At fakulteti «Tasdiqlayman» Milliy libos va san’at fakulteti dekani A. Turakulov



Download 102,76 Kb.
bet4/13
Sana20.04.2022
Hajmi102,76 Kb.
#568272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abduraxmonova Nafisa yangi kurs ishi tayyor

1.2. Kasb-hunar kollejlarida chizmachilik fanining fanlararo aloqadorligi
Tasviriy san`at va chizmachilik fani. Rasm ishlash, rasmlarni tushunish qoidalari. Tasviriy san`at va chizmachilik fanining inson hayotidagi ahamiyati.
Maqsad: kurs tinglovchilariga tasviriy san`at va chizmachilik fanining maqsad- vazifalarini rasm ishlash, tushunish qoidalarini hamda fanning inson hayotidagi muhim jihatlarini qayta yodga tushirish va zamonaviy talablar haqida qisqacha ma`lumot berish.
Dolzarbligi: Mustaqillik tufayli barcha sohada o‘zgarishlar bo‘lgani kabi tasviriy san`at va chizmachilik fanini o‘qitishda ham talablar o‘zgardi.malaka oshirishning kurslari talabi bo‘yicha olib boriladigan darslar yangi qonun, DGS talablari asosida olib borilishi talabidan kelib chiqib o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish asosini egallagan tasviriy san`at-chizmachilik fanini ahamiyatining oshganligini tushuntirish. Tasviriy san`at va chizmachilik fani kontseptsiyasi talablarining o‘zgarganligi. Tasviriy san`at fani nafosat tarbiyasiga, bolalarni komil inson qilib tarbiyalashdagi rolini anglatish, chizmachilikning, rasmning dizayn san`ati bilan aloqadorligi. Badiy mehnatga oid va kerakli fan materiallarini anglatish.bunga fanda uchraydigan fazo, rang, kompozitsiya kabi terminlar xususida ma`lumotlar berish masalalari mavzuning bugungi kunda muximligini bildiradi.
Vazifasi: Fanning mohiyatini yaratish, tasviriy san`at va chizmachilik darslaridagi asosiy qoidalarni qayta yodga tushurish, fanning hayotdagi ahamiyatini yoritib berish.
Mavzu: Tasviriy san`at va chizmachilik o‘quv predmetini o‘quvchilarda badiy, estetik va ahloqiy texnik madaniyatini shakllantirish asosi. Tasviriy san`at va chizmachilik o‘quv predmeti maqsadi, vazifalari. Borliqdagi barcha narsalarning chizma asosida bajarilishi. Tasviriy, dekorativ- amaliy, memorchilik kabi san`at turlarini o‘ziga xos xususiyatlari. Texnika taraqiyotini jadallashtirishda chizmachilikning tutgan o‘rni. Chizmachilik tabiat va texnikani ko‘rgazmali idrok etishga, predmedlarni tuzilishini, fazoviy holatini, ko‘zga ko‘rish murakkab bo‘lgan jihatlarini bilishga yordam berish. Shuninigdek t/s ham chizmachilik fani ham chizmalarni o‘qish, mantiqiy tafakkurni, texnik ijod, bunyodkorlik ishlariga ilhomlantiruvchi ekanligi.
Borliqdagi, san`atdagi, go‘zalliklarni ao‘ra bilishga o‘rgatish. Turli geometrik yasashlar, proektsiyalashlarni tushunish. O‘quvchilarda rasviriy malaka, badiy- fikr, tashabbuskorlik, milliy g`ururni shakllantirish.Chizmalardagi kesim, qirqim, shartliliklar, soddalashtirishlar, birikmalar xususida. O‘quvchilarda kasb- xunarga yo‘naltirish masalasi. T/s va chizmachilik ta`limining asosiy bo‘g`inini uzluksiz kasbiy ta`lim ekanligi.
Chizmachilik-grafik ta`limning mazmuni, mohiyati. Chizma geometriya, muxandislik grafikasi. Tasviriy san`atning umumiy jihatlari. Tasviriy san`at va chizmachilik fanlarida ma`lumotnoma adabiyotlardan foydalana olish va belgilash. Zamonaviy texnologiyalarning tasviriy san`at va chizmachilik fanlaridagi ahamiyati. chizmachilik fani orqali bolalarning fazoviy tasavvurlari oshadi va texnika estetikasi (dizayn) shakllanishidagi ahamiyati. Chizma, perspektiva, proektsiyalash, sxemalar haqida o‘quvchilarning tasavvurlarini kengaytiradi. Yozuv shriftlari, formatlar, qiyaliklar, tutashuvlarning ba`zi tomonlari bilan tanishishda katta vazifalarni nazarda tutadi.
Tasviriy san`at, chizmachilik orliqdagi narsa, hodisalar va ro‘y berayotgan voqealarni ko‘ra bilish, idrok etish, estetik va emotsional sezgirlikni o‘stirish, chizish malakalarini hosil qilish, fazrviy fikrlash, rang sezish, kompozitsion madaniyatni, ko‘rish orqali tasavvur qilishda, kombinatsilashdagi xususiyatlari ahamiti.
Tasviriy san`at baliy mehnat, chizmachilik faning bir tsikl ekanligi. Bu fanlar tarixiy, madaniy yodgorliklarni, atrof muhitni asrash, narsalarga nisbatan badiy did bilan qarash va estetik jihatdan baho berish malakasini o‘stirishga xizmat qiladi.
Tasviriy san`at mashg`ulotlari uchun kerakli anjomlar, bo‘yoqlar, qurollar, qog`ozlar. Mashg`ulotlarni olib borishda boshlang`ich ma`lumotlar. Chizmalarni joylashtirish, hoshiyalash, rang berish. Chizmachilik asboblari gatovolnik, chizg`ich, lipola, nutromer, krontsirkul, bulardan foydalanishning ahamiyati.
Bugungi kunda DTS talablari asosida tasviriy san`at va chizmachilik fanlariga qo‘yilgan talablarning bajarilishi.

      1. Malaka oshirishga kelgan tasviriy san`at va chizmachilik fani o‘qutuvchilarini qayta tayyorlash, malakasini oshirishda tasviriy san`at va chizmachilik fani metodikasini o‘qitish alohida o‘rin egallaydi. Chunki, tinglovchi kursantlar o‘qitish va tarbiyalash metodikalarini takomillashtirib bermasdan turib darslarni zamon talablari asosida olib bora olmaydi. Shuningdek, kurs tinglovchilari o‘rganishi uchun kerakli manba, adabiyotlar nihoyatda kam va etarli emas. Ayniqsa, tinglovchilar tamonidan dars mashg`ulotlarini olib borishlariga yordam beradigan manbalarni o‘zlashtirib oladilar. Shuning bilan barcha fan yangiliklari o‘rni qoplanadi.

      2. « Ta`lim to‘g`risida», shu qonun va « Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g`risida»gi O‘z. Res. Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining « O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta`limni tashkil etish to‘g`risida» 1998 yil 13 maydagi 203- son qarorini bajarilishini ta`minlash yuzasidan ko‘rilgan tadbirlar, tasviriy san`at va chizmachilik fanlari o‘qitilishini ham tubdan yaxshilash, isloh qilishni vazifa qilib qo‘ydi.1

Tasviriy san`at va chizmachilik fani ya`ni ta`limning maqsadi o‘quvchilarda badiy , ahloqiy, texnik madaniyatni shakllantirishga yordam qiladi. Fan mazmunan tasviriy, dekorativ amaliy, memorchilik kabi san`at turlarini o‘z ichiga oladi.
Chizmachilikdan o‘quvchilarga murakkab bo‘lmagan texnik chizmalarni bajarishga, o‘qishga va o‘z fikrini grafik tasvirlar vositasida ifoda etishga, kompyuter yordamida oddiy chizmalarni yasashga o‘rgatishdan iborat.2
Tasviriy san`at va chizmachilik fani ta`lim va tarbiya birligi muhim, bu fanning jihati hisoblanadi. Bugungi kunda hayotimiz turli jabhalarda o‘zgarib bormoqda. Hozirgi zamonoviy ilg`or ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy- ma`naviy hayotimizda aniqlikka intilish, yangilik lardan xabardaor bo‘lish, tariximizni, o‘tmishimizni, buyuk ajdodlarimizni, ularning fikr- g`oyalarini bilmog`imiz lozim.
Viloyat kollejdalaridan keladigan tasviriy san`atva chizmachilik o‘qutuvchilari fanning maqsadini ham vazifalarini ham DTSda ko‘rsatilganidek ajrata oladi. ammo o‘quvchilarga shu fanlarni yanada chuqurroq bilim berishga, grafik savodxonligini oshirishga doimo ham kerakli e`tibor beravermaydilar. SHuning natijasida o‘quvchilarning bilim darajasi, grafik savodi DTS talablaridan doimo orqada qolib, ta`lim va tarbiya birligi saqlanmay qolmoqda.
Tasviriy san`at fanidan o‘quvchilar savodxonligi bugun jahon madaniyarining eng yuksak namunalarini ilg`ay oladigan bo‘lishlari lozim, bunga avvalo o‘qutuvchining o‘zi tayyor bo‘lmog`i kerak. Chizmachilik fanida ham ilg`or keyingi terminologiyalarning kirib kelishi ko‘proq yangi materiallardan xabardor bo‘lishni ta`lab etadi.
Tasviriy san`at va chizmachilik fanlari deyarli Kollejdada o‘qitiladigan barcha fanlar bilan bog`langan holda olib boriladi. Bu fanni o‘zlashtirishga agar o‘qutuvchi to‘g`ri metodikadan foydalansa samarali ta`sir ko‘rsatadi.
Har qanday fan ta`lim-tarbiya birligini ta`minlab berilishini talab etadi. Dunyoda biron bir predmet yo‘qki bir-birisiz yolg`iz rivojlana olsa. Tasviriy san`at fikr doirasini, chamalashni, hajmni, rangni o‘rgatsa; Chizmachilik aniq o‘lchamlar asosida o‘quvchi fazoviy tasavvurini kengaytiradi, o‘quvchilarda ahloqiy, estetik, mehnat, ekologik va jismoniy tarbiyani amalga oshirishga muhim rol o‘ynaydi.
Kollejda dasturidagi tasviriy san`at faning ta`limiy xarakterdagi vazifalari qatoriga quydagilarni kiritish mumkin.
O‘quvchilarga realistik rasm chizish asoslari haqida bilim berish; O‘quvchilarga idrok etish (san`atni idrok etish); (borliqni idrok etish) Narsaning o‘ziga qarab rasmni chizish;
4. Kompozitsion faoliyat;
Haykaltaroshlik asoslari bilan tanishtirish, tasviriy san`atning barcha o‘quv mashg`ulotlarini bolalarda ijodiy qobiliyat, estetik did, tasavvurlarini o‘stirishga qaratish;
O‘quvchilarni tasviriy va dekorativ-amaliy san`at namunalari bilan tanishtirib borib, ularda bu san`atning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g`risidagi tushunchalarning o‘sishiga yordam berish;
O‘quvchilarda asarlarni emotsional idrok etish xissini o‘stirish; San`atga, fanga qiziqish va muhabbat ruhida tarbiyalash;
Turli-tuman ijtimoiy-foydali faoliyatlarda estetik talablarni hisobga olgan holda ijodiy yondoshish ko‘nikmasini hosil qilish;
Boshqa o‘quv fanlari qatori texnik ijodiyotda ham rasmlardan foydalanishga o‘rgatib borish;
Chizmachilik fani DTS1 talablari bo‘yicha maqsad-vazifalarga erishishda ta`lim-tarbiya nazariyalari kontseptsiyasi bo‘yicha ko‘rilgan masalalarga ijodiy yondoshuvni o‘rganib o‘z ish faolitida qo‘llab borishdan iborat.
Chunki, chizmachilik fanida fazoviy tasavvur, proektsiyalash metodlari, o‘lcham qo‘yish, tutashmalar,aksonometrik proektsiyalar, yaqqol tasvirlar, eskizlar,topografik va pnematik sxemalar, reja, fasad kabi qurilish chizmalari haqida ham tushunchalarni chuqurlashtirishlari lozim.
Chizmachilik fani nafaqat dizayn san`atini balki u estetik tarbiya masalalarini, milliy mafkura, g`oyaviy dunyoqarashni ham o‘zlashtirib olishga yordam beradi.
Fanning mazmuni kengayib bormoqda, tashqi informatsiyalar ko‘paymoqda, o‘quvchilarning ham dunyoqarashi kengayib, axborotlar zapasi oshmoqda. Shunday bo‘lsada tasviriy san`at va chizmachilik fanlari bo‘yicha ta`lim-tarbiya jarayonning u yoki bu tamonini takomillashtirish sohasida ilg`or o‘qituvchilar ishini ma`lum darajada oshirish talablari rivojlvnib zamonoviy talablarga to‘g`ri keladigan qilib shakllantirishdavr talabidir.
Rasm o‘z nomi bilan qo‘lda bajarilgan turli shakllarning qog`ozdagi tasviriga aytamiz. Jismning shaklini va o‘lchamlarini ko‘rsatadigan tekislikdagi tasvir chizma deyiladi! Rasm ishlashda narsa qo‘yilishi, tasavvurdan chizilishi mumkin. Hozir yangi DTSda va dasturida 5ta bo‘limga bo‘lgan holda rasm darsi o‘rganilishi kerakligi aytiladi, ya`ni:
Borliqni idrok etish (1-4 sinflar); Badiy ko‘rish-yasash (1-4 sinflarda); San`atshunoslik asoslari;
Naturaga qarab tasvirlash; Kompozitsion faoliyat;
Shuni ham aytish kerakki, rasmlarning bugungi kundagi olami yanada rang- baranglashdi, turli realistik san`at oqimlariga endi ko‘pgina yangi-yangi avval bizga yot bo‘lgan yo‘nalishlar ham o‘z ta`sirini ko‘rsatmoqda. Rasmlarni rushunish endi, fikrlash bilan ham to‘la almashinmoqda deyish mumkin. Bolalar chizgan rasmida uning olami aks etishi hammamizga ma`lum narsa, lekin shu rasmni o‘qituvchi tushunib etmasa-chi? Uni to‘g`ri baholay olmasa nima bo‘ladi. O‘z- o‘zidan ko‘rinib turibdiki bolalarni qalban majruh bo‘lib qolishiga olib kelinadi. Aslida tasviriy san`at «... o‘tgan davr bilan hozirga davr o‘rtasidagi to‘siqni olib tashlash orqali ta`sir ko‘rsatsa, ikkinchidan kishilarni tasviriy san`at orqali olayorgan tajribalari rassom tamonidan anglab etilgan va baholab bo‘lingan bo‘ladi, uchinchidan rassom tamonidan tamoshabinga berilayotgan shaxsiy tajriba muallif tamonidan tabaqalashtirilgan va umumlashtirilgan bo‘ladi.»1. Chunki bola olami ham fikridagini rasmda ifoda etishidir.
Shunday ekan rasm ishlash qoidalarini bilish muhim ahamiyatga ega, avvalo chizilayorgan narsani yoki kompozitsiyani daftar varag`ida to‘g`ri joylashtira olish. Barcha o‘quv qurollarini maqsadga muvofiq tarzda ishga tayyorlash. bu qalamni ushlashdan tortib planshetda ishni yakuniga etkazgunga qadar bo‘lgan vaqrlarni o‘z ichiga oladi.
O‘quv materiallaridan tashqari endi rasm chizish qoidalari alohida o‘rin tutadi. Rang, soya, yorug`, perspektiva, koloriti va hokazolarni ham bajarilish qoidasiga amal qilinmasa natija kutilgandek bo‘lmaydi.
Chizma chizish qoidasi ham rasm qoidalari kabi bir-birini doimo to‘ldirib boradi. Proektsiyalar, eskizlar, texnik rasmlar hammasi chizma rasm qurollarida ishlanadi. Chizma asboblari o‘z ish usullari bilan rasmnikidan biroz farqlanadi ya`ni, chizg`ich, qalam chiqarilishi, gotovalnik, reysshina va hokazolar.
Barcha rasm va chizma qoidalariga amal qilinishi keyingi ishning bir maromda borishini to‘la ta`minlaydi.
Tasviriy san`at va chizmachilik ta`limining inson hayotidagi ahamiyati nihoyatda ulkandir. Chunki tasviriy san`at ham chizmachilik fani ham kishilar fazoviy tasavvurini kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi.
Chizmalarni bajarish, o‘qish jarayonida bolalarning fazoviy tasavvuri va mantiqiy tafakkurini, texnikaviy ijodkorlikni, dizayn, loyihalash, bunyodkorlik sohasidagi bilimlarini rivojlantirib muhim bilimlar olishni shakllantiradi.
Kollejda chizmachilik ta`limining maqsadi o‘quvchilarni murakkab bo‘lmagan texnik chizmalarni bajarishga, o‘qishga va o‘z fikrini grafik tasvirlar vositasida ifoda etishga o‘rgatishdan iborat. Agar o‘quvchi grafik savodxon bo‘lsa hayotda barcha chizmaga oid ishlarni tezda tushunish va bajarib berish imkoniyarlariga ega bo‘ladi. Chunki biz texnikaviy axborotlar jarayonida rivojlanishdamiz. Har yili minglab texnik terminlar hayotimizga kirib kelmoqda. Faqatgina keyingi mustaqilligimiz yillarida O‘zbekiston Respublikasida qanchadan-qancha zavod va fabrikalar qurilib yangi-yangi mashinalar ishlab chiqarilmoqda. Bularni anglash va tushunib olishda tasviriy san`at va chizmachilik ta`limining ahamiyati kattadir.
Rasm solish ham o‘qish, matematika, ona tili kabi o‘qitiladigan mamlakag tez orada rivojlanib, eng oldindr boradigan bo‘lar edi,- deb yozgan edi Deni Didro. Haqiqatdan ham tasviriy san`at va chizmachilik faninig inson hayotidagi ahamiyati juda katta. Chunki bola avvalo dunyoni rasmlardagi kabi idrok qiladi, ko‘rgan narsasini qaytaradi ya`ni, psixologiyada amaliy tafakkur tushunchasi bo‘yicha ushlab ko‘rib, o‘zi ijro etib o‘rganadi. Hali yaratayotgan obrazlari abstrakt- mavhum holatda bo‘lsada u qilgan ishdan estetik zavq oladi. borliqni o‘zida aks ettiradi.
Tasviriy san`at va chizmachilik fani ma`naviy-madaniyatning ham asosiy qismidir. U bolalarda, inson hayotida badiy madaniyarni uyg`un shakllanishiga xizmat qiladi. SHaxs uchun muhim bulgan sifatlarning rivojlanishiga samarali ta`sir ko‘rsatadi. Borliq, go‘zallik, dizayn estetikasi bu fanlarning asosini tashkil qiladi.
Tasviriy san`at darslarini bunday beshta guruhga bo‘linishi uni tushunishni biroz engillashtiradi. Kollejda tasviriy san`at va chizmachilik darslarida o‘quvchilar chizgan rasmlarni to‘g`ri taxlil qila bilmaslik, bolalar ishiga noto‘g`ri yondoshish bolalarning keyinchalik fandan sovub ketishiga olib keladi. Natijada keyinchalik umuman bu fanlar hayot faoliyatidan butunlay uzulib qoladi va san`at orqali ochilishi lozim bo‘lishi, eng asosiy bilimlar ochilmay muzlaydi. Shuning uchun ham rasmni estetik idrok qilish bilan birga uni mazmunan tushunib etishga hamharakat qilinmog`i kerak bo‘ladi. Rasmlarni avvalo qanday shakllardan, qanaqa rangda, kompozitsion echimi, hajmi, qadr-qimmati o‘rganiladi. Keyin esa unga xulosa chiqarish uchun harakat qilinadi. O‘qituvchi bola ishini o‘rganar ekan eng kam bo‘lsada uning yutug`ini topishga harakat qilmog`i kerak bo‘ladi.
«Muhim vazifa- O‘zbekistondagi har bir insonni millati, tili, dinidan qat`iy nazar vatanparvarlik ruhida, qadimiy moddiy, ma`naviy madaniyatning maskanlaridan biri bo‘lmish bu maskanning haqiqiy jonkuyarlari etib tarbiyalashdir.» Haqiqatdan ham buning uchun kishi barcha bo‘layotgan voqealarni to‘g`ri anglab etmog`i lozim. Ya`ni ma`naviy, ahloqiy jihatdan komil inson bo‘lib, hur fikrlay olsin.
Tasviriy san`atni tushunish uning estetik tarbiya bilan uzviy big`liqligini san`atshunoslar Rempil, n. Abdullaev, T. Mahmudov va boshqalar bir necha bor asarlarida aytib o‘tganlar. Uslubiy jihatdan R. Xasanov, Q.Qosimov, S. Bulatov, A. Sulaymonov, B. Oripov, H. Egamov va boshqalar ham o‘z kitoblarida keltirib o‘tadilar.
Har buyumlarning loyihasini chizish, tuzish davrida rasmlar, eskizlar, sxemalar, chizmalar chiziladi. Umuman jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi bilan chizmalarning rasmiylashishi o‘zgarib borgan.turli xildagi buyumlarni tasvirlash, rasmini chizish kishilarning uzviy aloqa vositasi sifatida hatto yozuv paydo bo‘lishidan ham oldinroq vujudga kelgan. Shuningdek vaqt o‘tishi bilan oddiy rasmlar o‘rnini sxemalar, plan (rejalar) kabi chizmalar paydo bo‘ldi va inson hayotini turli jihatlardan yaxshilash uchun xizmat qila boshladi. Demak, kishilik jamiyatiga san`at, go‘zallik, dizayn kirib keldi.
Inson doimo o‘z hayotini biron-bir tarzda go‘zal qilishga intiladi – deyiladi manbalarda. Haqiqardan ham inson hamisha go‘zallikka intilib yashagan va bu intilish hayot bor ekan davom etaveradi. Shuning atrofida tasviriy san`at umri boqiydir. O‘zimizni chiroyli, go‘zal qilish emas balki barcha narsalarimiz ham go‘zal bo‘lishini hohlaymiz. Bu hohish bizga juda katta ma`suliyat yuklaydi. O‘z navbatida ta`lim-tarbiya shunday ma`suliyatning eng nodir, mustahkam himoyachisi va asosiy o‘zagi bo‘lib xizmat qiladi. Borliqdagi barcha narsalar uzviylikda rivojlanadi. Bunda tasviriy san`at va chizmachilik fanining ahamiyati kattadir.
Bir savol tug`iladi, nima tasviriy san`at va chizmachilik darslari o‘tilmagan oldingi davrlarda ham odamlar yashagan-ku? Ha, yashagan! Lekin yangi davr, tsvilizatsiya kutib turishni hohlamaydi, doimo etuklik sari intilish bo‘laveradi. Bu hayotda hamma o‘ziga keraklisini qabul qiladi va o‘z ma`naviy dunyosi, olamidan tashqarida ortiqchasini o‘ziga sig`dira olmaydi. Shuning uchun ham odamlar orasi turlicha, ma`naviyatda ham, jamiyat-hayot yo‘lidagi harakatida ham. Doimo, doimo olg`a intilish shudir rivojlanish, shudir hayot ma`nosi, shudir ma`naviyat va ma`rifat.
Prezidentimiz, akademik I.A.Karimov shunday yozgan edi: «O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o‘z yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi.
Bu negizlar:
umumiy insoniy qadriyatlarga sodiqliq;
halqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
vatanparvarlik;
tasviriy san`at va chizmachilik fanini o‘qitish orqali umum insoniy qadriyatlar ya`ni, ahloqiy, mehnat, ekologik, jismoniy tarbiya masalalarini ham qamrab estetik didni, tarbiyani amalga oshirishga xizmat qiladi. Kasb-hunar kllejlarida hozir amalga oshirilayotgan islohatlar badiy va dizayn ta`lim-tarbiya jarayoning oldingi holatiga nisbatan rivojlanayotgan, yaxshilanayotgan bo‘lsada uni yanada rivojlantirish zaruriyatini ham keltirib chiqarmoqda. Bu masalada tasviriy san`at va chizmachilik o‘qituvchisining roli katta. U chuqur bilimga ega bo‘lishi uchun tinmay o‘z ustida muntazam mashq qilib borishi, o‘zining ilmiy-nazariy, amaliy bilim saviyasini takomillashtirib, ilg`or tajribalarni o‘rganishi unga tayanishi lozimdir. Har bir tasviriy san`at va chizmachilik darsini kerakli ko‘rgazmali vositalar bilan boyitib, undan foydalanishi lozim. Chunki bu fanda ko‘rgazmalar yordamchi emas balki ular dars uchun asosiy materiallardan biri bo‘lib hisoblanadi. Borliqni texnikani o‘rganish uchun o‘quvchilani komil shaxs qilib tarbiyalash uchun ularning o‘quv faoliyatini faollashtirish davr talabidir, bu shundagina o‘quvchi hayotiga samarali ta`sir ko‘rsatadi.

Download 102,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish