Uchinchi darajali aralash masalalar.
1. Jami massasi 66000 D bo`lgan oqsil translatsiya jarayonida i-RNK fragmentining 12 % ishtirok etishidan hosil bo`lgan shu RNK transkripsiyalangan umumiy nukleotidlarning 20 % ni Guanin tashkil etsa, barcha vodorod bog`lar sonini toping.
A) 18500 ta
B) 13750 ta
C) 16500 ta
D) 17875 ta
2. DNK molekulasidagi guanin va sitozin nukleotidlari orasida uchta vodorod bog`i, adenin va timin nukleotidlari orasida ikkita vodorod bog`i mavjud. Ma`lum bir DNK molekulasida 1170 ta vodorod bog`lari bo`lsa hamda ushbu fragmentda umumiy nukleotidlarning 30 % ni guanin tashkil etsa, undagi guanin va adenin nukleotidlarining sonini aniqlang.
A) 540ta; 360ta
B) 270ta; 180ta
C) 351ta; 234ta
D) 135ta; 90ta
3. Hujayradagi i-RNK molekulasida 80 ta uratsil nukleotidi mavjud. Shu i-RNK zanjiridan teskari transkripsiya jarayonida sintezlangan DNK molekulasining bitta zanjirida sitozin nukleotidlari soni i-RNK dagi uratsil nukleotidlari sonidan 3 marta ko`p, guanin nukleotidlari soni 2 marta kam. DNK ning shu bitta zanjiridagi timin nukleotidlari miqdori guanin va sitozin nukleotidlari yig`indisining yarmiga teng bo`lsa, DNK qo`sh zanjiridagi T nukleotidining sonini toping.
A) 140 ta
B) 500 ta
C) 80 ta
D) 220 ta
4. DNK zanjirida adenin va timin o`rtasida ikkita, guanin va sitozin orasida uchta vodorod bog`i mavjudligini e`tiborga olsak, ushbu fragmentda 1400 juft nukleotidlar mavjud. Unda guanin va sitozin juftligi adenin va timin juftligidan 2.5 barobar ko`p bo`lsa, ushbu zanjirdagi vodorod bog`lar sonini aniqlang.
A) 3400 ta
B) 3200 ta
C) 3800 ta
D) 2000 ta
5. DNK molekulasida adenin va timin orasida ikkita, guanin va sitozin orasida uchta vodorod bog` bor, qo`shni nukleotidlar orasi 0,34 nmga teng. Ma`lum bir DNK bo`lagida 1050 ta vodorod bog` bo`lib, shundan 60 % guanin va sitozin orasida bo`lsa, shu DNK bo`lagidagi nukleotidlar sonini toping.
A) A=210, T=210, G=280, S=280,
B) A=210, T=210, S=210, U=0,
C) A=420, T=420, G=630, S=630,
D) G=420, S=420, A=210, T=210,
6. Qaysi javobda odam organizmidagi gemoglobin oqsilining α zanjiridagi peptid bog`lar soni va β zanjiri sintezida qatnashuvchi i-RNK dagi nukleotidlar soni to`g`ri ko`rsatilgan?
A) 47ta; 48ta
B) 423ta; 435ta
C) 140ta; 435ta
D) 846ta; 870ta
7. Dissimilatsiya jarayonida glyukoza to`liqsiz va to`liq parchalanishi natijasida 10 molekula sut kislota va 30 molekula CO2 hosil bo`ldi. Ushbu jarayonlarda ajralib chiqqan energiya miqdorini (kJ) aniqlang.
A) 7000 kj
B) 200 kj
C) 15000 kj
D) 8000 kj
8. Nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar o`zaro fosfodiefir bog`lari orqali bog`lanadi. DNK molekulasida 598 ta fosfodiefir bog` bo`lsa hamda adenin umumiy nukleotidlar sonining 20 % ni tashkil qilsa, guanin va timin sonini toping.
A) 180ta; 120ta
B) 240ta; 360ta
C) 120ta; 360ta
D) 360ta; 120ta
9. Agar oqsil 20 xildagi 300 ta aminokislotadan iborat bo`lsa, shu oqsilni sintez qilishga necha xildan i-RNK (a), t-RNK (b) va r-RNK (c) qatnashadi?
A) a – 2, b – 1, c – 1;
B) a – 20, b – 20, c – 20;
C) a – 1, b – 300, c – 10;
D) a – 1, b – 20, c – 1;
10. Hujayradagi i-RNK molekulasida 80 ta uratsil nukleotidi mavjud. Shu i-RNK zanjiridan teskari transkripsiya jarayonida sintezlangan DNK molekulasining bitta zanjirida sitozin nukleotidlari soni i-RNKdagi uratsil nukleotidlari sonidan 3 marta ko’p, guanin nukleotidlari soni 2 marta kam. DNKning shu bitta zanjirdagi timin nukleotidlari miqdori guanin va sitozin nukleotidlari, yig’ondisining yarmiga teng bo’lsa, DNK qo’sh zanjiridagi T nukleotidlarining sonini toping.
A) 140 ta
B) 500 ta
C) 280 ta
D) 220 ta
11. DNK molekulasida adenin va timin orasida ikkita, guanin va sitozin orasida esa uchta vodorod bog` mavjud. Qo`shni nukleotidlar orasi 0,34 nm ga teng. Ma`lum DNK bo`lagida 1050 ta vodorod bog` bo`lib, shundan 40 % adenin va timin orasida bo`lsa, shu DNK bo`lagining bitta zanjiri asosida sintezlangan oqsildagi aminokislotalar sonini aniqlang.
A) 350ta
B) 1260 ta
C) 163ta
D) 140 ta
12. DNK molekulasida adenin va timin orasida ikkita, guanin va sitozin orasida esa uchta vodorod bog` mavjud. Qo`shni nukleotidlar orasi 0,34 nm ga teng. Ma`lum DNK bo`lagida 1050 ta vodorod bog` bo`lib, shundan 40 % adenin va timin orasida bo`lsa, shu DNK bo`lagidagi nukleotidlar sonini toping.
A) A=210, T=210, G=280, S=280,
B) A=210, T=210, S=210, U=0,
C) A=140, T=140, G=315, S=315,
D) G=420, S=420, A=210, T=210,
13. C, H, O atomlari orasidagi bog'larda to'plangan potensial energiya miqdori 14000 kj ga teng. Parchalanishining glikoliz bosqichida hosil bo'lgan sut kislotasi (a) va sarflangan ADF (b) miqdori qancha ?
A) a-5 mol, b-5 molekula;
B) a-10 mol; b-10 mol;
C) a-2 mol; b-10 mol,
D) a-10 mol; b-2 molekula
14. Ma’lum bir DNK fragmentida 2254 ta H2 bog’ bor. Shu DNK ning bitta zanjiridagi A lar soni ikkinchi zanjirdagi G lar sonidan 3 marta kam, S lar sonidan 2 marta ko’p. DNK dan sintezlangan i-RNK tarkibida 140 ta U bo’lsa, i-RNK dagi hayotning barcha shakllarida uchraydigan purin va pirimidinlarning nisbatini toping.
A) 1:3,16
B) 3,2:1
C) 9,5:1
D) 1:2
15. Xemotripsinogen fermenti 245 ta aminokislotadan iborat. Shu ferment sintezi uchun javobgar DNK qo‘sh zanjirida adeninli nukleotidlar umumiy nukleotidlarning 20% ini tashkil etadi. Adenin va timin nukleotidlar orasida 2 ta; vodorod bog’, guanin va sitozin o’rtasida 3 ta vodorod bog’ bo’lishi ma’lum bo’lsa, ushbu DNK bo'lagidagi guanin va sitozin orasidagi vodorod bog'lar sonini toping.
A) 588 ta
B) 1323 ta
C) 441ta
D) 294 ta
16. DNK molekulasida adenin va timin orasida ikkita, guanin va sitozin orasida uchta vodorod bog’ bor, qo’shni nukleotidlar orasi 0,34 nm ga teng. Ma’lum DNK bo'lagida 1050 ta vodorod bog! bo'lib, shundan 60% guanin va sitozin orasida bo‘lsa, shu DNK bo'lagidagi nukleotidlarning janii sonini toping.
A) 420 ta
B) 820 ta
C) 840 ta
D) 410 ta
17. Ma`lum bir oqsilning sintezida ishtirok etadigan kodonlar tarkibidagi nukleotidlarning 160 tasi G (shu G DNK fragmentidagi umumiy G larning 32,9 % ni tashkil etadi va barcha G purin asoslarini 67.5% tashkil etadi) u xolda shu DNK tarkibidagi T ni aniqlang.
A) 160 ta
B) 486 ta
C) 234 ta
D) 456 ta
18. Ma`lum bir DNK da joylashgan genning 40 %i intron (axborotsiz) qism bo`lib translyatsiya jarayonida qatnashmaydi. Shu genning translatsiya jarayonida qatnashgan nukleotidlardan 11760 D og`irlikdagi oqsil sintezlangan. Shu DNK uzunligini aniqlang( nm).
A) 333.2 nm
B) 42.84 nm
C) 142.8 nm
D) 166.6 nm
19. Hujavradagi i-RNK molekulasida 80 ta urastil mikieotidi mavjud. Shu i - RNK. zanjiridan teskari transkripsiya jarayonida sintezlangan DNK molekulasining bitta zanjirida sitozin nukleotidiari soni i-RNKdagi uratsil nukleotidlari sonidan 3 marta ko'p, guanin nukleotidiari soni 2 marta kam DNK ning shu bitta zanjiridagi timin nukleotidlari miqdori guanin va sitozin nukleotidlari yig'indisining yarimiga teng bo'lsa, DNK qo'sh zanjirida T nukleotidlari qancha H bog’ tutadi.
A) 840 ta
B) 440 ta
C) 1280 ta
D)280ta
20. DNK tarkibida 1650 ta vodorod bog` bo`lib, A va T o`rtasidagi vodorod bog`lar G va S o`rtasidagi vodorod bog`ga nisbati 1,5 : 1. Shu DNK tarkibidagi jami nukleotidlar sonini toping.
A) 1300 ta
B) 1430 ta
C) 2120 ta
D) 1140 taD
Do'stlaringiz bilan baham: |