expansion
|
экспансия
|
ekspansiya
|
(lotincha “expancio” – kengayish, tarqalish) – mustamlakachi davlatlarning o’zga xalqlar hududi, ularning boyliklari va bozorlarini egallash uchun bosqinchilik harakatlari. Masalan: tarixda Buyuk Britaniya Hindistonni, Rossiya imperiyasi esa O’rta Osiyo va Kavkaz hududlarini o’z ta’sir doirasiga tushirish uchun xuddi shunday (ekspansiv) harakatni amalga oshirganlar.
|
eshan
|
ишан
|
eshon
|
– ulug’ avlodlarning va so’fiylik oqimidagi diniy rahnamolarning faxriy unvoni. Eshonlar musulmonlar jamoasining boshlig’i, murabbiysi shuningdek, darveshlarning ham diniy murabbiysi hisoblangan. O’rta asrlarda so’fiylik oqimi rahnamolariga murojaat qilishda ularning ismlari o’rniga “eshon”, ba’zan “pir” so’zlari ishlatilgan.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |