Dastlab «texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z texnikaviy taraqqiyot bilan bog`liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan «texnos» (techne) – san`at, hunar va «logos» (logos) – fan so‘zlaridan tashkil topib, «hunar fani» ma`nosini anglatadi.
Bugungi kunda ta`lim jarayonida quyidagi o‘qitish texnologiyalarini tadbiq etish mumkin:
shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyasi;
avtoritar o‘qitish texnologiyasi;
ishbilarmon o‘yinli o‘qitish texnologiyasi;
muammoli o‘qitish texnologiyasi;
yakka tartibdagi o‘qitish texnologiyasi;
tabaqalashtirilgan o‘qitish texnologiyasi;
dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi;
kompyuterli o‘qitish texnologiyasi;
modulli o‘qitish texnologiyasi;
Kredit o‘qitish texnologiyasi;
Keys o‘qitish texnologiyasi;
TV o‘qitish texnologiyasi;
masofadan o‘qitish texnologiyasi;
an`anaviy o‘qitish texnologiyasi;
noan`anaviy o‘qitish texnologiyasi.
Pedagogik texnologiyalarni muhim hususiyatlari, belgilari quyidagilardan iborat:
ta`lim jarayonini oldindan loyihalash va auditoriyada o‘quvchilar bilan qayta ishlab chiqish;
tizimli yondashuv asosida talabaning o‘qish – bilish faoliyatini tasvirlaydigan ta`lim jarpayoni loyihasini tuzish;
ta`lim maqsadi real, aniq diagnostik bo‘lishi va o‘quvchining bilim o‘zlashtirish sifatini ob`ektiv baholash;
ta`lim jarayonining tuzilishi va mazmuni yaxlitligi, o‘zaro bog`liq va o‘zaro ta`sirda bo‘lish;
ta`lim shakllarini optimallashtirish.
INTER FAOL METODLAR
Jamiyatimiz rivojining bugungi kundagi bosqichi bevosita texnalogiyalarning takomillashuvi bilan xarakterlanadi. Ta‘lim sohasida ham zamonaviy tehnalogiyalardan foydalanib o‘qitish sifatini oshirish maqsadida turli hil
interfaol metodlardan foydalanilmoqda.
Chizmachilik sohasida ham ana shunday
interfaol metodlarni qo‘llash mumkin. Bunday metodlar o‘qish sifatini oshiradi va fanni chuqurroq o‘rganishga yordam beradi.
SHAJARALI KLASTER
O’yinning maqsadi: O‘quvchilarning o‘rgangan bilmlarini amalda qo‘llay olishlarini sinab ko‘rish va bilim salohiyatini oshirishga yordam beradi.
O’yinning shatri: Tutashmalarni turlari haqida chuqrroq o‘rganishga yordam beradi. Klasterlash jarayonida o‘quvchining fikriga e‘tiroz berilmaydi.
Aqlingizga nima kelsa shuni yozing.
Imlo hatolariga e‘tibor bermang.
Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang.
Agar fikr kelmay qolsa, chizmasini chizib o‘tiring.
YUqoridagi fikrlarga asoslangan xolda tutashmalar mavzusini o‗qitishda interfaol metodlardan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: