Atamalar izohi: Industrial sivilizatsiya



Download 1,47 Mb.
bet24/87
Sana26.02.2022
Hajmi1,47 Mb.
#471477
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87
Bog'liq
10-sinf Jahon tarixi Vord darslik

Industrlashtirish. 1920-yillar oxiri – 1930-yillar boshida amalga oshirilgan eng muh im tadbir mamlakatni industrlashtirish bo‘ldi. 1928 – 1932-yillarga mo‘lj allangan birinchi besh yillik sovet rejali iqtisodiyoti davrini boshlab berdi. Besh yillikning asos iy vazifasi SSSRni agrar mamlakatdan sanoati rivojlangan va kuchli harbiy davlatga aylantirish edi. Juda katta kuch va mablag‘ og‘ir sanoatni rivojlantirishga sarflandi. Shu yillari 1500 ta yirik sanoat korxonalari qurildi. Birinchi besh yillikda sovet og‘ir sanoatining asoslari yaratildi.
Kollektivlashtirish. 1928 – 1933-yillari SSSRda kollektiv lashtirish deb nom olgan siyosat amalga oshirildi. Buning natijasida qishloqdagi o‘ziga to‘q dehqonlar, yer egalarining barchasi mulkidan mahrum qilindi, ko‘pchiligi quloq sifatida qamaldi, surgun qilindi, qatl etildi. Kollektivlashtirish oqibatida 15 mln. ga yaqin dehqon o‘z yerlaridan surgun qilinib, bir necha millioni halok bo‘ldi. Kollektivlashtirishning dahshatli oqibati shu bo‘ldiki, SSSR tarixining oxirigacha mamlakat o‘zini o‘zi oziq-ovqat bilan ta’minlay olmadi. 1933-yilgi dahshatli ocharchilikda Ukraina, Kuban, Volgabo‘yi, Qozog‘istonda 7 mln. dan ortiq kishi ochlikdan vafot etdi.
1933–1937-yillarni qamrab olgan ikkinchi besh yillikda sanoat gurkirab o‘sib, SSSR uning ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.
1938-yili boshlangan uchinchi besh yillikda, asosan, harbiy sanoat korxonalarini qurish rejalashtirildi.
Madaniy inqilob. Savodsizlikni tugatish, yangi tipdagi sovet maktablari tizimini yaratish, xalq ziyolilari kadrlarini tayyorlash, bolsheviklar nazorati ostida va markscha-lenincha mafkura asosida fan, adabiyot va san’atni rivojlantirish, xalq ning turmush madaniyatini oshirish tarixda «madaniy inqilob» nomini oldi. Madaniy inqilobni amalga oshirish jarayonida ko‘plab milliy ziyolilar qatag‘on qilindi, milliy madaniyatlar zarar ko‘rdi, dinga qarshi kurash avj oldi. Ayni paytda, o‘zining barcha ziddiyatlariga qaramasdan, madaniy inqilob bir qancha jid diy muam molarni hal qildi.
Aholining turmush madaniyatini oshirish sari muhim qadam tashlandi. Savodsizlikka qarshi kurashda katta muvaffaqiyatlarga eri shildi. Ta’lim tizimi to‘liq isloh qilin ib, 1930-yili majburiy boshlang‘ich ta’lim joriy qilindi.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish