3. Global inqiroz yo‘lida: SSSR 1964 – 1985-yillarda. Maml akatdagi ahvol N. Xrushchyovning mavqeyini tushirdi. 1964-yili oktabrda bo‘lib o‘tgan KPSS MK Plenumi uni bir qator xato va kamchiliklarda ayblab, lavozimlaridan ozod qildi. N. Xrushchyov o‘rniga KPSS MK Birinchi kotibi qilib Leonid Brejnev, SSSR Ministrlar Soveti Raisi etib Aleksey Kosigin saylandi.
L. Brejnev hokimiyatda turgan yillar (1964 – 1982)ning dastlabki o‘n yili iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va jadal rivojlanish yillari bo‘ldi. Ammo 1970-yillarning ikkinchi yarmidan jamiyatda boshlangan inqiroz sovet davlati tarixida “turg‘unlik” davri nomini olgan.
N. Xrushchyovdan farqli ravishda L. Brejnev o‘z hoki miyatidan juda ehtiyotkorlik bilan foydalandi. U murakkab muammoga duch kelganda yaxshisi hech narsa qilmaslikni ma’qul ko‘rardi. Unda boshqalarning xusho madiga, turli xil unvonlar va ordenlarni yig‘ishga moyillik kuchli edi. Uni maqtash, ulug‘lash jarayoni 1970-yillardan boshl andi va keyingi yillari borgan sari kulgili tus olib bordi. Ayniqsa, uning tushunib bo‘lmaydigan nutqlari aholin ing keng qatlami orasida kulgi aralash nafrat, buyuk mamlakat uchun achinish va uyat hissini uyg‘otdi.
1980-yillarga SSSR jamiyatning chuqur inqirozi holatida kirib kel di. N.S. Xrushc hyovning 1980-yillarda komm unizm qurish to‘g‘risid agi rejas i barbod bo‘lgan, odamlar endi kommu nizm safsatasiga deyarli ishonmay qo‘ygan edi. Shunday holatda 1982-yil 10-noyabrda L. Brejnev vafot etdi. Undan keyin hokimiyatga kelgan Yuriy Andropov va Konstantin Chernenko keksa, kasalmand kishilar bo‘lib, ularning hokimiyatga kelishi tugab borayotgan sovet tuzumining ramzi edi.
4. Qayta qurish. 1985-yil martda KPSS MK Plenumi Mixail Gorbachyovni Bosh kotib qilib sayladi. KPSS MKning 1985-yil aprel Plenumida mamlakatni ijtimoiy-iqtis odiy rivojlantirishni jadallashtirish kursi yangi rahbariyat va butun sovet jamiyatining maqsadi deb e’lon qilindi. Ilmiy-texnik ta raq qiyot, mashinasozlikni texnik qayta qurollantirish va inson omilini faollashtirish, ya’ni mehnat intizomini va ishchilarning tashabbuskorligini oshir ish bu kursning asosiy harakatga keltiruvchi kuchi sifatida qaraldi.
1987-yili M. Gorbachyov e’lon qilgan «qayta qurish», ijtimoiy h ayotn i demokratizatsiyalash va «oshkoralik» siyosati ommaning siyosiy faolligini keskin oshirdi. Oshkoralik tufayli o‘zgarish lar ning muhim omiliga, g‘oyalar va orzularning ifodachisiga aylangan matbuot jamiyatning ma’naviy ozod bo‘lishida, o‘tmishni va yuz berayotgan hodisal arni anglashida juda katta rol o‘ynadi. Ayni paytda, bu hodisalar sovet xalqlarining milliy o‘zlikni anglash, milliy mustaqillikka intilish jarayonini jadallashtirdi, SSSR ning tarqalib ketishini tezlashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |