Atmosfera havosi ifloslanishining ekologik oqibatlari


Insonlarning hayvonot dunyosiga tasiri va ularning qirilib ketish sabablari



Download 105,08 Kb.
bet6/21
Sana24.06.2022
Hajmi105,08 Kb.
#698317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
O\'rmonning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati.

Insonlarning hayvonot dunyosiga tasiri va ularning qirilib ketish sabablari
Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismidir va ular tabiatda moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o‟ynaydi. Hayvonot olami umuman insoniyatning yashashi, hayoti faoliyatida juda muhimdir. Ma‟lumki, uy hayvonlari hisoblanadigan qoramol, qo‟y, echki, to‟ng‟iz, ot, eshak, tuya, qolaversa it, mushuk kabi jonzotlar bizning hayotimizda tayin bir maqsad uchun boqiladi. Ayrim hayvon turlari biz uchun oqsil, moy, sut manbai, boshqasi xo‟jalik uchun asqotadigan ishlarni bajaradi, transport sifatida, uylarni qo‟riqlashda, zararkunandalar bilan kurashishda beminnat dastyor hisoblanadi. Tabiat qo‟ynida yovoyyi holda yashaydigan hayvonlarning ham o‟ziga xos foydali xususiyatlari mavjud, jumladan, ulardan mo‟yna, dorivor vositalar, oziqovqat mahsulotlari, jun olinadi. O‟zbekistondagi asosiy xo‟jalik ahamiyatiga ega bo‟lgan hayvonlar: suvda suzuvchilar, sayg‟oqlar, ondatralar, toshbaqalar, zaharli ilonlar, kakliklar, tog‟ echkilari va umurtqasizlar hisoblanadi. Hayvonlar tabiatda tabiiy vositalarning muvozanatini saqlab turishda xizmat qiladi. Umuman hayvonlarning turi ko‟p bo‟lib, ularning bir yarim milliondan ziyod turi bor. O‟simliklarning quyoshdan olayotgan energiyasini 100% deb olsak, shuning 50%ini o‟simliklar nafas olish jarayonida qolgan energiyani o‟zlashtirib, organik modda o‟txo‟r va etxo‟r hayvonlarga o‟tadi. Tuproq tarkibini yaxshilashda va uning hosildorligini oshirishda hayvonlarning, xususan, yomg‟ir chuvalchangini, chumolini, termitlarni, umurtqali er qazuvchilarni va boshqalarning ahamiyati juda katta. Bu hayvonlar tuproqni yumshatadi, aralashtiradi, najas va o‟simlik qoldiqlari bilan o‟g‟itlaydi. O‟simliklarni changlanishida, urug‟ va mevalarini tarqatishda ham hayvonlarning ishtiroki bor. Ayrim yirtqich qushlar esa zarakunandalarni (kemiruvchilarni) qirib, o‟simliklar hosildorligini oshiradi yoki ba‟zi hasharotlar o‟simliklarni zarakunanda hasharotlardan va kasalliklardan saqlaydi. Masalan, bitta 1 Peter Rillero, Dinah ZikeEcology, 2005 (132, 143-bet) boyqush bir yilda 1000ta sichqonni yo‟q qilib, 0,5t donni saqlab qolsa, chumolilar o‟rmonlarni kasalliklardan saqlaydi. Bir hujayrali dengiz hayvonlarning qoldiqlaridan cho‟kindi jinslar (bo‟r, ohaktosh) vujudga kelsa, poliplarning faoliyati tufayli okeanlarning sayoz va iliq suvli qismida marjon orollari vujudga keladi. Qadimda ham, texnika taraqqiyoti rivojlangan hozirgi vaqtda ham odamlar hayvonlarni chiroyli terisi, mazali go‟shti, qimmatbaho suyagi uchun qiziqishgan bo‟lsa o‟ta johil kishilar ov qilishni ermak bilib, hayvonot olamini yo‟q qilishgan. Manbalardan ma‟lumki 1872 va 1874 yillar mobaynida AQShdagi Kanzas temir yo‟li qurilishi vaqtida “ishtiyoqmand” ovchilar har yili 2,5 mln. bizonni otib tashlaganlar, ularni bu beozor jonivorning na mazali go‟shti va na terisi qiziqtirmagandir. Oqibatda bizonlar shu qadar kamayib ketganki, hozir ularning ozginasi maxsus qo‟riqxonalarda saqlanib qolgan. Shuni aytish kerakki O‟zbekiston hududida hayvonot olami qanchalik muhofaza qilinmasin va ularningko‟payishiga sharoit yaratib berilgan bo‟lmasin goho ularni pinhoniy ov qiluvchi shaxslar uchrab turadi. O‟zbekiston hayvonat olamining turi ko‟p va ular rang-barang. Hududimizda 650 dan ortiq umurtqali hayvon namunalari mavjud bo‟lib, shulardan 83 baliq turi, 3 ta amfibiy, 58 tur sudralib yuruvchilar, 424 turdan ziyod qushlar va 97 tur sut emizuvchilar yashaydi. Hayvonot dunyosini muhofza qilish borasida so‟z borar ekan, suv jonivorlarining kamayib ketayotganligiga alohida e‟tibor berish lozim bo‟ladi. Chunki, ulardan ayniqsa baliq turlarining kamayib ketishi tashvishlanarli xoldir. Bunga sabab esa suv havzalarining ifloslanishi ifloslanishi, suvdagi suv salmog‟ining ayrim joylarda ortib borishi ma‟lum turdagi baliqlar uchun katta zarar bo‟lishi mumkin. Bundan tashqari brakonьer ovchilar ham baliqlarning kamayib ketishiga sabab bo‟lmoqda. O‟lkamizda baliq ovlash xo‟jaliklari maydoni 38 mln.ga dan iborat. O‟lka hududidan turon yo‟lbarsi, shuningdek, qizil bo‟ri butunlay yo‟qolib ketgan bo‟lib, qoplon, Old Osiyo qoploni, yo‟l-yo‟l sirtlon, tuvaloq kabi jonzotlarning yo‟qolib ketish xavfi bor. Ma‟lumotlarga qaraganda, O‟zbekiston hududida Mirzacho‟l, Qarshi cho‟li, Surxon – Sherobod cho‟li, Farg‟ona vodiysining markaziy qismlari o‟zlashtirilgan. Bu esa sahro-cho‟l muhitida yashaydigan bir qator jonivorlarning, jumladan, jayron, go‟zal tuvaloq kabi noyob zotlarning kamayib ketishiga sabab bo‟lmoqda. Bir qator go‟zal jonivorlar, jumladan tog‟ qo‟yi, eron vidrasi, O‟rta Osiyo kapchailoni kabilar johil ovchilar tomonidan butunlay kamaytirib yuborildi. Hayvonlarning noyob va yo‟qolib borayotgan turlarini muhofaza qilishda ularning yashash sharoitini yaxshilash va ko‟payishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish kerak. Buning uchun birinchidan, yo‟qolib ketayotgan va noyob hayvon turlarini qat‟iy nazorat ostiga olib, ov qilishga mutlaqo yo‟l qo‟ymaslik va ikkinchidan, o‟sha hayvonlar yashaydigan hududlarni tabiiy holicha saqlab, qo‟riqxonalarga, buyurtmaxonalarga aylantirish zarur. O‟zbekistonda chop etilgan yangi «Qizil kitob»da 24 tur sut emizuvchilar, 51 tur qushlar, 16 tur sudralib yuruvchilar, 18 tur baliqlar kiritilgan. Umurtqasiz hayvonlardan turli sistematik guruhlarga kiruvchi 80 turi kiritilgan (1-2-jadval).Yer sharida hayvonlarning turini, miqdorini va arealini o'zgarishi tabiiy holda va insonning xo'jalik faoliyati ta'sirida ro'y beradi.Tabiiy geografik omillar (vulkanlarning otilishi, suv va muz bosishi, bo'ron,jala, sel bo'lishi, territoriyaning qattiq sovib yoki isib ketishi, kuchli yog'in va qo'g'oqchilikning bo'lishi va b.q.) ta'sirida hayvonlarning o'lishi va areallari qisqarishi mumkin. Lekin tabiiy omillar ta'sirida hayvonlarning turini, miqdorini va arealni o'zgarishi juda sekin bo'ladi.Insonning hayvonlarga ko'rsatayotgan ta'sir doirasi jamiyat taraqqiy etgan sari kengayib bordi. Ayniqsa, feodalizm davrida va kapitalizm jamiyatida hayvonlarga yirtqichlarcha ta'sir etilgan. Natijada hozirgi kunga kelib, insonning ta'sirida dknyo bo'yicha hayvonlarning 600 ga yaqin turi, jumladan sut emizuvchilarning 120 turi, qushlarning 150 turi yo'q qilindi.Inson xo'jalik faoliyaida o'zi uchun zarur bo'lgan go'sht, jun, mo'yna, teri, yog' va boshqalarni ko'plab tayyorlash orqali hayvonlarga bevosita ta'sir etib, ularning turini, sonini va arealini o'zgarishiga, ba'zi hayvon turlarini butunlay yo'qolib ketishiga sabab bo'lgan. Ayniqsa feodalizm va kapitalizm jamiyatida kishilar hayvonlardan go'sht, jun, teri va boshqa narsalar tayyorlashdan tashqari, ulardan hordiq chiqarish, ko'ngil ochish, musobaqalashish maqsadida ko'plab vahshiylarcha qirib yuborganlar. Shu sabali tarixiy davrlar mobaynida sut emizuvchilarning 120 turi yo'q qilingan bo'lsa, shuning 33 turi XVII asrgacha bo'lgan davrda, 40 turi XVII-XIX asrlar mobaynida, 47 turi XX asrda yo'q qilingan.Qadimgi Rimda imperator Titning ko'nglini ochishi, hordiq chiqarishi va musobaqaga o'tkazish uchun har kuni 8000 ga yaqin hayvon o'ldirilgan. Bunday hodisalar G'arbiy Yevropadagi va Rossiyadagi podsho xonadonlarida ham bo'lib, juda ko'p qimmatli hayvonlar hayvonlar yo'q qilib yuborilgan.Insonlar o'zining hayvonlarga bevosita ta'sirida ularning geografik joylashinini va arealini o'zgarishiga ham sababchi bo'ladi. Chunki kishilar foydali hayvonlar miqdorini ko'paytirishi yoki ov qili orqali hamda zararkunadalariga qarshi kurashib, hayvonlar miqdorini kamaytiradi. Ba'zan foydali hayvonlarni hamda zarakunada hasharotlarga qarshi kurashuvchi hayvon turlarini boshqa joylarga olib borib tarqatadi, ya'ni introduksiyalaydi. Natijada ba'zi materik va mamlakatlarda hayvonlarning yangi turlarini odamlar olib borib, o'sha joylarga tarqatadi, oqibatda ularning ba'zilari o'sha sharoitga moslashib, ko'payib ketsa, ba'zi turlari qirilib ketadi. Bu insonning hayvonlarga ko'rsatayotgan ham salbiy, ham ijobiy ta'siridir.Hayvonlar sonining kamayib, kasallanishiga yana pestisidlarning ishlatilishi ham ta'sir etadi. Chunki zaharli ximikatlar ozuqa zanjiri orqali bir organizmdan ikkinchi organizmga o'tadi. AQShda o'rmonlarga zarar keltiruvchi hasharotlarga qarshi qarshi DDT preparati ishlatilgan. Ishlatilgan DDTni bir qismi erga tushib yomg'ir chuvalchangiga, chuvalchangdan esa sayyor qorayaloqlarga (ular chuvalchangni eydi) o'tib, zharlanib, oradan 21 kun o'tgach, o'sha qushlarning 88%i nobud bo'lgan.Insonlarning bevosita va bilvosita ta'sirida suv havzasida yashovchi hayvonlar dunyosida ham salbiy o'zgarishlar yuz bergan. Ayniqsa, hozir kitlarning soni kamaygan. Bunga asosiy sabab ularni yog'i va go'shti uchun ko'plab tutishdir. Ma'lumotlarga ko'ra 1920 yili dunyo bo'yicha 11369 ta kit ovlangan bo'lsa, 1965 yilga kelib 64680 ta kit ushlangan. Natijada, biskay, yapon, qutbiy, silliq, kulrang va grelandiya kitlari deyarli yo'q qilingan, ko'k kit va finvalarning soni juda kamayib ketdi. Shu tufayli hozir halqaro kelishuvga ko'ra kit ovlash tartibga solingan.


Download 105,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish