Atmosfera havosi tarkibini inson organizmi uchun ahamiyati. Mavzusi bo’yicha sanoat farmatsiya fakulteti 1-kurs talabalari Xudoyberdiyeva Nilufar, Muxtorova Madinalarning gigiyena fanidan tayyorlagan mustaqil ishi. - Atmosfera havosini gazsimon chiqindilar bilan ifloslovchi korxonalarga kimyo, koksokimyo, metallurgiya hamda polimer, organik erituvchi birikmalar chiqaruvchi zavodlar, elektrostansiyalar, neft chiqaruvchi, uni qayta ishlovchi korxonalar, shahar transporti va isitish uchun ishlatiladigan yoqilg‘ilar va hokazolar kiradi.
- Biz bilamizki bugungi kunda fan-texnikaning jadal rivojlanishi insoniyatning tabiatga ta`siri miqyosi va darajasining keskin ortishiga olib keldi. Tabiiy resurslarning mislsiz o`zlashtirilishi, sanoat ishlab chiqarishining ortishi, transport vositalari sonining ko`payishi atrof- muhitning kuchli ifloslanish muammosini keltirib chiqarmoqda. Endilikda barchamizni birdek tashvishlantirayotgan ekologik muammolarga etibor qaratsak, atrof-muhit ifloslanishi, global isish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish dolzarb masalaga aylanib borayotganining guvohi bo’lamiz.
Atmosfera haqida. - Atmosfera yer sharining havo qobig'i bo'lib, biosferada hayot mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobigi bo'lmaganida yer yuzasida kunduzi harorat +100 C va kechqurun-100 C harorat kuzatilgan bo'lar edi.
- Aholi yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va tasiri REM ko`rsatkichlari bo'yicha belgilanadi. Turli moddalarning tasir darajasiga qarab xilma-xil REM ko’rsatkichlari belgilangan.
Inson organizmiga tasiri. - Tаbiаt kоpоnеntlаri – hаvо, suv, tuprоq, o’simlik, hаyvоnlаr bir-birigа uzviy bоg’liqligidаn, insоnning хo’jаlik fаоliyati nаtijаsidа iflоslаngаn аtmоsfеrа, o’z nаvbаtidа, tаbiаtning bоshqа kоmpоnеntlаrigа hаm tа’sir etаdi. Buning nаtijаsidа suv vа tuprоqning tаbiiy hоlаtidа, kishi оrgаnizmidа, hаyvоn vа o’simliklаr tаnаsidа sаlbiy o’zgаrishlаr vujudgа kеlib, gеоgrаfik qоbiqdа glоbаl o’zаrishlаr sоdir bo’lаdi. Shynday ekan atmosferani ifloslanishining oldini olish maqsadida har bir qarich maydonga ko’chat ekib yashil maydonlarni kengaytirsak hamda ishlab chiqarishni tabiatga ta’sir doirasini ham inobatga olsak o’z oldimizga qo’yilgan maqsadga erishamiz ham tabiatni asrab,qolamiz.
- Er kurrasini qoplab turgan havo qatlami (atmosfera) o‘z og‘irligiga ega, bunday bosim havo tarkibidagi gazlarni odam tanasiga bir tekis tarqatib, a’zolar bo‘shliqlari va to‘qimalaridagi gazlarni muvozanatda saqlashni ta’minlaydi. Lekin ba’zan suv tagida ish bajarilganda yoki suvga to‘yingan er qatlamida ishlaganda organizm atmosfera bosimiga duchor bo‘ladi.
- Toqqa ko‘tarilganda yoki samolyot, vertolyotda atmosferaning yuqori qatlamlariga ko‘tarilganda organizm past atmosfera bosimiga duchor bo‘ladi. Shu sababli atmosfera bosimini bilish muhim gigienik tadbirlardan hisoblanadi. Suv ostida ishlovchilarda, shaxta va er osti ishlarida yuqori atmosfera bosimi ta’sir etishi natijasida kesson kasalligi kelib chiqishi mumkin.Yuqori bosim ostida ishlovchilar organizmida jumladan to‘qimalarida va qon tarkibida erigan azotning miqdori ortib ketadi. Shu sharoitdan normal bosimga tez ko‘tarilganda erigan azot gaz holida o‘pka orqali chiqib ketishiga ulgurmaydi, natijada qon tomirlarda gaz emboliyasi vujudga kelib qon harakatini to‘sib qo‘yadi.
Atmosfera
- Er yuzini o‘rab turgan havo qatlami
- Atmosfera havosining ifloslanishida eng katta manba yoqilg’i yoqishdir. Bunda havoda uchib yuradigan kul, qurum, uglerod (IV)- oksidi va uglerod (П)- oksidi, sulfid angidrid, azot (П)- oksidi, xush hid (aromatik) uglevodorodlar, jumladan, kanserogen va boshqalar kiradi. Shamol tutunni juda olis-olislarga olib ketadi, natijada yirik elektrostansiyalar, metallurgiya korxonalari va bir qancha boshqa sanoat korxonalari atrofida atmosfera havosi 1-5 km va undan ortiq, radiusda ifloslanishi mumkin.
Atmosfera ifloslanishini kamaytiruvchi chora tadbirlar. - Aholi yashaydigan joylarda tuproq changiga qarshi kurashish uchunjoylar obodonlashtiriladi, ko‘chalar va maydonlarga asfalt yotqizilishi hamda bo‘sh maydonlar ko‘kalamzorlashtirilishi kerak. Sanoat korxonalari, elektr stansiyalari, issiqlik elektr markazlarida kul va changni tutib qolish uchun maxsus tozalash inshootlari o‘rnatiladi.
- Siklonlarda havo oqimi aylanib yurganligi tufayli chang zarralari devorga urilib, tezligini yo'qotadi, pastga tushadi va inshootning pastki qismida yig’ila boshlaydi. Mayda muallaq zarralar mato, qog‘oz va elektr suzgichlar bilan tutib qolinadi. Sanoat chiqindilarini zararli gazlardan tozalash uchun har xil usullar qo’llaniladi. Baland quvurlar esa iflosliklaming tarqalib ketishiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |