2010
Yanvar, yilda aholining omonatlarini jalb qilish bo’yicha respublika tijorat banklari o’rtasida o’tkazilgan tanlovda: Bankning Jizzax filialining 2 – sonli jamg’arma kassasi “Shaxarlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi jamg’arma kassasi” asosiy nominatsiyasida birinchi o’ringa sazovor bo’ldi. Bankning Тoshkent shahar Amaliyot boshqarmasining «Mirobod» mini-banki «Shaxarlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi mini banki» asosiy nominatsiyasida ikkinchi o’rinni egalladi. Bankning Buxoro filiali «Shaxarlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi filiali» asosiy nominatsiyasida ikkinchi o’rin g’olibi deb topildi. Ushbu nominatsiya Buxoro filiali uchun ikkinchi marotaba berilishi. «Barqaror» nomli omonat turi «Хorijiy valyutada eng yaxshi muddatli depozit» qo’shimcha nominatsiyasi g’olibi bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |