6. Tashqi siyosat. Xalqaro munosabatlarda Fransiya Sh. de Goll tomonidan belgilab berilgan tashqi siyosiy kursni davom ettirdi. Frans iya Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Xelsinki kengashini o‘tkazishda katta rol o‘ynadi. YIH (Yevropa iqtisodiy hamjamiyati) doirasida G‘arbiy Yevropa mamlakatlari bilan faol hamkorlik qildi. Atlantika yo‘nalishidagi an’analar kuchaydi. AQSH bilan aloqalar ancha faollashdi.
Atamalar izohi: Neokonservatizm – AQSHning harbiy va iqtisodiy qudratidan dushman rejimlarga qarshi va ularda demokratik tizimni o‘rnatish uchun foydalanish tarafdor lari bo‘lgan bir qism konservativ siyosatchilar mafkurasi.
Eksport –mahsulot, xizmat yoki kapitalni o‘z mamlakatidan tashqariga chiqarish.
Referendum – umumxalq so‘rovi, davlat ahamiyatidagi muhim masalani hal qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan umumxalq ovoz berishi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Ikkinchi jahon urushi Buyuk Britaniya uchun qanday natijalar bilan tugadi?
2. 1970-yillarda Buyuk Britaniya iqtisodiyotidagi pasayish nimalarda namoyon bo‘ldi?
3. Buyuk Britaniyada hukumatni konservatorlar boshqargan yillarda qanday ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi?
4. Fransiyaning urushdan keyingi ahvoli va rivojlanish yo‘nalishlari to‘g‘risida gapirib bering.
5. Fransiyada To‘rtinchi respublikaning tarqalib ketishiga qanday holatlar sabab bo‘ldi?
6. Fransiyada Beshinchi respublikaning paydo bo‘lishi va mamlakat iqtisodiy hamda siyosiy holatining barqarorlashuvida Sh. de Gollning yetakchilik roli qanday ahamiyatga ega bo‘ldi?
7. XX asrning 80 – 90-yillarida Fransiya tashqi siyosati haqida nimal arni bilasiz?
22-MAVZU. 1946 – 1991-YILLARDA GERMANIYA VA ITALIYA 1. Germaniya Federativ Respublikasi. Ikkinchi jahon urushi nemis xalqiga juda katta musibat keltirdi. Germaniya mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘lmay qoldi.
Germaniya urushdan oldingi hududining bir qismidan ayrildi, okkupatsiya zonalariga bo‘lib tashlandi.
1949-yil maydaAQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya okkupatsiya zonalarida Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) tashkil qilindi. U G‘arbiy German iyani demok ratik, federativ davl at deb e’lon qildi. Germaniyaning ko‘zga ko‘ringan siyosiy arbobi Konrad Ade nauer kansler qilib saylandi. U Germaniya Federativ Respub likasi tuzil ganligini e’lon qildi.