Atmosferaning tarkibi va uning ifloslanish manbalari r e j a


Atmosfera havosi, uning tarkibi va mohiyati



Download 23,87 Kb.
bet3/7
Sana09.12.2022
Hajmi23,87 Kb.
#882577
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
atmosfera havosing ahamiyati

Atmosfera havosi, uning tarkibi va mohiyati 
Atmosfera havosi tabiiy holda 78% azotdan, 21% kisloroddan, 0,9% argondan, 
0,003% karbonat angidirid (SO
2
) gazidan va qolgan qismi inert gazlarning mexanik 
aralashmalaridan iboratdir. 
Atmosfera havosi Er sharini isib ketishidan va sovub ketishidan himoya qiladi, 
tirik organizmlar hayotida aloqa vositasi, ya’ni to’liq tarqatish vazifasini bajaradi. 
Inson tanasi asosan 4 elementlardan tarkib topgan: S
2
, O
2
, N
2
va N
2
(ularning 
umumiy miqdori 98% ni tashkil yetadi). Qolgan 3% ni kaliy, kalsiy, fosfor, oltingugurt 
elementlari va 1% ni esa boshqa elementlar tashkil yetadi. 
O’simliklarda 45% uglerod, 42% kislorod, 6,5% vodorod, 1,5% azot mavjud 
bo’lib, qolgan 5% ni boshqa elementlar tashkil yetadi. 
Tirik organizmlarning barchasi atmosfera havosi tarkibidagi kislorod bilan nafas 
olib, SO
2
gazini havoga chiqaradi. O’simliklar esa, fotosintez jarayoniga SO
2
gazi qabul 
qilib, O
2
gazini havoga chikaradi. 
Kislorod barcha yonish, achish va oksidlanish jarayonlarida ishtirok yetadi. Inson 
bir sutkada 500 l O
2
gazidan iste’mol qilib, o’pka orqali qariyb 10 ming l havoni 
o’tkazadi. Bitta avtomobil bir sutkada 20-30 nafar odamga bir yilga yetadigan kislarodni 

41 


sarflaydi. Inson nafas olganda qon tarkibidagi gemoglobin O
2
ni biriktirib, qonga 
surilgan organik moddalarni oqsil va organik moddalarning vujudga kelishiga ishtirok 
yetadi. 
Kislorod atmosferada doimo dinamik muvozanatda bo’ladi. Nabotot olamini 
faoliyati tufayli atmosferada yiliga 10 tonna kislorod ajratiladi. Agar kislorodning 
dinamik muvozanati bo’lmaganda edi, ushbu faol molekulalar atmosferadan 10 ming 
yildayoq butunlay yo’q, bo’lib ketardi. 
Yer sharini o’rab olgan havo qatlami atmosfera deyiladi. Atmosfera tabiatning 
eng muhim elementlaridan biri bo’lib, tirik organizmlarning yashash joyidir. Atmosfera 
bo’lmaganda edi, Yer shari kechalari va qish paytida o’z nurlari hisobidan sovib ketib, 
kunduzi va yoz paytida Quyosh radiasiyasi ta’sirida qizib ketardi. Mana shu hodisa 
Oyda bo’ladi, chunki u erda atmosfera yo’q. 
Bundan tashqari, dengiz sathida 0
o
S 1 sm
3
havoning massasi 1293 g ga tengdir. 
Yer yuzining har bir sm
2
da 1033 g havo to’g’ri keladi. Havo zarrachalari odam kaftiga 
1471 N kuch bilan va uning tanasiga 1471*10
3
N kuch bilan ta’sir yetadi. Ammo biz bu 
og’irlik kuchini sezmaysiz, chunki badanimiz havo bilan to’lgan va u tashqi bosim bilan 
muvozanatdadir. Agar ushbu muvozanat buzilsa, o’zimizni yomon seza boshlaymiz. 
Xuddi mana shu hodisani tog’ga chiqish paytida yoki suvga chuqur suzish paytida 
sezish mumkin. Masalan, 20 km balandlikda 1 sm
3
havoning massasi 43 g ga teng 
bo’lsa, 40 km balandlikda uning massasi 4 g ga teng bo’ladi. 
Tabiatning tarkibiy qismi (komponentlari) va majmualari orasida o’zaro barqaror 
bog’liqlik va harakatini aavalgi holdagidek mavjud bo’lishiga yaqinlashtirish – ekologik 
muvozanatni qayta tiklash demakdir. Odam ekologiyasi tabiat ekologiyasining ajralmas 
qismidir. 

Download 23,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish