D) Ularning turfa xil odatlari bor, Avval ganjlarini ko’mgay tuproqqa.
42. Dushmaningdan yashirganingni do’stingga aytma, zero do’stlikning abadiyligiga kafillik yo’q.
Turlangan yasama so’zlarning gapdagi sintaktik vazifasini aniqlang.
A) aniqlovchi, to’ldiruvchi
B) aniqlovchi, to’ldiruvchi,ega
C) to’ldiruvchi, ega
D) ega, aniqlovchi
43. Ishonch munosabatini bildirgan kirish so'z qatnashgan gapni toping.
A) Darhaqiqat, odamlar bilan murosa-yu madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi.
B) Mehmoni yo'q qora uydan, shubhasiz, dala-tuz yaxshi.
C) Nosihi sodiq erurki beg'araz, demakki, bil anga olamda topilmas evaz.
D) Teran fikrni doim keksalardan qidirgin, zero, bahor suvi kuzda musaffolik topadi.
44. Quyidagi gaplarning qaysi birida aniqlovchi vazifasida kelgan so'zning uslubiy xatolikka uchrashi kuzatiladi?
A) Qaysi millatning umimiy sa'y-harakati va amali ko'p bo'lsa, kuch-qudrati ham buyuk bo'ladi.
B) Inson qanday ish qilsa o'zi, farzandlari, ularning baxt-saodati uchun qiladi.
C) Mukofotlanganlarni hammasi ikkinchi brigadadan ekan.
D) Sen bu kun sinfda shod yurak bilan,
Sinov nafbatini kutib turibsan
45. Quyidagi gaplarning qaysi birida bo'lishsizlik olmoshi vositali to'ldiruvchi vazifasida kelgan?
A) Hech qanday kishini, xoh u tirik bo'lsin, xoh u vafot etgan bo'lsin, yomon so'zlar bilan kamsitib gapirmaslik kerak.
B) Quruq gapning o'zi hech qachon lo'nda dalil bo'la olmaydi.
C) Hammasi joyida, do'stlar, men hech kimdan, hech narsadan xafa emasman.
D) Dunyoda hech bir narsaning qiymati ilmchalik yuqori emas.
46. Quyidagi gaplarning qaysi birida hokim qismining yasalish asosi sifat bo'lgan ot boshqaruvi ishtirok etgan?
A) Amir Temurni anglash o'zimizni anglash demakdir.
B) Yigit shu gaplarni unga aytishga aytdi-yu, ko'zini yashirishga joy topolmay qiynaldi.
C) Kimning qaysi millatga mansubligini tilidan, qiyofasidan oson ajratsa bo'ladi.
D) Hayot uchun, tiriklik uchun yer, suv, havo, quyosh nuri qanchalik kerak bo'lsa, insonga mehr ham shunchalik zarurdir.
47. O’z tilini unutgan xalqning
Bog’larida o’sgan gullarin
Chirmab uxlar zaharli ilon.
Ushbu gap haqida bildirilgan hukmlarning nechtasi xato emas?
1) Gapda ikkita to’diruvchili so’z birikmasi mavjud.
2) Gapda feʼlli soʻz birikmalarining soni otli birikmalardan koʻp.
3) Gapda aniqlovchili birikma vazifasida kelgan o’zlik olmoshi ismlar guruhiga kiruvchi so’zga nisbatan tobe vazifada kelgan
4) Gapdagi soʻz birikmasi beshta
A) bittasi B) ikkitasi
C) uchtasi D) toʻrttasi
48. Asosi omonimlik xususiyatiga ega bo’lgan yasama so’z ega vazifasida kelgan gapni toping.
A)Urush quyon ovi emasligini barchamiz bilamiz-ku!
B)Donolarimiz kulgi umrni uzaytirishini aytganlar.
C)Pichoqning o’tkiri damidan ma’lum.
D) Yoz mavsumiga tayyor.
49. Tarkibida ajratilgan bo’lak, kirish bo’lak va undalma qatnashgan gapni toping.
A)Biz Xorazmda, Ma’mun ibn Ma’mun saroyida besh yil birga xizmat qilganmiz,begim
B)Qani, ayt, maqsading nimadir sening, nega tilkalaysan bag’rimni ohang?
Do'stlaringiz bilan baham: |