1-mavzu: Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chiziq va aylanalariga doir masalalar yechish
1.1. Amaliy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 20-30 nafar
|
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Amaliy
|
Amaliy mashg’ulotining rejasi
|
Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chiziq va aylanalariga chizmalarga doir masalalar yechish.
Turli xil geografik kengliklarda osmon sferasining aylanishiga doir masalalarni yechish.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Talabalarda osmon sferasining asosiy nuqta, chiziq va aylanalarining o’zaro joylashishlari to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantirish. Turli xil geografik kengliklarda osmon sferasining aylanishiga doir masalalar yechishga va tahlil qilishga ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
|
Pedagogik vazifalar:
- osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chiziq va aylanalari bilan tanishtirish;
- Turli xil geografik kengliklarda osmon sferasining aylanishiga doir masalalar yechishga va tahlil qilishga ko’nikma va malakalarni shakllantirish;
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
- osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chiziq va aylanalari bilan birma-bir tanishadilar hamda ular to’g’risida tasavvurga ega bo’ladilar;
-turli xil geografik kengliklarda osmon sferasining aylanishiga doir masalalar yecha oladilar va tahlil qilishga ko’nikma va malakalari shakllanadi;
|
Ta’lim metodlari
|
Tushuntirish, suhbat, diskussiya, blits-so’rov
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruzalar matni, texnik vositalar, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar
|
O’qitish shakli
|
kichik guruhlarda ishlash
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalar bilan jihozlangan auditoriya
|
Amaliy mashg’ulotining texnologik kartasi
Bosqichlar,
vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
talaba
|
1-bosqich.
Kirish (10 min).
|
1.1. Ma’naviyat daqiqasi o’tkazadi.
1.2. Mavzu, reja, uning maqsadi va o’quv faoliyatining natijalari ma’lum qiladi (1- ilova).
|
1.1.Eshitadi, javob beradi.
1.2. Eshitadi, yozib
oladi.
|
2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)
|
2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash va masala yechishga tayyorlash uchun tezkor savol-javob o’tkazadi (2 -ilova)
2.2. O’qituvchi kichik guruhlarga masalalarni taqdim etadi (3-,4-,5-,6-,7-,8-,9-ilovalar)
2.3. Talabalarga masalalar yechimining asosiy tushunchalariga e’tibor qilishni va yozib olishlarini ta’kidlaydi
|
2.1. Eshitadi, o’ylaydi, javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi.
2.3. Ilovada berilgan masalalarni mantiqan o’ylaydilar va yechadilar.
2.4. E’tibor qaratadi, yozib oladi.
|
3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)
|
3.1.Darsga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Krossvord yechiladi.
3.2.Mustaqil ish uchun qo’shimcha masalalar yechishni vazifa qilib beradi, baholaydi. (7-ilova)
|
3.1. Eshitadi,
aniqlashtiradi.
3.2.Topshiriqni yozib oladi, baholarni eshitadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |