2. Atmosferaning havo tarkibi.
Erning tashqi gaz qobig‘iga atmosfera deyiladi. Atmosfera havosi turli gazlar, changlar, suv bug‘lari va boshqalarning aralashmasidan iborat. Suv bug‘laridan tashqari gazlar aralashmasi doimiy kimyoviy tarkibga ega. eavoni erning tortish kuchi ushlab turadi. Er yuzasiga yaqin qatlamda havoning zichligi eng katta bo‘ladi. Okean yuzasida havoning zichligi 1,275 kg/m3. Yuqoriga ko‘tarilgan sari havoning zichligi 0,785 kg.m3, 10 km darajasi - 0,411, km darajasi - 0,087 kg/m. 300 km balandlikda havoning zichligi er yuzasi yaqinidagiga nisbatan 100 mlrd marta kam, 1-3 ming km balandlikda esa uning zichligi Kosmosdagi moddalarning zichligiga tenglashadi.
Azot troposfera havosida eng ko‘p tarqalgan gaz bo‘lib, u kimyoviy jihatdan kam faoliyatlidir.. u oqsil moddasining tarkibini asosiy qismi bo‘lib, erkin havodan azotni bakteriya va suv o‘tlari o‘zlashtirib oladilar.
Kislorod juda faol gaz bo‘lib geografik qobiqdagi juda ko‘p jarayonlarda bevosita qatnashadi. U organik moddalarni, tog‘ jinslarini, vqukan otilishidan chiqqan gazlarni parchalaydi. Fotosintez jarayonida atmosferaga 20*1016 gr kislorod o‘tadi.
Karbonat angidrid gazi fotosintez jarayonida organik moddani hosil qiluvchi asosiy manba:
Organik moddalar parchalanganda bu gaz yana atmosferaga o‘tadi. Bu gaz qisqa to‘lqinli quyosh nurlarini er yuzasiga o‘tkazib yuborib, er yuzasi tarqatgan uzun to‘lqinli nurlarni yutib qolib issiqxona samarasin hosil qiladi.
Atmosferaning vertikal tuzilishi
Atmosfera yarusli tuzilishga ega. Er yuzasidan yuqoriga ko‘tarilgan sari unda quyidagi qatlamlarni ko‘rish mumkin.
Troposfera (0-12 km) atmosferaning quyi qatlami bo‘lib, unda havoning 80 % to‘plangan. Uning fizik xususiyatlari er yuzasi tuzilishi bilan uzviy bog‘langan. Er yuzasidan u issiqlik oladi. Tirik mavjudotlar, nurash, cho‘kindilarni hosil bo‘lishi, quruqlik va okeanlarda yuz beruvchi jarayonlar troposferaning gaz tarkibini shakllantiradi. Unda yuqoriga ko‘tarilgan sari havo harorati pasayadi. O‘rtacha olganda har 100 metrda 0,6S ga teng. Bunga asosiy sabab yuqorida bosimni pasayishi natijasida havoni kengayishi va er yuzasini sovushidir. Bu qatlamda havo doimo harakatda bo‘ladi.
Tropopauza (12-14 km) oraliq qatlam bo‘lib, haqo harorati deyarli o‘zgarmaydi, nayzali oqimlar kuzatiladi.
Stratosfera (14-30 km) darajasi 20 km gacha haroratni pasayishi kuzatilmaydi, u -60-70S. Undan yuqorida harorat ko‘tariladi. Bunga sabab ozon qatlamini qisqa to‘lqinli nurlarni yutishidir.
Stratopauza (30-35 km) yoki ozon qatlami quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarni yutib qolib er yuzasidagi hayotni saqlab qoluvchi qatlam hisoblanadi.
Mezosfera (35-75 km) darajasi yuqoriga ko‘tarilgan sari harorat yana pasayadi (-90S).
Mezopauz (75-100 km)da kislorod va vodorod molekulalari atomar gazlarga aylanadiyu harorat -1000, -130S ga boradi. Bu qatlamda harorat qishda yozdagiga nisbatan bir necha o‘n gradus yuqori bo‘ladi.
Ionosfera (100-1200 km) elektronlar va musbat ionlarning yuqori to‘plamidan tashkil topgan qatlam. Bu qatlamda havo harorati 1500 km baandlikda 220 S gacha, 600 km balandlikda esa 1500 S gacha ko‘tariladi. Bu harorat zarrachalarning kinetik harakatini tezligi bo‘yicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |