ekologik
muvozanatni qayta tiklash demakdir. Odam ekologiyasi tabiat ekologiyasining ajralmas
qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |