At aloqa bank haqida ma’lumot 2 Muammoli qarzlar bilan ishlash bo’limi faoliyati



Download 156 Kb.
Sana02.06.2022
Hajmi156 Kb.
#630913
Bog'liq
aloqa at


MUNDARIJA
KIRISH

  1. AT Aloqa bank haqida ma’lumot

2 Muammoli qarzlar bilan ishlash bo’limi faoliyati
3 Muammoli qarzlar bilan ishlash bo’limida mijozlar bilan kredit to’lovlari bo’yicha operatsiyalar olib borish
4 Bankning Colvir tizimi haqida ma’lumot
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar

KIRISH
Aloqa bank aksiyadorlik tijorat banki Qarshi shahridagi filialida amaliyotim mobaynida Banklarda qay tarzda buxgalteriya hisobini olib borish jarayoni bilan toʻliq tanishdim. Mana ulardan eng muhimlari quyidagilar:...


Buxgalteriya hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining to‘g‘ri tashkil etilishi va nazoratning aniq olib borilishi bankning o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajarishini, mavjud va bo‘lg‘usi investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar, shuningdek, bank rahbariyati va xodimlari uchun bank faoliyatiga haqqoniy baho berish imkonini yaratadigan aniq va foydali axborot olishni ta’minlaydi.
Banklarda buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini tashkil qilish tamoyillari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda hujjatlar aylanmasini yo‘lga qo‘yish usullari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan, bank operatsiyalari hisobini yuritish va ularni nazorat qilish qoidalari hamda bajarilgan bank operatsiyalarining qonuniyligi bo‘yicha javobgarlik belgilangan.
Shuningdek, quyidagilarni ta’minlash maqsad qilib qo‘yilgan:
hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to‘g‘ri bajarish hamda ularni buxgalteriya hisobi va hisobotida o‘z vaqtida va aniq aks ettirish;
bank aktivlari, majburiyatlari, daromadlari va xarajatlari hamda kapitali holati va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar to‘plash;
bankning moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar va moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi va bank rahbariyati faoliyatiga baho beruvchi moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun xizmat qiluvchi axborotlar tizimini yaratish;
bank ish kuni tartibiga qat’iy rioya qilish, mijozlarga tez va aniq xizmat ko‘rsatish;
hisob-kitoblardagi mablag‘lar aylanishini tezlashtirish;
bankdan chiqayotgan hujjatlarni tegishli tarzda rasmiylashtirish va buning natijasida ulardan foydalanishni osonlashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ushbu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilishini hamda ular tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi mijozlarning operatsiyalari hisobini yuritishni belgilangan talablarga muvofiqlashtirishni tashkil etish;
bankdagi pul mablag‘lari, moddiy qimmatliklar, shuningdek, qat’iy hisobda turuvchi blankalar kamomadi yoki ortiqchaligiga yo‘l qo‘ymaslik hamda belgilangan tartibda ularning saqlanishini tashkil etish;
operatsiyalarning qonuniyligi hamda to‘g‘riligini doimiy ichki nazorat va auditdan o‘tkazish, ularning natijalari bo‘yicha ma’lumotnomalar tuzish va rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish;
zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda bank operatsiyalari hisobini dasturiy amalga oshirish, hisob ishlarini yuritish hamda hisobotlar tuzishda mehnat va mablag‘ sarfini qisqartirish.
Bek-ofis— bankning tarkibiy qismi bo‘lib, Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy nazoratdan o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgaltyerlar guruhi.
Bek-ofisning asosiy vazifasi Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tkazilib, ma’qullangan barcha bank operatsiyalarni qaytadan joriy nazoratdan o‘tkazib, ularni ikkiyoqlama yozuv yordamida buxgalteriya registrlarida qayd etish va tegishli hisobotlar tayyorlashdan iborat.
Bek-ofis mijozlar bilan bevosita muloqotda bo‘lmaydi. U, mijozlar operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha Front-ofis bilan, bankning ichki moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha bank ma’muriyati bilan aloqada bo‘ladi.
Bek-ofisga Bek-ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi va u o‘z navbatida bank rahbariga bo‘ysunadi;
yordamchi kitob— bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag‘lar turi va qimmatliklar bo‘yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar;
Banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati tuziladi. Bank buxgalteriya apparatiga shartnoma asosida chetdan jalb qilingan buxgaltyerlar yoki buxgalteriya firmasi xodimlarining kiritilishi qat’iyan taqiqlanadi.
8. Bank buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan bo‘limlar soni amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmiga va ularning avtomatlashtirilganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ish hajmi kichik banklarda buxgalteriya apparati bankning yaxlit bo‘linmasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar, chet el valyutasi bo‘yicha operatsiyalar va bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarning hisobini yuritish maxsus bo‘limlarga topshirilishi mumkin.
Ish hajmi katta banklarda buxgalteriya apparati ushbu Yo‘riqnoma talablarini hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim. Shuningdek, barcha operatsiyalar mas’ul ijrochi buxgaltyerlar tomonidan dastlabki va nazoratchi buxgaltyerlar tomonidan joriy nazoratdan o‘tishini ta’minlash maqsadida ish hajmidan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochi va nazoratchilar soni o‘rtasida mutanosiblik saqlanishi lozim.

1.2 Aloqa bankbanki jahon va ichki moliyaviy bozordagi rivojlanish tendensiyalari o’zgarishlariga o’z vaqtida munosabat bildirish orqali O’zbekiston va chet eldagi bank korrespondentlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Aloqa bankbank korrespondentlik munosabatlarini olib borishdagi o’z faoliyatini nafaqat o’z pozitsiyalaridan, balki, avvalambor bank mijozlari pozitsiyalaridan baholaydi. Ular uchun optimal sharoitlar bank tomonidan 24 yillik faoliyat davomida samaradorlik, to’lovlarning iqtisodiyligi, ijro muddatlari va komission harajatlarning past darajaliligi orqali yaratildi.


Hamkorlik yo’nalishlari spektrini kengaytirish va xizmat ko’rsatish sifatini oshirish orqali, bank o’z korrespondentlik tarmog’ini muntazam kengaytirib kelmoqda. Hozirgi kunda bank dunyoning 370 dan ortiq yetakchi horijiy banklari bilan korrespondentlik munosabatlarini o’rnatgan. Yirik horijiy banklardagi korrespondentlik hisoblari tarmog’i orqali Aloqa bankbank o’zining dunyoning asosiy moliyaviy markazlarida mavjudligini ta’minladi. Bank Germaniya, Avstriya, Yaponiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsariya, Xitoy Xalq Respublikasi, Korea Respublikasi, Rossiya va boshqa mamlakatlarning yetakchi banklari bilan korrespondentlik munosabatlarini olib boradi.
Bank yutuqlari:
Aloqa bank xalqaro tashkilotlar tomonidan doim e’tirof etib kelinadi . Xususan, bir necha bor "Euromoney", "Global Finance" va "The Banker" xorijiy nashriyotlarining "O'zbekistonda yilning eng yaxshi banki" reytingiga sazovor bo'lgan.
Hozirgi kunda bank-korrespondentlar soni Aloqa bankbank tomonidan bajarilayotgan mijozlarning so’rovi bo’yicha barcha banklararo operatsiyalarni qoplashni ta’minlay oladi. Zarurat tug’ilganida Aloqa bank yangi banklar bilan korrespondentlik munosabatlarini o’rnatish bo’yicha ishlarni operativ suratda olib borishga tayyor.
Dunyoning moliyaviy institutlari bilan munosabatlarni rivojlantirish an’anaviy ravishda bank faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro moliyaviy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirishda asosiy e’tibor investitsion loyihalarni o’rta va uzoq muddatga moliyalashtirish sohasi, savdo operatsiyalarini qisqa muddatga moliyalashtirish (savdoni moliyalashtirish), bank faoliyatidagi turli xil masalalar bo’yicha bilim va tajriba almashish, kasbiy ta’lim dasturlarida qatnashish va boshqalarga qaratiladi.
Aloqa bankbank doimiy asosda turli xil mahalliy va xorijiy assotsiatsiyalar bilan sheriklikni muntazam rivojlantiradi va hozirgi kunda O’zbekiston Banklari Assotsiatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Savdo-Sanoat Palatasi, Osiyo Bankirlar Assotsiatsiyasi (OBA), Osiyo va Tinch Okeani Moliyaviy Institutlarini Rivojlantirish Assotsiatsiyasi (OTOMIRA), SWIFT, THOMSON REUTERS va Mastercard kabi tashkilotlarning a’zosi hisoblanadi.
Hisob kitoblarning sifati, tezligi va ishonchliligiga alohida e’tibor berish, boshqa banklar bilan munosabatlarni rivojlantirishga alohida yondashuvni qo’llash orqali Aloqa bankbank keyinchalik ham o’zining ichki va xalqaro bozordagi pozitsiyalarini mustahkamlashga harakat qiladi.
Dunyoning asosan yirik banklarida ochilgan vakillik hisob raqamlari orqali turli amaliyotlarni o’tkazish imkoniyatini yaratuvchi keng vakillik tarmog’iga egalik qilib, «Aloqa » bank yirik banklar o’rtasida yetakchi o’rinni egallab turibdi.
Hozirgi kunda, «Aloqa » bankning vakillik banklari (hisob raqami ochish va SWIFT kalit almashish orqali) 370 tadan ko’proqni tashkil etadi. Ulardan 34 tasi bilan turli xil valyutada hisob raqamlari ochilgan: 34 nostro va 38 loro turdagi hisoblar.
Hozirgi kunda vakillik banklarning soni «Aloqa » banki tomonidan mijoz buyurtmasiga asosan bajarilayotgan barcha banklararo amaliyotlarni qamrab olishga imkoniyat beradi. Zarurat tug’ilganda «Aloqa » bank yangi banklar bilan vakillik munosabatlarini o’rnatishga qaratilgan ishlarni tezkor bajarishga tayyor.
«Aloqa » bank yil davomida savdoni moliyalashtirilish sohasida faol ish olib bormoqda, xususan, hozirgi kunda eksport-import operatsiyalar bo’yicha 1 yilgacha bo’lgan qisqa muddatli kreditlardan foydalanilmoqda. Kredit beruvchilar qatorida — JP Morgan Chase (AQSh), Korea Exim Bank (Koreya), UBS AG (Shveytsariya), Commerzbank AG (Germaniya), Landes Bank Berlin AG (Germaniya), Dresdner Bank AG (Germaniya), SMBC (Yaponiya), RBI (Avstriya), CITIBANK (AQSh) va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar mavjud. Xorijiy hamkorlar tomonidan savdoni moliyalashtirish sohasidagi taqdim etilgan kredit liniyalarining umumiy miqdori 500 million AQSH dollaridan oshadi. Ushbu kredit liniyalar doirasida, doimiy ravishda AJ “O’zavtosanoat” (shu jumladan AJ “GM Uzbekistan”), AJ “O’zkimyosanoat”, AJ “O’zagrotexsanoatxolding” kabi boshqa mijozlarning akkreditivlari tasdiqlanyapti.
Savdo bitimlarning asosiy qismi Janubiy Koreya, Germaniya, Rossiya, Hindiston, Turkiya, Shveytsariya, Italiya va boshqa mamlakatlar etkazib beruvchilariga to’g’ri keladi.
✓✓✓ 2019 YIL 11 IYUN KUNI “FITCHRATINGS” XALQARO REYTING AGENTLIGI Aloqa bankBANKIGA QUYIDAGI REYTING BAHOLARINI BERDI:
Emitentning milliy va xorijiy valyutadagi uzoq muddatli defolt reytingi: BВ-, «Barqaror» istiqboli
Emitentning milliy va xorijiy valyutadagi qisqa muddatli defolt reytingi: B, «Barqaror» istiqboli
Barqarorlik reytingi: B
Quvvatlash reytingi: 3
Quvvatlash reytingi darajasi: ВВ-
2020 YIL 24 YANVAR KUNI “MOODY’S”XALQARO REYTING AGENTLIGI Aloqa bankBANKINING QUYIDAGI REYTING BAHOLARINI TASDIQLADI:
Milliy valyutadagi depozitlarning uzoq muddatli reytingi: B1, «Barqaror» istiqboli
Xorijiy valyutadagi depozitlarning uzoq muddatli reytingi: B2, «Barqaror» istiqboli
Milliy va xorijiy valyutadagi qisqa muddatli reytingi: Not Prime
Bankning moliyaviy barqarorlik reytingi: B3
Bankning bazaviy Kredit bahosi: B3
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25 iyul 2011 yildagi “Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi bo’yicha choralar” to’g’risidagi №211 qaroriga muvofiq, 9 dekabr 2011 yilda Aloqa bankbank tomonidan XTUning 8 mln AQSh dollari miqdoridagi vositalarini qayta kreditlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Moliya va Iqtisodiyot Vazirliklari bilan Kelishuv imzolandi.
1-KREDIT LINIYA:
Ushbu liniya doirasida Aloqa bankbank tomonidan AJ “O’ztransgaz”, Oziq ovqat sanoati uyushmasi, AJ “O’zpaxtasanoat” va AJ “O’zmetkombinat” kabi mijozlarning 10,6 mln AQSh dollari miqdoridagi 11ta loyihalari XTUning 8 mln AQSh dollari miqdoridagi vositalarini jalb qilish orqali moliyalashtirilgan.
2-kredit liniya:
2013 yil 28 oktabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.06.2013yildagi “Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi bo’yicha choralar” to’g’risidagi №168 qaroriga muvofiq Aloqa bankbank tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya va Iqtisodiyot Vazirliklari bilan qayta kreditlash to’g’risidagi Kelishuvni imzolash orqali XTUning 33 mln AQSh dollari miqdoridagi qo’shimcha moliyalashtirishni jalb qilish bo’yicha ishlar amalga oshirildi.
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi taqdimotiga ko’ra Aloqa bankbank tomonidan dastlabki qiymati 43,55 mln AQSh dollari bo’lgan 13ta loyiha tanlanib XTUning umumiy miqdori 33,72 mln AQSh dollari bo’lgan mablag’larini jalb qilish orqali moliyalashtirish Jaxon Banki tomonidan ma’qullandi. AJ “O’zbekenergo” (gaz izolyatsiya qiluvchi o’chirib yoqgichlar), AJ “O’zneftgazqazibchiqrish” (chastota konvertori, mikroturbin elektrostansiyalar), AJ “O’ztransgaz” (OSR texnologiyasi bo’yicha elektroenergiya ishlab chiqaruvchi issiqlik uztish uskunasi), AJ “O’zpaxtasanoat” (gidravlik presslar) va Navoiy TMK (ekskavatorlardagi elektrodvigatellarni almashtirish) uchun energiya tejovchi uskunularni sotib olish rejalashtirilmoqda

Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi va “Bank siri to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq banklar uchun majburiy bo‘lgan buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibini belgilaydi.


(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-9, 29.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 10/20/1834-9/1134-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Buxgalteriya hisobining yuritilishi, buxgalteriya ishining to‘g‘ri tashkil etilishi va nazoratning aniq olib borilishi bankning o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajarishini, mavjud va bo‘lg‘usi investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar, shuningdek, bank rahbariyati va xodimlari uchun bank faoliyatiga haqqoniy baho berish imkonini yaratadigan aniq va foydali axborot olishni ta’minlaydi.
2. Ushbu Yo‘riqnomada banklarda buxgalteriya hisobi ishlarini yuritish va buxgalteriya apparatini tashkil qilish tamoyillari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda hujjatlar aylanmasini yo‘lga qo‘yish usullari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan, bank operatsiyalari hisobini yuritish va ularni nazorat qilish qoidalari hamda bajarilgan bank operatsiyalarining qonuniyligi bo‘yicha javobgarlik belgilangan.
Shuningdek, quyidagilarni ta’minlash maqsad qilib qo‘yilgan:
hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to‘g‘ri bajarish hamda ularni buxgalteriya hisobi va hisobotida o‘z vaqtida va aniq aks ettirish;
bank aktivlari, majburiyatlari, daromadlari va xarajatlari hamda kapitali holati va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar to‘plash;
bankning moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar va moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi va bank rahbariyati faoliyatiga baho beruvchi moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun xizmat qiluvchi axborotlar tizimini yaratish;
bank ish kuni tartibiga qat’iy rioya qilish, mijozlarga tez va aniq xizmat ko‘rsatish;
hisob-kitoblardagi mablag‘lar aylanishini tezlashtirish;
bankdan chiqayotgan hujjatlarni tegishli tarzda rasmiylashtirish va buning natijasida ulardan foydalanishni osonlashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ushbu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilishini hamda ular tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi mijozlarning operatsiyalari hisobini yuritishni belgilangan talablarga muvofiqlashtirishni tashkil etish;
bankdagi pul mablag‘lari, moddiy qimmatliklar, shuningdek, qat’iy hisobda turuvchi blankalar kamomadi yoki ortiqchaligiga yo‘l qo‘ymaslik hamda belgilangan tartibda ularning saqlanishini tashkil etish;
operatsiyalarning qonuniyligi hamda to‘g‘riligini doimiy ichki nazorat va auditdan o‘tkazish, ularning natijalari bo‘yicha ma’lumotnomalar tuzish va rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish;
zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda bank operatsiyalari hisobini dasturiy amalga oshirish, hisob ishlarini yuritish hamda hisobotlar tuzishda mehnat va mablag‘ sarfini qisqartirish.
3. Mazkur Yo‘riqnomada berilgan operatsiyalarni amalga oshirish, rasmiylashtirish, hisobini yuritish va nazorat qilish to‘g‘risidagi talablari barcha banklar uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar ushbu Yo‘riqnomada belgilangan qoidalar doirasida o‘zlarining ish xususiyatlarini hisobga olgan holda filial, bank xizmatlari ofisi va boshqa shoxobchalar faoliyatida buxgalteriya hisobini aniq va to‘liq yuritilishi va ichki nazorat samaradorligini ta’minlash maqsadida hamda ularning daromad va xarajatlari hisobini to‘g‘ri yuritish, moliyaviy va soliq hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlash va taqdim qilish hamda pul hisob-kitob hujjatlarini tikish va saqlash tartibotlarini belgilovchi ichki hisob siyosatini ishlab chiqishlari lozim.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
4. Bank xodimlari buxgalteriya hisobida aks ettirilgan bank siriga oid ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga qat’iy amal qilgan holda sir saqlashlari lozim.
5. Ushbu Yo‘riqnoma maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bank amaliyot kuni — bank ish kunining bir qismi bo‘lib, bankka kelib tushgan barcha pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirish uchun ajratilgan vaqt;
Oldingi tahrirga qarang.
bank buxgalteriya apparati — pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish, bank operatsiyalarini bajarish va ularni ichki nazoratdan o‘tkazish hamda hisob registrlarida qayd etish va buxgalteriya hisobotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlar guruhi;
buxgalteriya hisobi registrlari — ikkiyoqlama yozuv usulida operatsiyalar qayd etiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar va tasdiqlangan blanklar;
Bek-ofis — bankning tarkibiy qismi bo‘lib, Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy nazoratdan o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgaltyerlar guruhi.
Bek-ofisning asosiy vazifasi Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tkazilib, ma’qullangan barcha bank operatsiyalarni qaytadan joriy nazoratdan o‘tkazib, ularni ikkiyoqlama yozuv yordamida buxgalteriya registrlarida qayd etish va tegishli hisobotlar tayyorlashdan iborat.
Bek-ofis mijozlar bilan bevosita muloqotda bo‘lmaydi. U, mijozlar operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha Front-ofis bilan, bankning ichki moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha bank ma’muriyati bilan aloqada bo‘ladi.
Bek-ofisga Bek-ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi va u o‘z navbatida bank rahbariga bo‘ysunadi;
dastlabki nazorat — Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning qonunchilikka mos ekanligini aniqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan nazorat;
yordamchi kitob — bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag‘lar turi va qimmatliklar bo‘yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar;
joriy nazorat — Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter ma’qullagan barcha bank operatsiyalarining qonunchilikka mosligini aniqlash maqsadida qaytadan amalga oshiriladigan nazorat. Joriy nazorat pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarining bir-biriga mosligini tekshirishni ham o‘z ichiga oladi;
mas’ul ijrochi buxgalter — mijozlarning pul hisob-kitob hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va bank operatsiyalarining qonuniyligini dastlabki nazoratdan o‘tkazib, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlovchi buxgalter;
Oldingi tahrirga qarang.
bank xizmatlari ofisi — bank filiali binosidan tashqarida joylashgan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq faoliyat yurituvchi bank filial
114. Bosh kitobda bank operatsiyalarini hisobini yuritish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llaniladigan jamlanma ma’lumotlar qayd etiladi. Unda har bir hisobvaraq bo‘yicha kun boshiga qoldiq, kun davomida amalga oshirgan operatsiyalarning aylanmasi va kun oxiriga qoldiq summalari aks ettiriladi.
115. Yordamchi kitoblarda buxgalteriya operatsiyalari batafsil va to‘liq aks ettiriladi. Yordamchi kitoblarning shakli va turlari har bir bank tomonidan mustaqil belgilanadi.
116. Bosh kitob va Yordamchi kitob hisobvaraqlarida hisob operatsiyalari albatta ikkiyoqlama yozuv qoidasiga amal qilgan holda qayd etish yoki ushbu hisobvaraqlar bilan korrespondensiya bo‘lgan hisobvaraqlar raqamlari ko‘rsatilishi shart.
117. Yordamchi kitob hisobvaraqlariga nisbatan olganda Bosh kitob hisobvaraqlari nazorat hisobvaraqlari hisoblanadi. Yordamchi kitobdagi yakuniy summalar har bank ish kunining oxirida, shuningdek oy oxirida, yangi oyning birinchi kuni holatiga ko‘ra ularning Bosh kitobdagi nazorat summasi balansdagi summa bilan bir xil bo‘lishi lozim.
118. Xorijiy valyutadagi operatsiyalar bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblar har bir valyutaning turi bo‘yicha alohida-alohida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘p valyutali buxgalteriya hisobi tizimida bankning asosiy vositalari, kapitali, daromadlari va xarajatlarining hisobi faqat milliy valyutada yuritiladi.
(118-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
119. Bank operatsiyalarini hisob registrlarida qayd etish dasturiy yo‘l bilan amalga oshiriladi.
2 §. Shaxsiy hisobvaraqlarda operatsiyalarni aks ettirish
120. Bank tomonidan amalga oshiriladigan birlamchi operatsiyalarning hisobi dastlab shaxsiy hisobvaraqlarda (kartochkalar, kitoblar, jurnallarda) aks ettiriladi.
121. Shaxsiy hisobvaraqlarga yozuvlar faqat tegishlicha rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hujjatlari asosida kiritiladi. Shaxsiy hisobvaraq quyidagi rekvizitlardan iborat:
shaxsiy hisobvaraqning nomi;
chiqish shaklining raqami;
shaxsiy hisobvaraqni chop etish tartib raqami (ya’ni kompyuter qo‘ygan raqam);
shaxsiy hisobvaraqni tuzgan bank kodi va nomi;
shaxsiy hisobvaraqning raqami va uning nomi;
hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi buxgalterning raqami, uning familiyasi, ismi, otasining ismi;
ishlov berish sanasi;
hisobvaraqdagi so‘nggi harakat sanasi;
kun boshidagi qoldiq summasi;
kun oxiridagi qoldiq summasi;
buxgalteriya yozuvlarining tartibi bo‘yicha raqami;
hujjat turi;
hujjat raqami;
hujjat turi (toifasi);
Oldingi tahrirga qarang.
vakil bankning kodi va nomi;
(121-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
debet bo‘yicha aylanmalar summasi;
kredit bo‘yicha aylanmalar summasi;
debet bo‘yicha aylanmaning umumiy summasi;
kredit bo‘yicha aylanmaning umumiy summasi.
Oldingi tahrirga qarang.
korrespondensiyalanuvchi hisobvaraq raqami va nomi;
to‘lovning maqsadi.
(121-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
122. Shaxsiy hisobvaraqlarda amalga oshiriladigan operatsiyalarda foydalaniladigan to‘lov hujjatlarining turi mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasida nazarda tutilgan shartli raqam belgilarga (shifrlar) muvofiq aniqlanadi.

123. Mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari boshlang‘ich hujjatlar asosida dasturiy yo‘l bilan tayyorlanadi. Mijozga berish uchun shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma bir nusxada chop etiladi va u mijozning hisobvarag‘idan amalga oshirilgan operatsiyalarni bank tomonidan tasdiqlovchi hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ko‘chirma mijoz bilan kelishilgan tartibda uning bankka taqdim qilgan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan shaxslari yoki mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxs tomonidan olinadi.


(123-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-maydagi 15/2-sonli (ro‘yxat raqami 1834-6, 13.06.2016-y.) qarori tahririda— O‘R QHT, 2016-y., 24-son, 293-modda)
Shaxsiy hisobvaraqlardan ko‘chirmalar integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimida tayyorlanadi, ular mijozlarga berilayotganda mazkur mijozga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochi buxgalter (Front-ofis xodimi) imzosi va unga biriktirilgan bank shtampi bilan rasmiylashtiriladi.
Banklar uchun shaxsiy hisobvaraqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur bo‘lgan hollarda integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimining elektron ma’lumotnomalar yagona bazasidagi ma’lumotlardan foydalaniladi.
(123-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 30-dekabrdagi 47/9-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-4, 9.02.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 6-son, 68-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(124-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
124. Bir bank xizmat ko‘rsatuvchi mijozlar o‘rtasidagi to‘lov topshiriqnomasi asosida amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha pul oluvchiga to‘lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi, e’lonnoma asosida topshirilgan naqd pul kirimining tasdig‘i sifatida order ilovalarga qo‘shiladi.
Ko‘chirmalarga ilova qilinadigan hujjatlarga shtamp, shuningdek hujjat shaxsiy hisobvaraq bo‘yicha o‘tkazilgan sana kalendar shtempeli bosilishi kerak (agar bu sana hujjat yozilgan sanaga mos kelmasa). Shtamp faqat ko‘chirmaning asosiy ilovasiga qo‘yiladi. Asosiy ilovada qayd etilgan operatsiyalarning mundarijasi va umumiy summasini tushuntiruvchi hamda talqin etuvchi qo‘shimcha hujjatlarga shtamp qo‘yilmaydi.
Mijozlar hisobvaraqlaridan ko‘chirmalariga ilova qilinadigan, puli to‘langan hisob-kitob hujjatlarining ishlov berishning dastlabki bosqichidayoq, bank shtampi yoki muhri bosiladigan ikkinchi nusxalari, shuningdek kirim-kassa operatsiyalariga doir hujjatlar yuqorida aytilgan shtamp bilan tasdiqlanmaydi.

3 §. Bosh va yordamchi kitoblar


128. Yordamchi kitobdagi ma’lumotlar Bosh kitobda jamlanadi. Bosh kitob ma’lumotlari asosida quyidagilar tuziladi:
balans hisobvaraqlarining kunlik qoldiq summalari — kunlik balans;
balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va kun boshiga va oxiriga qoldiq summalari — aylanma-qoldiq summalari qaydnomasi;
oylik, choraklik va yillik aylanma-qoldiq summalari qaydnomalari.
129. Bosh buxgalterning xohishiga ko‘ra, emissiya-kassa operatsiyalari, xorijiy operatsiyalar, shuningdek “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlari bo‘yicha jamlanma kartochkalar yuritilishi mumkin.
Kassa jurnallari dasturiy yo‘l bilan kassa kirimi va chiqimi bo‘yicha alohida ikki nusxada tuziladi hamda balans hisobvaraqlari va butun jurnal bo‘yicha yakunlar chiqariladi. Yakunlar kassa bilan taqqoslangandan so‘ng, birinchi nusxalar Yordamchi kitob ma’lumotlarini Bosh kitob ma’lumotlari bilan taqqoslash, shuningdek kirim-chiqim hujjatlarini taqqoslash va yig‘majildga tikish hamda har kuni kompyuterda arxivatsiyalash uchun javob beradigan xodimga beriladi.
130. Har kuni dasturiy yo‘l bilan hisobvaraqlar aylanmalari va qoldiqlari to‘g‘risidagi jamlanma ma’lumotlar olinadi. Ularda balans hisobvaraqlarining raqamlari, hisobvaraqlar nomlari, har bir hisobvaraq bo‘yicha kun boshiga qoldiq summasi, debet va kredit aylanmalari hamda kun oxiriga qoldiq summasi ko‘rsatiladi.
4 §. Bosh va Yordamchi kitoblarni tekshirish
131. Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni shu hisobvaraqlarni yuritish topshirilgan buxgalteriya xodimlari nazorat qiladilar. Bunda shaxsiy hisobvaraqlardagi barcha yozuvlar bankning vakolatli xodimlari nazoratidan o‘tgan va operatsiyalar rasmiylashtirilayotganida ular imzolagan tegishli hujjatlarga mosligi, tegishli rekvizitlar va hujjatlarning summalari shaxsiy hisobvaraqlarga to‘g‘ri o‘tkazilganligi tekshiriladi.
132. Shaxsiy hisobvaraqlar aylanmalardagi har bir debet va kredit bo‘yicha yozuvlar summalarini bankning o‘zi rasmiylashtirgan pul hisob-kitob hujjatlari va boshqa banklardan kelgan elektron to‘lov hujjatlaridagi summalari bilan birma-bir solishtirish orqali tekshiriladi.
133. Shaxsiy hisobvaraqlardagi kun boshidagi qoldiq summalari ularni o‘tgan kundagi shaxsiy hisobvaraqlar qaydnomasining kun oxiridagi qoldiqlar summalari bilan solishtirish orqali tekshirib chiqiladi.
134. Shaxsiy hisobvaraqlarning kun oxiridagi qoldiqlari kundalik aylanma-qoldiq summalar qaydnomasi bo‘yicha hamda quyidagilar taqqoslash yo‘li bilan tekshiriladi:
hisobvaraq raqami, hisobvaraq nomi va kun oxiridagi qoldiq (bu qoldiq shaxsiy hisobvaraqlardagi qoldiqlar bilan taqqoslanadi).
Bosh kitobning nazorat hisobvaraqlaridagi ma’lumotlar Yordamchi kitobdagi tegishli hisobvaraqlarning yakuniy summalari bilan taqqoslanadi. Agar dastlabki yozuvlarda xato bo‘lmasa, summalar teng chiqadi.
5 §. Kunlik balans hisobotini tayyorlash va taqdim qilish
135. Banklar kunlik bajarilgan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan shaklda kunlik balans hisoboti tuzadi. Kunlik balans hisoboti Bosh bank tomonidan butun bank bo‘yicha yagona qilib tayyorlanadi.
Bosh bankning Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti (boshqarmasi) tomonidan yagona balans hisobotini tuzish ustidan monitoring o‘rnatiladi.
136. Yagona balans “Bank binosidan tashqarida joylashgan mas’ul ijrochi buxgalter” qoidasi asosida shakllantiriladi. Bunda, ma’lumotlarni qayta ishlovchi Bosh server Bosh bankda, filiallarda esa yagona lokal hisoblash tarmog‘iga ulangan buxgalter, iqtisodchi, filial rahbariyati va boshqa xodimlarning ishchi stansiyalari joylashgan bo‘ladi.
Filiallarda barcha pul hisob-kitob hujjatlari (to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasi, inkassa topshiriqnomasi, akkreditivga ariza, memorial ordyerlar, inkasso qilingan pul tushumlariga ilova ro‘yxati, e’lonnoma va pul cheklari) asosida amalga oshirilayotgan operatsiyalar maxsus o‘rnatilgan belgilar sifatida Bosh serverga avtomatik uzatiladi va shu zahoti Bosh serverda aks ettiriladi.
137. Har ish kuni oxirida Bosh bankda kun davomida amalga oshirilgan operatsiyalarning banklararo, filiallararo va ichki bank operatsiyalariga bo‘lingan holdagi ro‘yxati tayyorlanadi. Bu operatsiyalarning jamlanma summasi kun mobaynida amalga oshirilgan butun bank operatsiyalari summasiga teng bo‘lishi lozim.
138. Bosh bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Axborotlashtirish bosh markazidan END faylni olgandan so‘ng, kun yopish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalarni bajaradi va shu zahoti o‘zining filiallariga kun davomida amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida END faylga mos bo‘lgan nazorat faylini yuboradi.
139. Bank filiallari o‘rnatilgan tartibda kunlik buxgalteriya hujjatlarini yig‘majildga tikishlari va ularni balans ma’lumotlari bilan solishtirishlari lozim.
140. Har bir hisobot shakli filial rahbari va bosh buxgalteri tomonidan sinchiklab tekshiriladi.
Bosh bank rahbarlari balans bo‘lmagan, hisobda tartibga solinmagan tafovutlar chiqqanda va bir kun davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatilishi ta’minlanmagan hollarda bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur barcha chora-tadbirlarni ko‘rishi lozim.
Bank filiallari rahbarlari va bosh buxgaltyerlari balans chiqmaganligi haqida belgilangan muddatda Bosh bankka xabar qilmasalar, ularga nisbatan egallab turgan lavozimlaridan ozod qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.
141. Balansning to‘g‘ri tuzilganligi quyidagi tartibda tekshiriladi:
kunlik balansning aktiv va passivlarning qoldiqlar bo‘yicha yakunlari tengligi (aktiv hisobvaraqlari qoldiqlarining majburiyatlar hisobvaraqlari qoldiqlari plyus kapital hisobvaraqlari qoldiqlariga tengligi);
“Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlari qoldiqlari yakunining to‘g‘riligi, shu hisobvaraqlar bilan ularga tegishli kontr-hisobvaraqlar qoldiqlarining o‘zaro tengligi;
aktiv hisobvaraqlarda kredit qoldiq (kontr-aktiv hisobvaraqlardan tashqari), passiv hisobvaraqlarda debet qoldiq (kontr-passiv hisobvaraqlardan tashqari) bo‘lmasligi;
aktiv hisobvaraqlarga ochilgan kontr-aktiv hisobvaraqlar qoldig‘i shu aktiv hisobvaraq qoldig‘idan ortiq bo‘lmasligi, passiv hisobvaraqlarga ochilgan kontr-passiv hisobvaraqlar qoldig‘i shu passiv hisobvaraq qoldig‘idan ortiq bo‘lmasligi;
Bosh bankda ochilgan 16100 va 22200-hisobvaraqlari qoldiqlari hamda ular bo‘yicha ochilgan ikkinchi tartibli mos hisobvaraqlarning qoldiqlari o‘zaro teng bo‘lishi;
asosiy vositalar, daromadlar va xarajatlar hamda bank kapitali hisobi faqat milliy valyutada yuritilishini ta’minlash va balansning rezident va norezident ustunlarini shunga mos ravishda to‘ldirilganligi.
Oldingi tahrirga qarang.
142. Balansning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng bank (filial) tomonidan kunlik buxgalteriya hisoboti sifatida bir nusxada balans chop etiladi va kunlik yig‘majildga tikiladi.
Bosh bankda butun bank bo‘yicha yagona balansning kunlik chop etilishi bank tomonidan mustaqil belgilanadi. Filiallari mavjud bo‘lmagan banklar mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartibda chop etadi.
(142-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
143. Bankning yagona balansi bank rahbari va Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori (boshqarma boshlig‘i) tomonidan imzolanadi.
(143-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
Filiallar balansi filial boshqaruvchisi va uning bosh buxgalteri tomonidan, kassa operatsiyalari bo‘yicha hisobotlarga ulardan tashqari kassa mudiri yoki mas’ul kassa xodimi imzo chekadi.
Oldingi tahrirga qarang.
144. Banklar balansi boshqa zarur ma’lumotlar bilan birgalikda Markaziy bankka taqdim qilish uchun Bosh serverdan Bank tizimi ma’lumotlar ombori (bundan keyingi o‘rinlarda BTMO deb yuritiladi)ga uzatiladi.
(144-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-7, 09.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1834-7/0866-son)
Oldingi tahrirga qarang.
145. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti tijorat banklari va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy Bosh boshqarmalarining balanslarini alohida jamlab, so‘ngra butun respublika banklari bo‘yicha yig‘ma balans tuzadi.
(145-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-7, 09.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1834-7/0866-son)
Oldingi tahrirga qarang.
146. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank balansi Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti tomonidan, tijorat banklari balanslari Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti tomonidan tahlil qilinadi.
(146-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-7, 09.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1834-7/0866-son)
Oldingi tahrirga qarang.
147. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning departamentlari BTMO dan o‘rnatilgan tartibda balans va boshqa tegishli ma’lumotlar olishi mumkin.
(147-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-7, 09.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1834-7/0866-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51 §. Ko‘p valyutali buxgalteriya hisobida hisobvaraqlarni yuritish va qayta baholash
1471. Bitta valyutada amalga oshiriladigan operatsiyalar faqatgina ushbu valyutaning Bosh kitobiga yoziladi. Masalan, AQSh dollarida amalga oshirilgan operatsiyalar AQSh dollaridagi Bosh kitobda, so‘mda amalga oshirilgan operatsiyalar esa so‘mdagi Bosh kitobda hisobga olinadi.
1472. Valyuta kross-operatsiyasi ikkita valyutani o‘z ichiga oladi:
a) ikki xil valyutani o‘z ichiga oladigan operatsiyalar ushbu valyutalardagi har bir Bosh kitobda valyuta pozitsiyasining tegishli hisobvaraqlariga aloqador bo‘lgan buxgalteriya yozuvlari yordamida balanslanadi;
b) chet el valyutasi va so‘mda amalga oshirilgan operatsiyalar chet el valyutasidagi Bosh kitobda va so‘mdagi Bosh kitobda qayd etiladi;
v) ikki xil chet el valyutalarida amalga oshirilgan operatsiyalar ushbu ikki valyutaga tegishli Bosh kitoblarda qayd etiladi.
1473. Valyuta kursi o‘zgarishidan ko‘rilgan foyda yoki zararlarni aniqlash va moliyaviy hisobotni tuzish maqsadlarida chet el valyutasida qayd etilgan aktiv va majburiyat hisobvaraqlari qoldiqlarini qayta baholanishi har bir oyning oxirgi ish kunida o‘tkaziladi. Jamlanma balans hisobotini tuzish uchun qayta baholash oyning istalgan kunida o‘tkazilishi mumkin. Ushbu holatlarda bir xil qayta baholash qoidalari qo‘llaniladi.
Bunda bankning chet el valyutalari bo‘yicha hisobvaraqlarining qoldiqlari (aktiv va majburiyatlari) balans tuzish sanasiga Markaziy bankning kursi asosida qayta baholanadi.
1474. Qayta baholash har kuni buxgalteriya yozuvlarisiz dasturiy tarzda faqatgina jamlanma balans hisobotini tuzish uchun o‘tkaziladi. Qayta baholangan aktiv va majburiyatlarning ikkita yakuniy summalari o‘rtasidagi farq valyuta bo‘yicha kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag‘ining yangi qoldig‘ini o‘zida aks ettiradi.
1475. Har oyning oxirida moliyaviy hisobotda qayd etish uchun qayta baholash natijasida ko‘rilgan foyda va zararlar aniqlanadi. Qayta baholash natijasida ko‘rilgan foyda va zararlarni aniqlash tartibi quyidagicha:
a) alohida valyutalarning Bosh kitoblari ma’lumotlaridan kelib chiqqan holda balans tuzish sanasidagi har bir valyuta bo‘yicha aktiv va majburiyatlarning barcha qoldiqlari jamlanadi. Aktiv va majburiyatlar yakuniy summalari o‘rtasidagi farq ushbu Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag‘i qoldig‘iga teng bo‘lishi lozim;
b) chet el valyutasida qayd etilgan aktiv va majburiyatlar tegishli ravishda yuqorida belgilangan kurslar asosida so‘mga aylantiriladi;
v) qayta baholangan aktiv va majburiyatlarning ikkita yakuniy summalari orasidagi farq valyuta bo‘yicha kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag‘ining yangi qoldig‘ini aks ettiradi. Bu yangi qoldiq so‘m bo‘yicha kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag‘ining tegishli qoldig‘i bilan taqqoslanadi.
1476. Olingan farq qayta baholashdan keyingi foyda yoki zararni tashkil etadi va tegishli ravishda quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
Debet 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”
Kredit 45401 “Spot bitimi bo‘yicha chet el valyutalaridagi foyda”
yoki
Debet 55302 “Spot bitimlari bo‘yicha chet el valyutalaridagi zarar”
Kredit 17101 “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”
Bunda, so‘m bo‘yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag‘i chet el valyutasi bo‘yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag‘ining yangi qoldig‘iga mos kelgunga qadar doimiy ravishda tartibga solib turiladi. Bunday tartibga solinishdagi debet yoki kredit buxgalteriya yozuviga muvofiq qayta baholashdan olingan foyda yoki zarar aks ettiradi.
1477. Qayta baholashdan so‘ng quyidagi hollarda foyda olinadi:
agar chet el valyutasi bo‘yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag‘ining yangi kredit qoldig‘i so‘m bo‘yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag‘ining korrespondensiyalanuvchi debet qoldig‘idan ortiq bo‘lsa;
agar chet el valyutasi bo‘yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag‘ining yangi debet qoldig‘i so‘m bo‘yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag‘ining korrespondensiyalanuvchi kredit qoldig‘idan kam bo‘lsa.
1478. Qayta baholashdan so‘ng quyidagi hollarda zarar ko‘riladi:
agar chet el valyutasi bo‘yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag‘ining yangi kredit qoldig‘i so‘m bo‘yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag‘ining korrespondensiyalanuvchi debet qoldig‘idan kam bo‘lsa;
agar chet el valyutasi bo‘yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag‘ining yangi debet qoldig‘i so‘m bo‘yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag‘ining korrespondensiyalanuvchi kredit qoldig‘idan ortiq bo‘lsa.
1479. Chet el valyutasini sotib olish operatsiyalarining hamda valyutani qayta baholashdan keyin foyda va zararlarni aniqlashning buxgalteriya hisobi bo‘yicha misollar mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasida keltirilgan.”.
(51 paragraf O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
6 §. Buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatish
148. Kunlik balans hisobotlari va shaxsiy hisobvaraqlarga qo‘lda biron-bir tuzatishlar qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Summalarni o‘chirib yozish va tuzatish, shuningdek o‘chiruvchi suyuqliklardan foydalanib, ularga tuzatishlar kiritish qat’iyan taqiqlanadi.
149. Bank ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilib O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga jo‘natilganidan so‘ng, xato yozuvlar aniqlangan hollarda, ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga ertasi bank ish kuni teskari buxgalteriya yozuvlari kiritish (storno berish) yo‘li bilan, tuzatish memorial ordyerlari asosida to‘g‘rilanishi lozim. Bunday hollarda hisobvaraqlardan summalar mijozlarning roziligisiz hisobdan chiqariladi. Bu haqda bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi shart.
150. Tuzatish ordyerlari, agar mijozlarga bitta bank filiali xizmat ko‘rsatsa to‘rt nusxada tuzilishi lozim. Ularning birinchi nusxasi order bo‘lib xizmat qiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalari mijozlar uchun debet va kredit yozuvlari bo‘yicha bildirishnomalar bo‘lib hisoblanadi, to‘rtinchi nusxa esa order kitobchasida qoladi. Bu kitobcha bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosarida saqlanishi lozim. Ordyerlarga boshqa hujjatlardan farqlanadigan tartib raqamlari qo‘yilishi shart.
Tuzatish orderi matnida qachon va qaysi hujjatda xato yozuvga yo‘l qo‘yilgani ko‘rsatilishi kerak. Agar unga mijoz arizasi sabab bo‘lgan bo‘lsa, shu sabab ko‘rsatiladi. Bunda memorial orderning to‘rtinchi nusxasining orqa tomoniga kimning aybi bilan xatolikka yo‘l qo‘yilganligi qayd etiladi, ijrochining, shuningdek noto‘g‘ri yozuvni nazoratdan o‘tkazgan shaxsning lavozimi va familiyasi ko‘rsatiladi. Tuzatish memorial ordyerlari tuzilishida asos bo‘lgan arizalar kitobga tikilgan memorial ordyerlar bilan birga saqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
151. Summasi keyinchalik teskari buxgalteriya o‘tkazmalari bilan tuzatilgan shaxsiy hisobvaraqdagi xato yozuv qarshisiga albatta “To‘g‘rilangan” belgisi qo‘yilishi, to‘g‘rilash kiritilgan sana va to‘g‘rilangan memorial orderining raqami ko‘rsatilishi shart. Bu qayd to‘g‘rilangan memorial orderini imzolagan bosh buxgalter (Bek-ofis boshlig‘i, yetakchi buxgalter) yoki uning o‘rinbosari (bo‘lim boshlig‘i) imzosi bilan tasdiqlanadi.
(151-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
152. Bosh buxgalter (Bek-ofis boshlig‘i, yetakchi buxgalter) to‘g‘rilangan memorial ordyerlarning kitobchada qolgan nusxalaridan foydalanib, xodimlarning ishidagi xatolar hisobini yuritadi va ushbu xatolar sabablarini o‘rganib ishni yaxshilash choralarini ko‘radi.
(152-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
153. Banklararo va filiallararo elektron to‘lovlar bo‘yicha xatolarni memorial ordyerlar bilan to‘g‘rilash qat’iyan man etiladi. Banklararo va filiallararo elektron to‘lovlar bo‘yicha xatolarni to‘g‘rilash uchun xatolikka yo‘l qo‘ygan (tashabbuskor) bank filiali, xato elektron to‘lovi jo‘natilgan (benifitsiar) bankka “Lotus-Notes” aloqa elektron pochtasi orqali xato o‘tkazilgan to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rsatgan holda, xato yuborilgan to‘lov hujjatini qaytarish to‘g‘risida iltimosnoma xati jo‘natadi. Bu holda, xato o‘tkazilgan mablag‘ni qaytarilmasligidan qat’i nazar, tashabbuskor bank mablag‘ni xatolik aniqlangan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan “19997 – Boshqa aktivlar” hisobvarag‘i orqali oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazishi shart.
7 §. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash
154. Banklar buxgalteriya hujjatlarini but saqlanishini ta’minlashlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Buxgalteriya hujjatlarini saqlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etilishi hamda bu ishlar to‘g‘ri tashkil qilinishi uchun javobgarlik banklar rahbarlari va bosh buxgaltyerlari zimmasiga yuklatiladi. Bank rahbari va bosh buxgalter bank xodimlariga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishi, xodimlarga hujjatlarni javonlar va boshqa omborlarda saqlash uchun muayyan joylarni ajratib berishi va biriktirib qo‘yishi, zarur hollarda hujjatlarni bexatar joylarga olib chiqish tartibi va navbatini belgilashi lozim.
(154-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-maydagi 15/2-sonli (ro‘yxat raqami 1834-6, 13.06.2016-y.) qarori tahririda— O‘R QHT, 2016-y., 24-son, 293-modda)
155. Banklarda har kuni bank amaliyoti kuni tugallanganidan keyin axborotlar o‘rnatilgan tartibda arxivlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
156. Bank amaliyot kuniga tegishli buxgalteriya hujjatlari ularning saqlash muddatlari bo‘yicha alohida yig‘majildlarga tikilgan holda saqlanadi. Hujjatlarni tayyorlash bilan yig‘majildlarni rasmiylashtirish vazifasi topshirilgan xodim shug‘ullanadi.
(156-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-2, 22.05.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 21-son, 276-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
157. Kunlik yig‘majildga quyidagi hujjatlar tikiladi:
bank mijozlari to‘lov hujjatlarining yoki bank mijozlarining hisobvaraqlariga qo‘yilgan talablar bo‘yicha qog‘ozda taqdim etilgan to‘lov hujjatlarining asl nusxasi;
bank mijozlari bilan shartnomada belgilangan hisob-kitoblar bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlar uchun qo‘llanilgan memorial ordyerlarning birinchi nusxasi;
bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lov hujjatlarining ro‘yxati (mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasi);
bankning barcha hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning ikkinchi tartibli balans hisobvaraqlari bo‘yicha umumiy summasi ko‘rsatilgan ro‘yxati (mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasi);
kunlik balans hisoboti.
Kunlik buxgalteriya jurnali elektron ko‘rinishda o‘rnatilgan tartibda saqlanadi va zarur hollarda hujjatlar ro‘yxati kunlik buxgalteriya jurnalining tegishli qismidan dasturiy yo‘l bilan olinadi.
(157-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1571. Kunlik buxgalteriya hujjatlari yig‘majildini shakllantirish va saqlash imkoni bor bo‘lgan bank xizmatlari ofislarida kunlik yig‘majildga mazkur Yo‘riqnomaning 157-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar (kunlik balans hisoboti bundan mustasno) tikiladi.
(1571-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
158. Kassa hujjatlari “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnoma” (ro‘yxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) talablari asosida kassa xodimlari tomonidan alohida yig‘majildga tikiladi. Kunlik buxgalteriya yig‘majildiga kirim va chiqim kassa jurnallari o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan holda tikiladi.
(158-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
159. Qimmatbaho metallar, chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalar va boshqa bank ichki xo‘jalik operatsiyalarga doir, ya’ni asosiy vositalar, bankning daromad hamda xarajatlar operatsiyalari bo‘yicha hujjatlarning saqlash muddatlari turlicha bo‘lganligi uchun ular alohida yig‘majildlarga joylanadi.
Asosiy vositalar va turli daromad hamda xarajatlar bilan bog‘liq operatsiyalar, bankning boshqa xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar yig‘majildiga to‘lov hujjatlari bilan birga kassa hisobvarag‘i bilan korrespondensiyalashgan va kassa ordyerlarini (to‘lovnomalar, ish haqi to‘lash qaydnomalari, arizalar va boshqalar) to‘ldirishda asos bo‘lgan asl nusxadagi hujjatlar ham tikiladi.
160. Taxlanib tikilgan (broshyuralangan) hujjatlar kunlik buxgalteriya jurnalidagi ro‘yxat bilan solishtirilib chiqiladi va ularning summasi aylanmalarining yig‘ma ma’lumotlarini aylanmalar yakunlari bilan (bunda ayrim hisobvaraqlarning aylanmalaridan tashqari) taqqoslanadi.
161. Bosh buxgalterning xohishiga ko‘ra, axborotni shaxsiy kompyuterga kiritish uchun tayyorlangan hujjatlar bog‘lamlari shakllantirilishi mumkin. Bunda hujjatlar yig‘majildiga ularni dasturiy yo‘l bilan chiqarilgan ro‘yxati (kunlik buxgalteriya jurnali)ning tegishli qismi bilan joylashtiriladi.
162. Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga tegishli hujjatlar ham hisoblab chiqilib, ularning summalari buxgalteriya jurnallaridagi ma’lumotlar bilan yoki aylanmalar jamlanma ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
163. Broshyuralangan hujjatlar yig‘majildining muqovasi mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq rasmiylashtiriladi.
164. Taxlangan hujjatlarga shu hisobvaraqni yurituvchi mas’ul ijrochi buxgalteriya xodimi imzolagan kunlik buxgalteriya operatsiyalari ro‘yxatining tegishli qismi ilova qilinadi. Agar hujjatlar dastalangan bo‘lsa, ular dastalarni mas’ul ijrochi buxgaltyerlar qirqimi bo‘yicha kunlik buxgalteriya jurnaliga qarab hisoblab chiqilishi mumkin, biroq bu hujjatlarni tayyorlagan xodim kun davomida o‘tkazilgan buxgalteriya operatsiyalariga doir barcha hujjatlarning shu dastada borligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Hujjatlarni tayyorlash topshirilgan mas’ul xodim ilovasi bor bo‘lgan hujjatlarda bu ilovalar qanchaligi ko‘rsatilganini va ular haqiqatan ham mavjudligini sinchiklab tekshirishi lozim.
165. Yakunlangan kun hujjatlari keyingi bank ish kunidan kechiktirilmay, yuqorida qayd etilgan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Rasmiylashtirish tugallanmagan hujjatlar albatta metall shkaflarda saqlanishi lozim. Uzoq vaqt saqlanadigan, shuningdek bankning ichki operatsiyalarga taalluqli hujjatlari alohida yig‘majildlarga joylanishi kerak.
166. Qoida bo‘yicha bu hujjatlar har kuni tayyorlanadi. Muqovada buxgalteriya hujjatlari soni va umumiy summasi bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlagan xodim, bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari imzolari bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
167. Operatsiyalar hajmi kam bo‘lgan banklarda o‘tgan yilga tegishli bo‘lgan uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar bank rahbari xohishiga ko‘ra, yil yakunlangandan so‘ng shakllantirilishi mumkin. Bunday hollarda yil tugagunicha bu hujjatlar yig‘majildda to‘plab borilishi va omborda yoki metall shkafda bosh buxgalter javobgarligi ostida saqlanishi lozim.
(167-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-maydagi 15/2-sonli (ro‘yxat raqami 1834-6, 13.06.2016-y.) qarori tahririda— O‘R QHT, 2016-y., 24-son, 293-modda)
Uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar taxlanayotganda yig‘majildda har bir kun uchun qistirma varaqlar qo‘shilishi, ularda shu kun uchun buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslangan har bir hisobvaraq debeti va krediti bo‘yicha hujjatlar summalari ko‘rsatilishi kerak, yig‘majild muqovasida esa buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslangan har bir hisobvaraq debeti va krediti bo‘yicha hujjatlarning umumiy summasi qayd etiladi.
168. Buxgalteriya va kassa hujjatlari umumiy yig‘majildlariga bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari imzolagan ma’lumotnomalar joylanadi. Bu ma’lumotnomalar har bir hisobvaraq debeti, shuningdek alohida yig‘majildlarda saqlanayotgan har bir “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvarag‘ining kirim va chiqimi bo‘yicha hujjatlar summalari to‘g‘risida tuzilgan bo‘lishi kerak.
169. Hujjatlarni saqlashga mas’ul xodim hujjatlarning to‘la va but saqlanishini ta’minlashi shart. Ular bosh buxgalter, uning o‘rinbosari yoki bo‘lim boshlig‘ining ruxsatisiz boshqalarga hujjatlarini ko‘rib chiqishlariga yo‘l qo‘ymasliklari lozim.
170. Quyidagi hujjatlar saqlanishi shart:
Omborda yoki metall shkaflarda:
a) tugagan yil uchun yillik hisobotning tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan nusxasi hamda so‘nggi tugagan oy uchun oylik balans va uning barcha ilovalari;
b) joriy oyning birinchi kuni uchun tekshiruv qaydnomalari;
v) fuqarolar omonatlari bo‘yicha amaldagi shaxsiy hisobvaraqlari;
g) oxirgi 12 oy uchun kassa hujjatlari;
d) joriy oy uchun kirim-chiqim hujjatlari;
e) binolar va inshootlar, xo‘jalik anjomlari, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobi yuritiladigan hisobvaraqlar bo‘yicha daftarlar.
Qo‘riqlanadigan xonadagi metall shkaflar, sandiqlar yoki qutilarda:
a) amaldagi shaxsiy hisobvaraqlar kartotekalari (omonatlar bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari), amaliyot jurnallari, kitoblar, imzolar namunalari qo‘yilgan kartochkalar, ish haqi to‘lash uchun berilgan mablag‘lar hisobini yuritish kartochkalari, foizlarni hisoblash qaydnomalari;
b) amal qilib turgan va arxivdagi pensiya varaqlarining hamda bir marta pensiya va nafaqalar to‘lash to‘g‘risidagi topshiriqnomalarning kartotekalari.
171. Mijozlarning ularga hisobvaraqlar ochish to‘g‘risidagi arizalari barcha zarur hujjatlar bilan birga har bir mijoz bo‘yicha tutiladigan alohida yig‘majidlarda saqlanishi lozim. Bunday yig‘majildlardan hujjatlarning chiqarib olinishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu yig‘majildga imzo huquqi o‘zgargani to‘g‘risidagi yozishmalar, hisobvaraqni tasarruf etish vakolatini belgilovchi hujjatlar, ssuda hisobvaraqlari ochish to‘g‘risidagi majburiyat arizalari, shuningdek hisobvaraqlar ochish haqidagi farmoyishlarning nusxalari tikiladi. Har bir yig‘majildga talab qilib olingunga qadar saqlanadigan depozit hisobvarag‘ining raqami qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqlarni yuridik rasmiylashtirish bilan bog‘liq hujjatlarni saqlash vazifasi bosh buxgalter (Bek-ofis boshlig‘i) yoki uning o‘rinbosari, yetakchi buxgalter zimmasiga yuklatiladi. Ushbu yig‘majildlar qulflanadigan javonlarda saqlanishi lozim. Amaldagi imzo namunalari amaliyot bo‘limi xodimlarining qulflanadigan kartotekalarida saqlanishi lozim.
(171-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqlarni yuridik rasmiylashtirish bilan bog‘liq o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlar yig‘majildda qoldiriladi va ular ustiga chiziq tortilib yangi hujjatlar bilan almashtirilgani yozib qo‘yiladi. Imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha almashtirilayotganda o‘z kuchini yo‘qotgan varaqchalar nusxalaridan biri mijozning yuridik yig‘majildiga tikiladi, qolganlari esa yo‘q qilinadi.
(171-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
172. Buxgalteriya hisobiga tegishli barcha materiallar (o‘tgan oylar uchun buxgalteriya hujjatlari bank arxiviga topshirilgunga qadar, buxgalteriyaning stellajlar va temir javonlar bilan jihozlangan joriy arxiv hujjatlar but saqlanishi uchun javob beradigan maxsus ajratilgan xodim qo‘l ostida bo‘ladi.
Agar omborda joy yetmasa, aynan shu xodim buxgalteriyadagi temir javonlarda saqlanadigan hujjatlarning daxlsizligiga javob beradi.
173. Omborda va joriy arxivda saqlanayotgan buxgalteriya hujjatlariga doir ma’lumotlar kassa hujjatlari bo‘yicha javobgar xodim huzurida, bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari (bo‘lim boshlig‘i) imzolagan talabnomalar asosida olinadi. Ma’lumot olish uchun ruxsat berilgan bank xodimi kassir yoki joriy arxivni boshqaruvchi xodim kuzatuvida ishlashi lozim. Hujjatlar uchun javobgar shaxslar ma’lumot olishga ruxsat berilgan xodimlar tomonidan hujjatlarga biror-bir tuzatishlar va yozuvlar kiritilmasligini kuzatib turishlari shart.
Ombor va joriy arxivdan kirim-chiqim hujjatlari bosh buxgalterning yozma ruxsati bo‘yicha beriladi. Kun oxirida hujjatlar qaytarilishi shart.
174. Arxiv hujjatlari faqat qonun hujjatlarining talablari asosida olinishiga yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatning asl nusxasi olinayotganda bu haqda ikki nusxada dalolatnoma yoki bayonnoma tuzilib unga bank rahbari yoxud uning o‘rinbosari, bosh buxgalter va hujjatni talab qilgan tashkilot vakili imzo chekadi. Dalolatnoma yoki bayonnomada aynan qanday hujjat olinayotgani, uning kimning talabiga va ruxsatiga ko‘ra olinayotgani aniq ko‘rsatilishi kerak. Dalolatnoma yoki bayonnomaning ikkinchi nusxasi yuqorida qayd etilgan vakilga topshiriladi. Hujjatning olingan asl nusxasi o‘rniga bosh buxgalter tasdiqlagan nusxa hamda dalolatnoma yoki bayonnomaning birinchi nusxasi va hujjatni olish xususidagi talabnoma qo‘yiladi. Bu talabnomada asl hujjatni olgan shaxs imzosi ham bo‘lishi lozim. Hujjat olingani to‘g‘risida bosh buxgalter shu hujjat turgan yig‘majild muqovasiga yozib, imzo chekadi.
175. Bir yilning turli sanalariga tegishli kirim-chiqim hujjatlari bir vaqtning o‘zida olinayotgan hollarda bu hujjatlarning barchasi uchun bitta dalolatnoma yoki bayonnoma tuzilib, unga shu hujjatlar ro‘yxati kiritiladi. Mazkur hujjatlarning asl nusxasi o‘rniga uning nusxasi, hujjatni olish to‘g‘risidagi talabnoma, dalolatnoma yoki bayonnomaning birinchi nusxasi qo‘yiladi, boshqalarining o‘rniga esa shu hujjatlar nusxalari qo‘yilib, ularda hujjatni olish to‘g‘risidagi talabnoma qayerda saqlanayotgani yoziladi.
O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
1-ILOVA
Bank tizimining bosh buxgaltyerlari to‘g‘risida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi banklari (filiallari)ning bosh buxgaltyerlariga taalluqli bo‘lib, bosh buxgaltyerlarning vazifalari, huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, banklarda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish uchun bank rahbari javobgar hisoblanadi hamda u buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi lozim.
Bosh buxgalterning xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlar asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo‘yicha talablari bankning barcha xodimlari uchun majburiydir. Bank rahbari bankning barcha bo‘linmalari, xizmatlari va hisobni yuritishga aloqador xodimlari tomonidan mazkur talablarga rioya etilishini ta’minlashi shart.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-maydagi 15/2-sonli (ro‘yxat raqami 1834-6, 13.06.2016-y.) qarori tahririda— O‘R QHT, 2016-y., 24-son, 293-modda)
3. Bosh buxgalter bankda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etilishini hamda Bank Kengashi tomonidan tasdiqlangan Hisob siyosatini amalga oshirilishini ta’minlaydi. Zarur hollarda Hisob siyosatiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Bankning bosh buxgalteri bank rahbarining buyrug‘i bilan tayinlanadi va ozod qilinadi. Filiallari mavjud banklarda filial bosh buxgalteri lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish bank boshqaruvi raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan, Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori (boshqarma boshlig‘i) bilan kelishilgan holda tayinlanadi. Shuningdek, u bevosita bank rahbariga, buxgalteriya hisobini tashkil etish, hisobotlar tuzish, nazorat qilish tartibi va metodikasi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha esa, bevosita Bosh bank Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori (boshqarma boshlig‘i)ga bo‘ysunadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
5. Bank bosh buxgalteri boshchilik qiladigan buxgalteriya hisobi bo‘limi mustaqil tarkibiy bo‘linma bo‘lib hisoblanadi va boshqa biron-bir bo‘linma tarkibiga kirmasligi lozim. Buxgalteriyaning barcha xodimlari, shu jumladan bosh buxgalter o‘rinbosari va bankdan tashqarida joylashgan kassir va nazoratchilar bosh buxgalterga bo‘ysunadilar.
II. Malakaviy talablar
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Banklarda bosh buxgalter lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod shaxslarga nisbatan malaka talablari Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga (ro‘yxat raqami 2989, 2018-yil 30-mart) muvofiq belgilanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
8. Bosh buxgalter o‘z ish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga va buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotlarni tuzish bo‘yicha boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga asoslanib ish yuritadi.
9. Bosh buxgalter quyidagilarni bilishi shart:
a) buxgalteriya hisobi qonunchiligini;
b) fuqarolik huquqi, bank, moliya, soliq va xo‘jalik qonunchiligining buxgalteriya hisobini yuritishga tegishli qismini;
v) bank tuzilishi, strategiyasi va uning rivojlanish istiqbollarini;
g) bankning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga, buxgalteriya hisobini tashkil etishga va moliyaviy hisobotlarni tuzishga tegishli normativ-huquqiy va uslubiy hujjatlarni;
d) soliq, statistika, boshqaruv va moliyaviy hisoblarni;
e) operatsiyalarni rasmiylashtirish va hisob uchastkalarida hujjatlar aylanishini tashkillashtirish tartibi, pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari, shuningdek boshqa tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash va sarflash (chiqim qilish) tartibini;
yo) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa tovar-moddiy zaxiralarni kirim qilish va hisobdan chiqarish tartibini, shuningdek, debitor va kreditor qarzdorlikni hisobdan chiqarish, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblash, mulkni baholash va qayta baholash tartibini;
j) debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob qilish qoidalarini;
z) yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish shartlarini;
i) mulk va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish tartibini;
y) buxgalteriya, soliq, statistika hisobotlarini tuzish tartibi va muddatlarini;
k) bank moliya-xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy tahlilini, bank ichki zaxiralarini aniqlashni;
l) tekshiruvlarni o‘tkazish va hujjatli taftish qilish tartibini;
m) buxgalteriya hisobi bo‘yicha kompyuter dasturlari, buxgalteriya hisobi va moliyani boshqarish sohasida zamonaviy ma’lumotlar va axborot tizimini;
n) buxgalteriya hujjatlarini saqlash va axborotlarni himoya qilish tartibini;
o) mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish tartibi va me’yorlarini;
p) ishlab chiqarish texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini;
r) buxgalteriya hisobini tashkil qilishning ilg‘or milliy va xorij tajribalarini.
10. Bosh buxgalter zimmasiga pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bog‘liq vazifalar, shuningdek bank rahbari vaqtincha ishda bo‘lmagan vaqtda uning vazifalarini bajarib turish yuklatilishi mumkin emas. Bosh buxgalterga bevosita cheklar va boshqa hujjatlar asosida bank uchun mablag‘ va tovar-moddiy qimmatliklarni qabul qilish taqiqlanadi.
11. Bosh buxgalter vaqtincha ishda bo‘lmagan vaqtda (xizmat safari, ta’til, kasallik va shu kabilar) bosh buxgalterning huquq va majburiyatlari uning o‘rinbosariga, o‘rinbosar ham ishda bo‘lmagan taqdirda, bank rahbarining alohida buyrug‘i asosida boshqa mansabdor shaxsga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 36-moddasiga muvofiq, bank boshqaruvi a’zolari va muhim ahamiyatga ega xodimlari ish beruvchining roziligi bilan boshqa tashkilotlarda o‘rindoshlik asosida ishlashi mumkin, bundan ularning boshqa banklar va tashkilotlarda ishga joylashuvi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-9, 29.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 10/20/1834-9/1134-son)
III. Bosh buxgalter lavozimga tayinlanayotganda va lavozimidan ozod qilinayotganda qabul qilish-topshirish jarayonini amalga oshirish
13. Bosh buxgalter lavozimga tayinlanayotgan va lavozimidan ozod qilinayotganda buxgalteriya hisobi va hisobotining ahvoli tekshirilib, bank rahbari tomonidan tasdiqlanganidan keyin bo‘linmalarni qabul qilish-topshirish jarayoni dalolatnoma (dalolatnomaning namunaviy sxemasi mazkur Nizomning 1-ilovasida berilgan) bilan rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomani qabul qiluvchi va topshiruvchi bosh buxgaltyerlar hamda bank rahbari va Bosh bank vakili (agar, bu jarayonda buyruq bo‘yicha Bosh bank vakili qatnashgan bo‘lsa) tomonidan imzolanadi.
14. Dalolatnomada qayd etilgan har bir ma’lumot tegishli hujjatlar va dalillar bilan tasdiqlanishi lozim. Bank kassasidagi naqd pullar albatta to‘la taftishdan o‘tkazilgan bo‘lishi shart. Boshqa bo‘limlarda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgan hollar aniqlansa, qabul qiluvchi bosh buxgalter ichki hujjatlashtirilgan nazorat (ichki audit) o‘tkazishni talab qilishga haqli.
Agar, topshiruvchi bosh buxgalter dalolatnomada qayd etilgan ayrim ma’lumotlariga rozi bo‘lmasa, dalolatnomani imzolashda ularga nisbatan asoslangan izohlar berishga haqli va dalolatnomaning munozarali qismi bo‘yicha o‘zining yozma xulosasini berishi shart. Ushbu yozma xulosa dalolatnomaga boshqa daliliy hujjatlar sifatida tikib qo‘yiladi.
15. Dalolatnoma Bosh banki mavjud bo‘lgan filiallarda uch nusxada tuziladi va bank filiali rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning 1-nusxasi qabul qiluvchiga, 2-nusxasi topshiruvchiga va 3-nusxasi Bosh bankning Buxgalteriya hisobi departamentiga taqdim qilinadi. Bosh banki mavjud bo‘lmagan banklarda dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va uning 1-nusxasi qabul qiluvchiga, 2-nusxasi topshiruvchiga taqdim qilinadi.
16. Qabul qilish va topshirish bank (filial) rahbari buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Buyruqda qabul qilish va topshirish muddatlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, yangi ishga qabul qilingan bosh buxgalter tomonidan uning vakolatiga kiruvchi pul hisob-kitob hujjatlarini imzolash huquqi rasmiylashtiriladi. Imzolash huquqi rasmiylashtirilgunga qadar ushbu hujjatlar topshiruvchi bosh buxgalter tomonidan yangi qabul qiluvchi bosh buxgalter nazoratida imzolanadi.
Shundan so‘ng, qabul qiluvchi bosh buxgalter buxgalteriyaning joriy ishlariga rahbarlik qiladi, buxgalteriya ishlarini tasdiqlangan hisob siyosatiga mos yuritilishi, hujjatlar rasmiylashtirilishi va aylanishi, moliyaviy hisobotlarni tuzish, soliqlarni to‘lash holati ustidan o‘z nazoratini o‘rnatadi.
17. Agar ishlab turgan bosh buxgalter vafot etgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra qabul qilish-topshirish jarayonida ishtirok eta olmasa, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bank rahbari va ishni yangi qabul qiluvchi bosh buxgalter tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda tuziladi.
IV. Bosh buxgaltyerlarning vazifalari
18. Bosh buxgalter buxgalteriya hisobini bank hisob siyosatida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar asosida tashkil etib, quyidagilarni ta’minlashi shart:
buxgalteriya hisobi ishlarini zamonaviy texnik vositalari va axborot texnologiyasidan foydalangan holda oqilona tashkil etilishi, buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida bank operatsiyalarini to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirilishi hamda foydalanuvchilar uchun ishonchli moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim qilish;
bankka kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlarini ularga ishlov beriladigan barcha uchastkalardan o‘tishining aniq muddatlariga rioya etilib, bankning barcha tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilib, kunlik balans tuzilishi va uni tegishli joyga topshirilishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ular bilan bog‘liq hujjatlarni qabul qilish, mijoz hisobvaraqlarini yuritish, Bank Depozitorlari Milliy Axborotlar Bazasi (bundan keyingi o‘rinlarda BDMAB deb yuritiladi)ga so‘rovnomalar shakllantirish, jo‘natish va undan ma’lumotlar qabul qilish, hisobvaraqlarni yopishga doir amallarni nazorat qilish;
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
mijozlardan kelib tushadigan pul hisob-kitob hujjatlarining shakli va mazmuni bo‘yicha to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ular bo‘yicha operatsiyalarni o‘z vaqtida o‘tkazilishi;
ichki bank operatsiyalarining qonuniy tarzda bajarilishini va ular ustidan kunlik monitoring o‘rnatish, hamda mablag‘ va qimmatliklar but saqlanishi;
birlamchi hujjatlar hamda buxgalteriya yozuvlari asosida haqiqiy holatni aks ettiruvchi buxgalteriya hisobotlarini tuzish, bu hisobotlarni belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, shuningdek, tegishli organlarga taqdim etish;
elektron to‘lov hujjatlarining to‘g‘ri shakllantirilishini ularning asl nusxasi bilan solishtirish orqali tekshirish, agar bu ish bosh buxgalter o‘rinbosari yoki buxgalteriyaning boshqa xodimiga yuklatilmagan bo‘lsa;
bank amaliyot kunini to‘liq yakunlash va ish kuni oxiriga qadar kunlik balans tuzish;
operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos bo‘lgan buxgalteriya (kirim-chiqim) hujjatlarining asl va elektron nusxalarini o‘z vaqtida (ish kuni oxirigacha yoki keyingi bank ish kuni ertalab soat 10.00 dan kechiktirmasdan) ushbu Yo‘riqnomaning V bob, 7-paragrafida belgilangan tartibda taxlanishi hamda rasmiylashtirilishi, shuningdek ularni o‘rnatilgan tartibda arxivga topshirilishi;
o‘z tasarrufida bo‘lgan bank filiallari, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining buxgalteriya ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilangan tartibda yillik jamlangan moliyaviy hisobotlar tuzish va boshqa bo‘linmalar bilan hamkorlikda buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari asosida bankning moliyaviy faoliyatini iqtisodiy tahlil qilib borish;
moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanilishi hamda mulkning but saqlanishi ustidan nazorat olib borilishi.
buxgalteriya hisobining ilg‘or shakl va usullaridan keng foydalanish;
kelib tushgan pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar, tovar-moddiy qimmatliklar va asosiy vositalar hisobining to‘g‘ri yuritilishi, shuningdek ular holati va harakati bilan bog‘liq operatsiyalarning buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirilishi;
qat’iy hisobda turuvchi blanklarning but saqlanishi va ular hisobining to‘g‘ri yuritilishi;
bank daromadlari va xarajatlarini hisoblash usulini qo‘llagan holda Bosh kitob va hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilishi hamda davlat budjetiga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlarning to‘g‘ri yozilishi hamda o‘z vaqtida o‘tkazilishi;
mijozlarning depozit va ssuda hisobvaraqlari bo‘yicha foizlarning to‘g‘ri va belgilangan muddatlarda hisoblanishi;
xo‘jalik shartnomalari tuzishda buxgalteriya hisobiga oid qonunchilik hujjatlari talablarining bajarilishi;
kamomad hamda pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarning talon-toroj qilinishi bo‘yicha hujjatlarni taftishdan o‘tkazish yuzasidan yuridik xizmat xodimlari tekshiruvlarida qatnashish, tegishli hollarda ushbu materiallar sud va tergov organlariga taqdim etilishini nazorat qilish, yuridik xizmat xodimlari ishtirok etmagan taqdirda, bu vazifalarni bevosita o‘zi bajarish;
buxgalteriya hisobi, hisoboti, nazorat va iqtisodiy tahlil masalalari yuzasidan xodimlarga o‘z vaqtida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib borish;
buxgalteriya hujjatlarining but saqlanishi, ularning o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilishi va arxivga topshirilishi.
19. Bosh buxgalter tegishli bo‘linmalar va xizmatlarning rahbarlari bilan birgalikda quyidagilarni sinchiklab nazorat qilishi shart:
a) tovar-moddiy qimmatliklarning qabul qilinishi va topshirilishini rasmiylashtirishda belgilangan qoidalarga rioya etilishini;
b) ish haqi fondining to‘g‘ri sarflanishi, mansab maoshlarining to‘g‘ri belgilanishi, shtatlar, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya etilishini;
v) pul mablag‘lari, tovar-moddiy qimmatliklar, asosiy fondlarni yo‘qlama qilish, hisob-kitoblar va to‘lov majburiyatlarini bajarishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini;
g) belgilangan muddatlarda debitorlik qarzi undirib olinishi va kreditorlik qarzining qaytarilishi, to‘lov intizomiga rioya etishni;
d) kamomadlar, debitorlik qarzi va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya hisobining balans hisobotlaridan qonuniy tarzda chiqarilishini.
20. Bank tarkibida mustaqil moliya xizmati bo‘lgan hollarda, bosh buxgalter zimmasiga bankning moliyaviy hisob-kitob operatsiyalarning qonuniyligini, o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish vazifalari yuklatiladi.
21. Bosh buxgalter bankning ichki nazorat va ichki audit xodimlari bilan birgalikda kamomadlar yuzaga kelishi, pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarning noqonuniy tarzda sarflanishining oldini oluvchi tadbirlarni tayyorlashda faol qatnashishi shart. Mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar qilinayotgani (ya’ni oshirib yozish, mablag‘lardan noto‘g‘ri foydalanish hamda boshqa qoidabuzarlik va mansabni suiiste’mol qilish hollari) ma’lum bo‘lib qolgan hollarda bosh buxgalter chora ko‘rish uchun bu haqda bank rahbariga axborot beradi.
22. Bosh buxgalter bank rahbari bilan birgalikda bank faoliyatini tashqi audit, Markaziy bank inspektorlari va boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida buxgalteriya bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklarni qabul qilish hamda berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek kredit va hisob-kitob majburiyatnomalari bank rahbari va bosh buxgalter yoki ular shunday vakolat berilgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi. Ushbu vakolatli shaxslarga hujjatlarni imzolash huquqining berilishi to‘g‘risida bank bo‘yicha chiqariladigan buyruq bilan rasmiylashtirilishi kerak.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-maydagi 15/2-sonli (ro‘yxat raqami 1834-6, 13.06.2016-y.) qarori tahririda— O‘R QHT, 2016-y., 24-son, 293-modda)
Yuqorida aytilgan hujjatlarga bosh buxgalter yoki shunday vakolat berilgan boshqa shaxslar tomonidan imzo chekilmasa, ular haqiqiy emas deb hisoblanadi va mazkur bankning mas’ul shaxslari hamda buxgalteriya xodimlari tomonidan ijroga qabul qilinmaydi.
24. Bosh buxgalterning pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash va sarflash bo‘yicha qonunchilikka zid bo‘lgan operatsiyalar bilan bog‘liq hujjatlarni ijroga qabul qilishi hamda rasmiylashtirishi taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bank rahbaridan shunday xatti-harakat qilish to‘g‘risida farmoyish olingan hollarda, buxgalter uni ijro etmay turib, yozma ravishda bank rahbari e’tiborini u bergan farmoyish noqonuniy ekanligiga qaratadi. Bank rahbaridan yozma farmoyish olingan yoki hujjatga ikkinchi imzo qo‘yilgan hollarda bosh buxgalter uni bajaradi. Bunda bajarilgan operatsiya noqonuniyligi uchun butun javobgarlik bank rahbari zimmasiga tushadi. Bank rahbari o‘zi qabul qilgan qaror to‘g‘risida yozma ravishda darhol yuqori turgan bank rahbariga yozma ravishda xabar berishi shart.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 26-maydagi 15/2-sonli (ro‘yxat raqami 1834-6, 13.06.2016-y.) qarori tahririda— O‘R QHT, 2016-y., 24-son, 293-modda)
Shunday xabarni olgan yuqori bank rahbari uni zudlik bilan ko‘rib chiqadi hamda tegishli qaror qabul qilib, bu haqda bank Boshqaruvi raisiga xabar beradi.
25. Bosh buxgalter vakolatli tashkilotlar tomonidan tashkil qilinadigan maxsus kurslarda har yili o‘z malakasini oshirib borishi, o‘zi boshqarayotgan buxgalteriya apparati xodimlarining malakasini oshirib borishni tashkil qilish va har yili albatta bir marta ularni attestatsiyadan o‘tkazishi shart.
Ushbu Nizomda sanab o‘tilgan bosh buxgalter vazifalari ular bajarishlari lozim bo‘lgan barcha vazifalarni qamrab olmagan, shu sababli bank rahbariyati tomonidan amaldagi qonun hujjatlari va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablaridan kelib chiqqan holda bosh buxgaltyerlarga buxgalteriya hisobini yuritishga oid boshqa vazifalar qo‘shimcha ravishda yuklatilishi mumkin.
V. Bosh buxgalterning huquqlari
26. Bosh buxgalter o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar uchun xizmat vazifalarini belgilab beradi. Bunda har bir xodim o‘z majburiyatlarini bilishi hamda ularning bajarilishi uchun javobgar bo‘lishi zarur. Boshqa bo‘linmalar va xizmatlarning buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish hamda uni tashkil etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlari o‘z vazifalari bo‘yicha bosh buxgalterga bo‘ysunadilar.
27. Bosh buxgalterning bajarilgan operatsiyalarni rasmiylashtirish hamda ma’lumotlarni hisoblash qurilmalari orqali jo‘natish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni buxgalteriyaga taqdim etish borasidagi talablari bankning barcha bo‘linmalari va xizmatlari uchun majburiydir.
Bosh buxgalter o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib bergan ko‘rsatmalarining bajarilmaganligi yoki buzilganligi uchun aybdor shaxslar belgilangan tartibda bank rahbarining farmoyishiga binoan mukofotdan to‘liq yoki qisman mahrum etilishi, zarur hollarda esa qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin.
28. Moddiy javobgar shaxslarni (kassirlar, ombor mudirlari va boshqalar) lavozimga tayinlash, ozod etish va boshqa lavozimga o‘tkazish masalasi bosh buxgalter bilan kelishib hal qilinadi.
29. Xodimlarga mansab maoshlari, ish haqi ustamalari hamda mukofotlarni belgilash to‘g‘risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh buxgalter ko‘rib chiqadi va ularga imzo chekadi.
30. Bosh buxgalter quyidagi huquqlarga ega:
a) buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rishni bank rahbaridan talab qilish;
b) tarkibiy bo‘linmalarda pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibda amal qilinishini tekshirib turish;
v) mukofotlar hajmlarini pasaytirish yoki mukofotdan mahrum etish to‘g‘risida takliflar berish.
31. Bank rahbari bosh buxgalterga ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan o‘z majburiyatlarini bajarishi hamda huquqlaridan foydalanishida atroflicha yordam berishga majbur.
Bosh buxgalter ana shu majburiyatlarni bajargani hamda o‘z huquqlaridan foydalangani uchun unga tazyiq o‘tkazish borasida qilinadigan har qanday urinishlarga qat’iyan barham berishi, bunga aybdor bo‘lgan shaxslar esa qat’iy javobgarlikka tortilishi lozim.
VI. Bosh buxgaltyerlarning javobgarligi
32. Bosh buxgalter quyidagi hollarda javobgar bo‘ladi:
a) buxgalteriya hisobi noto‘g‘ri yuritilib, oqibatda pala-partish holatga kelgan va buxgalteriya hisoboti buzilganda;
b) pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, ularni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda;
v) talab qilib olinguncha va boshqa hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto‘g‘ri amalga oshirilganda;
g) kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya balans hisobotlaridan chiqarish tartibi buzilganda;
d) buxgalteriya xodimining aybi bilan noto‘g‘ri buxgalteriya hisoboti tuzilganda;
e) buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganda.
33. Bosh buxgalter quyidagi holatlar uchun bank rahbari bilan teng javobgar hisoblanadi:
a) moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining buzilishi;
b) mansabdor shaxslardan ular yetkazgan zarar summasini o‘z vaqtida undirib olmaslik;
v) kunlik, oylik, choraklik va yillik balans hisoboti hamda boshqa buxgalteriya hisobotlarini tegishli organlarga taqdim etish muddatlarining buzilishi;
g) bankning balans hisobotida aks ettirilgan ma’lumotlar hamda elektron to‘lovlar tizimi orqali o‘tkazilgan to‘lov hujjatlarining but saqlanish hamda kunlik arxivlash tartibi uchun.
34. Bosh buxgaltyerlarning tartib-intizomi, moddiy va jinoiy javobgarligi amaldagi qonunchilikka muvofiq tarzda belgilanadi.
Bunda bosh buxgalter bo‘ysunish tartibiga muvofiq tegishli yuqori bank tomonidan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Bank tizimining bosh buxgaltyerlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomga
 Bank faoliyati samaradorligini oshirish;
 Biznesni rivojlantirish va bank tuzilmasini optimallashtirish.
2018 yilda Bank yangi moliyalashtirish liniyalari va kapitalga investitsiyalar jalb etish hamda о‘zaro foydali va uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish buyicha xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirishni davom ettiradi.Hozirgi vaqtda, Bank mijozlarning hisobvaraqlarini ochish va ularni yuritish, ularning о‘tkazmalariga xizmat kо‘rsatish, nosavdo va mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyatida xizmat kо‘rsatish bilan bog‘liq keng kо‘lamdagi operatsiyalarni amalga oshirmoqda. Korporativ mijozlarga bank xizmatlarini kо‘rsatish bozorida о‘z ishtirokini oshirishni rejalashtirilayotgan yilda Bank о‘zining vazifalaridan biri sifatida kо‘rmoqda. Qо‘yilgan maqsadga mijozlar bilan uzoq yillik munosabatlarni va о‘zaro foydali hamkorlikni shakllantirish asosida erishish rejalashtirilmoqda. Bank aksiyadorlari 694 dan ortiq yuridik va jismoniy shaxslarni tashkil qilib, ularning ulushi mos ravishda 110 yuridik va 584 jismoniy shaxslardan iborat. Ustav kapitali 160,1 mlrd. sо‘m miqdorida shakllantirilgan. Bunda moliyaviy va sug‘urta tashkilotlari aksiyadorlar tarkibida salmoqli о‘ringa ega. Bankning asosiy aksiyadorlaridan biri Osiyo taraqqiyot banki bо‘lib, xalqaro moliya institutning mavjudligi Bankning yanada sifatli va jadal rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

XULOSA
Men amalyotim mobaynida Aloqa bank aksiyadorlik tijorat bank Qashqadaryo viloyati Qarshi shahr filialida bankning tarixi va uning yilik sof foydasi, Xorijiy diplomatlar bilan suhbatlar, Ularning bizning bankimizga bildirgan fikirlari hamda Bankning barcha boʻlimlari bilan qisqacha tanishib chiqishga muvaffaq boʻldim.


Men amalyotda Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish boʻlimiga ish oʻrgandim .Har bir bank oʻz mijoziga sifatli xizmatlarini koʻrsatganidek bizning Aloqa bankimiz ham yuqori tezlikda va aʼlo sifatda xizmatlarni tashkil qilganiga guvoh boʻldim.
Bu bankda xodimlarning formada ishga oʻz vaqtida kelib ketishi toʻliq yoʻlga qoʻyilgan. Bank quydagi xizmatlar bilan oʻz mijozlariga xizmatlarini taklif qiladi.Bular quydagilar:
•1. Banklarda buxgalteriya apparatini tashkil etilishi.
•2. Bankda boʻladigan har xil operatsiyalar.
•3. Front-ofis va Bek-ofis boʻlinmalari.
•4.Joriy va yakuniy nazorat boʻlimlari.
•5. Xorijiy va milliy valyutadagi operatsiyalar.
•6. Banklarda hujjatlarni saqlash yaʼni arxiv boʻlimi.
•7. Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish.
Shu boʻlimlarning ishlari bilan ham tanishib chiqdim eng muhimi IABS dasturida mijozlarga kredit berish, depozitlarni qanday ochish va qanday qilib yopish tartibini, mijozlarning hisob raqamidagi pul mablagʻlarini koʻrib berish hamda mijozlarga yangi hisob raqam ochish, eskirgan yokiyangidan plastik kartalarni qay tartibda ochish, mijozlarga YaTT(yakka tartibdagi tadbirkorlik) subʼektlariga hisob raqam ochish kabi bir qancha amaliy koʻnikmalarga ham ega boʻldim.
Yana shunga ham amin boʻldimki banklarda ingiliz tili yoki rus tilini mukammal bilish, Excel va 1C buxgalteriya dasturlarini ham yaxshi oʻrganish, oʻz kasbining fidoisi boʻlib, mijozlarga xolisona xizmat qilish kerakligini, boshliq aytagan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarish kerakligini anglab oldim.
Xulosam yakunida shuni yozmoqchiman barcha banklar rejasini toʻgʻri tuzib hamda yaxshi ish boshqaruvchiga ega boʻlsa u bank hech qachon bankrotlikga uchramasdan keyingi yillar uchun ham oʻz hisob raqamidagi mablagʻlarni koʻpaytirib, yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshadi degan umiddaman.
Mana misol uchun Aloqa bankning 2020-yil 1-noyabrdagi moliyaviy koʻrsatkichlari:. "ALOQA " BANK MOLIYAVIY KO`RSATKICHLARI
• Sof foiz daromadi 2019 yilning 10 oyiga nisbatan 45,1% ga oshdi va 2,464 ni tashkil yetdi. 9 milliard so‘m.
• Sof komissiya daromadi 101,4% ga oshdi 1,361. 4 mlrd. so‘m.
• Xarajatlarning daromadga nisbati birinchi 10 oy davomida ijobiy bo‘lib qolmoqda: 93.4% bir yil avval 96.1% ga nisbatan.
2020 yilning 10 oyi davomida daromad soligidan oldingi foyda 297,4 mlrd. somni tashkil yetdi.
Sof foyda 252,2 mlrd. somni tashkil yetdi. 2020 yilning birinchi 10 oyi davomida samarali soliq stavkasi 17,9 % ni tashkil yetdi.
10 oy davomida aktivlar 2,6% ga kamaydi 39,981. 7 milliard som.
Korporativ mijozlar qabul $ 4,960. Kreditlar 4 mlrd. kreditlar summasi, 10 oy davomida-622,1 mlrd. dan kam. 2019 yilning joriy davriga nisbatan 11% kam bolgan som.
Chakana mijozlar uchun kreditlar oldi 1,854. 0 oyda 10 milliard rubl. som otgan yilga nisbatan 21,4% kam.
Kredit portfeli qoldigi 32,121 ni tashkil yetdi. 2 mlrd. somlik.
Ustav kapitali: Jami kapital 300,2 milliard so'mga oshdi va 6 337,3 milliard so'mni tashkil etdi.
Foydalanilgan adabiyotlar royxati
I. О‘zbekiston Respublikasi qonunlari.
1. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. T.: О‘zbekiston, 2017.-39 b. (о‘zgartirish va qо‘shimchalar bilan)
2. О‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonuni.-T., 2016.
3. О‘zbekiston Respublikasining «Markaziy banki tо‘g‘risida»gi Qonuni.(1995 y. 26 dekabr).
4. О‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati tо‘g‘risidagi»gi Qonuni. (1996 y. 25 aprel).
Download 156 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish