Deklaratsiya – qandaydir muhim ma’lumotlar bayon qilingan ayrim rasmiy hujjatlarning nomlanishi.
Diviziya – yirik harbiy qism.
Evakuatsiya – urush harakatlari bo‘layotgan hududdan odamlar, muassasalar, korxonalar va boshqalarning urush bo‘lmayotgan xavfsiz hududlarga ko‘chirilishi.
Gestapo – davlat maxfiy politsiyasi; fashistlar Germaniyasida o‘zgacha fi krlovchilarga qarshi kurashish uchun tuzilgan kuch ishlatuvchi tashkilot.
Tribunal – favqulodda, ko‘pchilik hollarda harbiy sud.
Anshlyus – qo‘shib olish, ittifoq. Avstriyaning Germaniya tarkibiga qo‘shib olinishiga nisbatan qo‘llaniladi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Fashistlar Germaniyasining tor-mor qilinishida dunyo davlatlarining o‘rni qanday?
2. SSSRning Yaponiyaga qarshi urushga qo‘shilishi Ikkinchi jahon urushining yakunlanishida qanday rol o‘ynadi?
3. Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan atom bombalari urushning yakuniga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdimi?
4. Ikkinchi jahon urushining asosiy natijalari haqida gapirib bering.
5. Urush natijalari undan keyingi o‘n yillar jahon taraqqiyotining qanday yo‘nalishini belgilab berdi?
6. BMTning tuzilishi urushdan keyin dunyoda tinchlikni saqlashda qanday rol o‘ynadi?
7. Nyurnberg va Tokio xalqaro sudlarining qarorlari qanday siyosiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi?
17-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI XALQARO MUNOSABATLAR: «SOVUQ URUSH»NING BOSHLANISHI Antigitler koalitsiya a’zolari urushda g‘alaba qozonib, insoniyat sivil izatsiyasi tarixida yangi sahifani ochganlarida, bu sahifaga nimalar yoziladi-yu, uning mazmuni qanday bo‘lishini hali hech kim ayta olmasdi. Ammo bor-yo‘g‘i 30 yil ichida insoniyat tarixidagi eng dahshatli ikkita urushga bevosita guvoh bo‘lgan dunyo xalqlarini tinch-totuv yashash istagi, tinch rivojlanish orzusi birlashtirib turardi.
1. “Sovuq urush”ning boshlanishi. Dunyoni hududiy qayta bo‘lish uchun olib borilgan ikkita jahon urushlaridan so‘ng dunyodagi kuchlar nisbatida katta o‘zgarishlar yuz berdi. G‘arbning liberal-demokratik davlatlari bilan SSSR o‘rtasida ziddiyatlar kuchayib bordi. Urushdan so‘ng AQSH sovet – Amerika munosabatlari tarixida birinchi marta SSSRga qarshi yadro qurolin i qo‘llashi mumkinligi bilan tahdid qildi. Iste’foda bo‘lsada, urush yillari katta obro‘ orttirgan U. Cherchill 1946-yil martdaAQSHning Fulton shahrida Vestminster kolleji tinglov chilari oldida so‘zga chiqib, AQSHga «tinchliksevar xalql arn ing sovet tajovuziga» qarshi kurashiga boshchilik qilishni taklif qildi. U. Cherchill ushbu nutqida qo‘llagan «temir parda» iborasi uzoq vaqt G‘arb bilan Sharq o‘rtasidagi ramziy chegara bo‘lib qoldi.