Atamalar izohi Direktiva – yuqori tashkilotning unga bo‘ysunuvchi tashkilotlarga beradigan ko‘rsatmasi, bajarilishi lozim bo‘lgan hujjat.
Militarizm – jamiyatda harbiylar qatlami va harbiy ruhning ustuvorligiga, harbiy kuchga tayanuvchi siyosiy tizim. Bu tizimda davlat xarajatlarining katta qismi harbiy maqsadlarga yo‘naltiriladi. Texnopolis – texnologik yangiliklarni samarali qo‘llash maqsadida tashkil qilingan erkin iqtisodiy hudud. Faoliyatining asosini ilmiy tadqiqotlar tashkil qiladi.
Investitsiya – iqtisodiyotning biron-bir sohasiga uzoq muddatli kapital kiritish.
Dizayn – loyihalash, chizish, o‘ylab topish. Dizayn – bu loyihalash tafakkuri va ijodning uyg‘unligiga asoslangan faoliyat turi.
Nou-xau – biron turdagi ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan texnik, tijorat va boshqa bilimlar majmuyi. Bu atama hujjatlar almashinuvi, ishchilarni o‘qitish, mutaxassislar ishtiroki ko‘zda tutilgan xalqaro kelishuv va shartnomalarda qo‘llaniladi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Urushdan keyingi Yaponiyaning ahvoliga umumiy ta’rif bering.
2. Yaponiyada demokratik jarayonlarni boshlagan amerikaliklar o‘z oldilariga qanday maqsadlarni qo‘ygan edi?
3. Yaponiya iqtisodini isloh qilishda D. Makkartur boshchiligidagi Amerika ma’murlari qanday rol o‘ynadi?
4. Yaponiya «iqtisodiy mo‘jizasi»ning asosiy omillari nimalardan iborat edi?
5. 1970-yillarda Yaponiya iqtisodi duch kelgan muammolar nimalardan iborat edi?
6. Yaponiyada postindustrial iqtisodiy moliyaning shakllanishiga qand ay omillar turtki bo‘ldi?
7. Osiyoning «Yangi industrial davlatlari» atamasi qachon paydo bo‘lgan?
8. Osiyoning «Yangi industrial davlatlari»ni qanday umumiy jihatlar birlashtirib turadi?
Mustaqil ish Koreya Respublikasi xaritasi bilan tanishing va ma’muriy-hududiy birliklarning nomlarini daftaringizga qayd eting hamda ularni yod olishga harakat qiling.
Internet vositasida Yapon orollariga virtual sayohat uyusht iring va mavzuda o‘rganilgan materiallar asosida tarixiy voqeliklarni tahlil qiling.
Yapon yozuvchisi Yasusi Inouening «G‘arb o‘lkasi haqidagi xotiralar» kitobining «G‘arb o‘lkasi haqidagi birinchi xotiralar» qismini o‘qing hamda O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi shaharlari haqidagi ma’lumotlarni qisqacha konspekt qiling.