Asviriy sanʼat



Download 41,36 Kb.
bet2/3
Sana11.02.2022
Hajmi41,36 Kb.
#443102
1   2   3
Bog'liq
tarixi

Ibtidoiy sanʼat - ibtidoiy jamoa tuzumi davri sanʼati. Ilk namunalari hozirgi tipdagi odam paydo boʻlgan soʻnggi paleolit davri (taxminan mil. av. 30ming yilliklar) ga mansub. I. s. ibtidoiy jamoa kishisiga dunyoni oʻzgartirishda orttirgan tajribalarini avloddan avlodga uzatuvchi kuch, dunyo toʻgʻrisidagi tushuncha va bilimlarini aks ettiruvchi vosita boʻlib xizmat qilgan. Tasvirlash ibtidoiy odam uchun oʻz tushuncha va maʼnaviy madaniyatini, tasavvurini ifodalashga xizmat qilgan. Shular zaminida asta-sekin inson faoliyatining turli shakl va kUri-nishlari yuzaga kelgan. Sanʼatning yuzaga kelishi insoniyat taraqqiyotida buyuk bosqich boʻldi. Ibtidoiy jamoa ichida ijtimoiy aloqalarni yuzaga kelishiga, maʼnaviy olamni, ularning goʻzallik haqidagi tushunchalarini shakllanishiga xizmat qilgan sanʼat oʻz rivojida animizm (tabiat hodisalariga insoniy fazilatlarni berish) va totemizm (hayvonlarga sigʻinish, urugʻ jamoasining kelib chiqishini biror hayvonga taqalishi) kabi afsona va qarashlarga tayangan. Dastlab sodda shakli, belgi tarzidagi tasvirlardan asta-sekin hayvonlar xususiyati, koʻrini-shi, harakterini haqkrniy va toʻlaqonli tasvirini yaratishga oʻtishdan va shular asosida kishilar qayoti, yashash tarzi haqida keng mulohaza yuritadigan murakkab kompozitsiyalar yaratish jarayoniga yetib borgan, realistik shakllar zaminida esa soddalashtirilgan handasiy shakllar darajasiga qadar koʻtarilgan belgi va siymolar orqali murakkab his-tuygʻu, fikrlarni ifodalovchi naqsh mujassamotlari va yozuvlar paydo boʻlishiga olib kelgan. I. s ning ilk namunalarida ovchilik bilan shugʻullangan inson oʻz muhitini — ov manzaralarini aks ettirib gʻorlarning devorlariga, qoyatoshlar va b. ga ishlagan tasvirlarida (boʻyab, boʻrtma hosil qilib ishlangan), loydan tayyorlangan, toshni yoʻnib ishlagan haykallarida ovlanadigan hayvonlar (zubr, ot, ki-yik, mamont, yovvoyi hayvonlar va b.), odamzotlarni (koʻproq ayollar)ni ifodalagan (Fransiyaning La-Ferrasi, Lasko gʻorlari, Ispaniyaning Altamira gʻori, Sahroi Kabirning Tassilin-Ajar degan joyidagi qad. odamlar yashagan qarorgoxlar va b.). Ibtidoiy sanʼatkorlar tasviriy sanʼatning hamma turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) ga mansub asarlarida hayotni sinchkovlik bilan kuzatganlari koʻzga tashlanadi. Odam va odamsifat maxluklar, qoʻl izlari, chizma belgilar va b. tasvirlar kam uchraydi. Gʻordagi tasvirlar qora, qizil, sariq va jigarrang mineral boʻyoklar bilan ishlangan, barelyef koʻrinishidagi tasvirlar kam, sodda realizmga xos hay-kaltaroshlik (odam va hayvon shakllari), badiiy (suyak va yogʻoch) oʻymakorlik namunalari paydo boʻlgan. Tabiat ibtidoiy afsonalarga asoslangan insoniy sifatlarga ega boʻlgan obrazlarda aks ettirilgan. Meʼmorlik rivojlanib, uylar yertoʻla tarzida dumaloq, toʻrtburchak shaklida qurilgan, bunday xonalarga uzun yoʻlaklar orqali kirilgan. Baʼzan xom-ashyolar sifatida yirik hayvonlarning suyaklaridan foydalanilgan. Bunday sanʼat namunalari Ukraina, Belorussiya, Sibirdan koʻplab topilgan.
Ovchilikdan dehqonchilik va chorvachilikka oʻtilishi sanʼatda yangi anʼanalarni yuzaga keltirgan. Tasviriy sanʼatda koʻp shaklli mujassamotlar paydo boʻlib, odamlar va hayvonlar harakatda, kurashda tasvirlana boshlagan. Amaliy bezak sanʼatining kup turlari (kulollik, toʻqimachilik, metallga ishlov berish va b.) rivojlangan. Murakkab va mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi tasvirlar. yuzaga kelgan, bezak naqsh yanada jadal rivojlangan, roʻzgʻor buyumlari, xonalar, kiyimlar naqshlar bilan bezatilgan. Misr, Hindiston, Old, Kichik va Oʻrta Osiyo, Xi-toyda dehqonchilik afsonalari bilan bogʻliq sanʼat (naqshli sirlangan sopol buyumlar) keng tarqalgan, bezak naqshlar bilan bir qatorda mayda hay-kaltaroshlik rivojlangan. Meʼmorlik jamoa manzilgoxlari qurilishida na-moyon boʻlgan. Oʻrta Osiyo va ikki dare oraligʻida kup xonali uylar xom gʻishtli, novdalardan yigʻilgan sinchli, poli loy suvoqli qilib qurilgan. Neolit davrida yirik toshlardan iborat megalitli qurilmalar paydo boʻlgan.
Baliq ovlash va ovchilik saklangan kabilalar (Shim. Yevropa va Osiyo oraligʻidagi xudud) da qad. mavzudagi va realistik sanʼat shakllari yonma-yon hukm surgan. Bularga kryatosh rasmlari, loy, yogʻoch va suyak (shox) dan yasalgan haykallar kiradi. Kup rasmlarda umumlashtirish, shartli tasvirlarda mujassamot ishlash hollarini kurish mumkin. Soʻnggi jez davri va temir dav-rining boshlarvda hayvonlarni tasvirlash uslubi shakllangan. Yunonistonning Sharq va Xitoy bilan madaniy aloqalari yangi mazmun, obraz va tasviriy vositalarni paydo boʻlishini taʼmin-lagan. I. s. ning keyingi davrlari i. ch. kuchlarining oʻsishi, mehnat taqsimo-tining rivoji, ibtidoiy jamoa tuzumini sinfiy jamiyatga boʻlinishi bilan bogʻliq. Bu davrda qalʼalar qurilishi, dinlar taqozosi bilan yangi tasviriy sanʼat asarlari vujudga keldi, ibodatxona, maqbaralar bezatildi. Badiiy hunarmandlik rivojlandi. I. s. shakllari bilan uygʻunlashib ketgan boy va rang-barang sanʼat ibtidoiy jamoa tu-zumi birmuncha saklangan xalqlar (Avstraliya, Jan. Amerika, Afrika va b.) orasida 19—20-asr largacha mavjud boʻlgan.
Oʻzbekiston hududidan mezolit davriga mansub Zarautsoy rasmlari tasvirlari va b. topilgan (yana q. Bironsoy rasmlariBoshqizilsop rasmlariBurgansoy rasmlariSarmishsoy qoya rasmlariSoymalitosh rasmlariSuratlisoy rasmlariQoraoʻngir qoya rasmlari).
Musiqa ijodiyotining ilk kurinishlari ham ibtidoiy jamoa davrida, asosan, ovchilik va terimchilik bilan kun kechirgan odamlarning mehnat va marosimlari jarayonida yuzaga keladi. Ommaviy oʻyinlarning urgʻu-zarbalari, jodu-afsun ohang iboralari, hayvonlar ovoziga taklid sadolari, signal (darak beruvchi) qichqiriq-baqiriqlardan astasekin aynan musika xusu-siyatlariga ega boʻlgan ifodaviy vosi-talar qaror topadi. Ular, asosan, odam tanasi (qoʻl-oyoq) harakatlarini aks ettiruvchi ritmik tuzilmalar, usullar, shuningdek, odam ovozi, nutq intonatsiyasi taʼsirchanligiga asoslangan ohang iboralari tarzida rivoj topadi. Shu bilan birga tosh, suyak, yogʻoch, chi-gʻanoq, shox kabi tabiat narsalari ilk musiqa cholgʻulari, "musiqa qurollari" sifatida qoʻllanila boshlaydi. Bulardan hozirgacha saqlanib qolgan turli shiqildoq, zuvilcha kabi idiofonlar, puflama (qushtak, burgʻu, sibizgʻa), urma (qayroq, dovul va h. k.) cholgʻularni koʻrsatish mumkin.
Dehqonchilik va chorvachilikka oʻtish davrida oldin muayyan tartib hamda aniq balandlikka ega boʻlmagan tovush nisbatlari asosida tovushqator, parda tuzilmalari, oʻlchov va vaznning ilk shakllari yuzaga keladi. Mazkur jara-yonda oddiy (xususan, mavsum marosim) qoʻshiqlar, muayyan mavzuli cholgʻu kuylar qaror topadi.
Neʼmat Abdullayev, Olimjon Bekov.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

    1.  OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Download 41,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish