Astranomiya fani va uning kelib chiqishi, zamonaviy yo’nalishlari. Astranomiya fanining boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. Reja



Download 60 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi60 Kb.
#11869

Aim.uz

Astranomiya fani va uning kelib chiqishi, zamonaviy yo’nalishlari.

Astranomiya fanining boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi.
Reja:


  1. Astranomiya fani va uning kelib chiqishi

  2. Astranomiya fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi va uni o’rganishning ahamiyati.

  3. Yoritgichlarning ko’rinma holatlari. Yulduz turkumlari.


1. Astronomiya – osmon jismlarining va ular sistemalarining harakatini, tuzilishini, kelib chiqishini va rivojlanishini o`rganadigan fan. U to`plagan bilimlar insoniyatning amaliy ehtiyojlari uchun qo’llaniladi.

“Astronomiya” so’zi yunoncha “astron”-yulduz, “nomos”- qonun so’zlaridan tarkib topgan.

Astronomiya ham barcha boshqa fanlar singari jamiyatning amaliy ehtiyojlar asosida vujudga kelgan.Astronomiyaning kurtaklari Bobil, Misr, Xitoy, Hindiston va boshqa Sharq hamda G’arb mamlakatlarida bundan bir necha ming yil avval mavjud bo’lgan.

IX-XV asrlarda, Yaqin va O`rta Sharq hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida yirik astronomik rasadxonalar qurilib ishga tushirildi. Ularda Al-Battoniy, Al-Farg`oniy, Al-Xorazmiy, Abo`l-Vafo Buzjoniy, Abu Mahmud Xo`jandiy, Abdurahmon as-So`fiy va Ibn Yunus kabi mashhur olimlar ijod qildilar. Xususan Al-Battoniy yunon astronomiyasi Yerishgan yutuqlarni umumlashtirib, Oy harakatiga doir ba`zi ma`lumotlarni aniqladi. Al-Farg`oniy yozgan «Astronomiya asoslari» nomli asari o`sha davr uchun astronomiyadan o`ziga xos ensiklopediya xizmatini o`tadi. Oy va uning harakatlari to`g`risidagi kashfiyotlari, Yer meridiani uzunligini o`lchash bo`yicha ishlari bilan Abul-Vafo dunyoga tanildi. X-XI asrlarda yashab ijod etgan mashhur o`zbek allomasi Abu Rayhon Beruniyning astronomiyaga oid 40 dan ortiq asari bizgacha etib kelgan. Olimning «Xronologiya» asarida, Yevropa va Osiyodagi deyarli barcha xalqlarning turli davrlariga tegishli taqvim tizimlari batafsil bayon qilingan bo`lib, unda bu taqvimlarning asoslari va biridan ikkinchisiga o`tish yo`llari to`la yoritilgan.

Beruniyning «Geodeziya», «Qonuni Ma`sudiy» va «Yulduzlar ilmi» asaralari to`laligicha astronomiyaga bag`ishlangan bo`lib, ularda Quyosh, Oy va planetalarning harakatlariga doir ko`plab ma`lumotlar, Yer radiusini o`lchashning o`sha zamondagi bir necha usullari keltirilgan. Beruniyning izdoshi Umar Hayyom ham koinot haqidagi bir qator falsafiy fikrlar bildirib, nihoyatda katta aniqlikka ega bo`lgan Quyosh taqvimini ishlab chiqqan.

XV asrda Sharq astronomiyasining yana bir bo`yuk namoyondasi Ulug`bek Samarqandda dunyoda eng yirik astronomik rasadxonani ishga tushirdi. Rasadxonaning bir necha o`n yillik faoliyati davomida Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid Koshiy va Ali Qushchi kabi taniqli olimlardan iborat astronomiya maktabi shakllandi.

1873-yil 11-sentabrdan Toshkent observatoriyasida astronomik kuzatishlar boshlanganligi haqidagi xabar matbuotda e`lon qilindi. U paytda Toshkent observatoriyasi Toshkent astronomiya va fizika observatoriyasi deyilib, Turkiston harbiy okrugining harbiy-topografiya bo`limiga qarardi.

O`zbekiston Fanlar Akademiyasining qarori bilan 1966-yil 1-sentyabrdan Toshkent Astronomiya observatoriyasi O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Astronomiya instituti deb ataladigan bo`ldi. Astronomiya instituti qoshida bir necha quvvatli astronomik kuzatish asboblari birin-ketin ishga tushib, «Aniq vaqt xizmati», «Quyosh fizikasi», «O`zgaruvchan yulduzlar fizikasi» kabi yirik laboratoriya bo`limlari shakllandi.

1919-yilda O`rta Osiyo hududida joylashgan Chorjo`y Xalqaro kenglik stansiyasi o`z faoliyatini yakunlaganligi munosabati bilan Toshkent Astronomiya observatoriyasi Xalqaro kenglik xizmatini, Chorjo`y bilan bir xil parallelda joylashgan Kitob (Qashqadaryo viloyati) shahrida davom ettirish taklifi bilan chiqdi. O`zbekiston hukumati bu taklifni qo`llab, 1928-yilda Kitobdan 2 km narida 39o08 kenglikda Xalqaro kenglik stansiya qurilishini boshladi. Mazkur stansiyada, qisqa vaqt ichida bir necha maxsus teleskoplar ishga tushirildi, o`nlab taniqli olimlar Xalqaro kenglik xizmati yo`lida barakali ish boshladilar.

1960-yillarda Toshkent observatoriyasining ilmiy xodimlari O`rta Osiyo va Qozog`istonning tog`li hududlaridan yaxshi astro-iqlim sharoitiga ega bo`lgan joyni qidirib, uni Kitobdan yuz kilometrcha narida dengiz sathidan 3000 metrcha balandlikka ega bo`lgan Maydanak tog`laridan topdilar. Ko`p o`tmay u yerda yirik astrofizik observatoriya qad ko`tara boshladi. Hozirda unda bir necha quvvatli teleskoplar joy olgan, xalqaro ahamiyatga molik observatoriyaga aylangan va O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutiga qarashli Respublikamizning yirik astronomik markazlaridan sanaladi.Hozirgi vaqtda ham astronomiyadan aniq vaqtni va geografik koordinatalarni aniqlashda (dengizda suzishda, aviatsiyada, kosmonavtikada, geodeziyada, kartografiyada) foydalaniladi. Astronomiya kosmik fazoni o`rganishda va uni zabt etishda, kosmonavtikani rivojlantirishda va bizning planetamizni kosmosdan turib o`rganishda yordam beradi. Ammo uning vazifalari shu masalalarni yechish bilangina chegaralanmaydi.

Bizning Yer koinotning bir qismi hisoblanadi. Oy va Quyosh Yerda okean hamda dengiz suvining ko`tarilishi va pasayishini yuzaga keltiradi. Quyosh nurlanishi va bu nurlanishning o`zgarishi Yer atmosferasidagi jarayonlarga va organizmlarning hayot faoliyatiga ta`sir ko`rsatadi. Shuningdek, astronomiya turli kosmik jismlarning Yerga ta`sir etish mexanizmini ham o`rganadi.

2. Astronomiya kursi siz maktabda oladigan fizika – matematika va tabiiy- ilmiy ma`lumotlaringizni nihoyasiga yetkazadi.

Hozirgi zamon astronomiyasi matematika va fizika, biologiya va kimyo, geografiya, geologiya va kosmonavtika bilan uzviy bog`langan bo`lib, boshqa fanlar yutuqlaridan foydalanadi va u o`z navbatida ularni boyitadi, boshqa fanlar oldiga yangidan – yangi vazifalar qo`yish bilan ularning taraqqiyotini kuchaytiradi.

Astronomiyani o`rganishda qaysi ma`lumotlar ishonchli faktlardan va qaysilari esa vaqt o`tishi bilan o`zgarishi mumkin bo`lgan ilmiy farazlardan iboratligiga ahamiyat berish zarur.

Insonning kosmosni o’zlashtirish bilan bog’liq faoliyati unga ona planetamiz – Yerning geologik boyliklarini, tabiati va iqlimini o’rganishga katta imkoniyatlar yaratadi. Inson koinotdan Yerga nazar solib, uning naqadar mitti, noyob va go’zal qarorgoh ekanligini angladi. Shu bilan birga bu nazarorqali u planetamiz hayotiga tahdid solayotgan ekologik, energetik va demografik muammolarni ham bo’y-basti bilan ko’ra oldi. Oxirgi o’n yillar ichida kosmonavtikaning taraqqiyoti insonga Yerdagi bu muammolarni bartaraf qilishning yo’l yo’riqlarini ko’rsatibgina qolmasdan, bu ishga kosmonavtikaning o’zi ham aktiv ishtirok etishi mumkinligini ma’lum qildi. Xususan, Yerda energetic inqirozning oldini olish uchun, Quyosh energiyasidan foydalanish imkonini beruvchi yirik kosmik inshoatlarning loyihalarini, yerdagi hayotga tahdid solayotgan ekologik muammolarning oldini olishda insoniyat kosmonavtikaning yordamiga katta ehtiyoj sezadi.

Ayni paytda o’nlab rivojlangan mamlakatlar hamkorligida qurilayotgan Xalqaro kosmik stansiya kelajakda qurilishi mo’ljallanayotgan “kosmik shaharlarning” dastlabki namunalaridan hisoblanadi.

Kosmosni o’zlashtirish bilan bog’liq barcha taraqqiyotlar sivilizatsiyamiz ijtimoiy hayotiga radioelektronikaning rivojlanishi qanday ijobiy ta’sir ko’rsatgan bo’lsa, shunday foydali ta’

Sir ko’rsatib, uning bugungi muammolarini hal qilishda juda katta xizmat qilishga hech qanday shubha yo’q.

Kosmosdan turib Yerning biologik sferasining holati bilan tanishish, uning tabiiy resurslarini, o’rmon va qishloq xo’jaligi yer maydonlarini o’rganish- kosmonavtikaning eng muhim vazifalaridan biridir.

Shuningdek, Yer atrofi fazosida eng yirik qurilmalarni ishga tushirish bo’yicha ham real hujjatlarning tayyorlanayotganligi, kelgusida insoniyatni energetic va demografik halokatdan xalos qilish kabi muhim gumanitar maqsadlarni ko’zda tutadi.

3.Yoritgichlarning ko’rinma holatlari.Yulduz turkumlari.

Yulduzlarning o’zaro joylashishi juda sekinlik bilan o’zgarib, maxsus o’lchashlarsiz,oddiy kuzatishlar asosida bunday o’zgarishlarni bir necha oy, hatto yillardan keyin ham sezib bo’lmaydi.

Qadim sharqda kishilar yoritgichlarga qarab mo’ljal olish uchun osmonning yorug’ yulduzlarini alohida to’dalarga ajratib, ularga yulduz turkumlari deb nom berganlar.

1922- yilda yulduz turkumlarini chegaralovchi egri chiziqlar to’g’ri chiziqlar bilan almashtirib, ayrim katta maydonli yulduz turkumlari bir necha yulduz turkumlariga ajratildi.

Osmonda ma’lum yulduz turkumini yoki yulduzni topish uchun, dastlab yulduz xaritalari va atlaslari bilan yaxshi tanishmoq va so’ngra ular yordamida ancha mashq qilmoq zarur bo’ladi.

Astronomiya kosmosdagi moddalarni laboratoriya sharoitida yuzaga keltirib bo`lmaydigan holatlarda va masshtablarda o`rganadi, shu bilan u olamning fizik manzarasini hamda bizning materiya hakidagi tasavvurlarimizni kengaytiradi. Bularning hammasi o`quvchilarning tabiat haqidagi ilmiy tasavvurlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Astronomiya Quyosh va Oy tutilishlarini, kometalarning paydo bo`lishini oldindan hisoblab chiqish ham Yer va boshqa osmon jismlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasini tabiiy-ilmiy tushuntirish imkoniyatlarini ko`rsatish bilan insonnning bilish doirasi cheksizligini isbotlaydi.



Yulduz turkumlari. Osmon bilan tanishishni bulutsiz kechalari, xira yulduzlarni kuzatishga Oyning yorug`ligi xalaqit bermaydigan paytlarda o`tkazish kerak. Miltiroq yulduzlar sochilgan tungi osmon manzarasi naqadar go`zal. Yulduzlar son-sanoqsizga o`xshab ko`rinadi. Lekin bu hali sizning ko`zingiz o`rganmaganligi va osmonda o`zaro joylashishiga nisbatan o`zgarmas bo`lgan yulduzlarning tanish gruppalarini topishni o`rganmaganingiz uchun shunday ko`rinadi. Yulduz turkumlari deb atalgan bunday gruppalarni odamlar bundan ming yillar ilgari ajratganlar. Yulduz turkumi deganda osmonning biror chegara ichidagi butun sohasi tushuniladi. Butun osmon 88 ta yulduz turkumiga bo`lingan bo`lib, ularni yulduzlarning o`ziga xos joylashishiga qarab topish mumkin.

Ko`pchilik yulduz turkumlarining nomlari qadim zamonlardan saqlanib kelmoqda. Ba`zilarninig nomlari grek afsonalari bilan bog`langan, masalan, Andromeda, Persey, Pegas, ba`zilari yulduz turkumlaridagi yorug` yulduzlarni o`zaro to`tashtirishdan hosil bo`ladigan shakllarni eslatuvchi bo`yumlar bilan bog`liq: O`q-yoy, Uchburchak, Tarozi va hokazo nomlar bilan ataladi. Shunday yulduz turkumlari borki, ularga hayvonlar nomlari berilgan, masalan, Arslon (Asad), Qisqichbaqa (Saraton), Chayon (Aqrab).

Osmon gumbazidan yulduz turkumlarni, kartalarda ko`rsatilganidek, ularning eng yorug` yulduzlarini to`g`ri chiziqlar bilan biror shaklga o`xshatib xayoliy tutashtirish yo`li bilan topiladi.

Oysiz tunda gorizontdan yuqorida taxminan 3000 ga yaqin yulduzni bevosita ko`rish mumkin. Hozirgi vaqtda astronomlar bir necha million yulduzlarning aniq vaziyatlarini belgilaganlar, ulardan kelayotgan energiya oqimini o`lchaganlar va bu yulduzlarning ro`yxati - katalogini tuzganlar.

Osmonnning kunduzi zangori bo`lib ko`rinishiga sabab, Quyosh yorug`ligi tarkibidagi zangori nurlarning har xil zichlikdagi havoda ko`proq sochilishidir. Yer atmosferadan tashkarida turib qaraganda osmon qora bo`lib ko`rinadi, unda bir vaqtning o`zida Quyosh va yulduzlarni kuzatish mumkin.

Yulduzlar turli ravshanlikka va har xil: oq, sariq, qizg’ish rangga ega. Yulduz qanchalik qizil bo`lsa, u shunchalik sovuqdir. Bizning Quyosh sariq yulduzlar turiga kiradi.

Qadimgi arablar yorug` yulduzlarga shaxsiy nomlarni berganlar. Oq yulduzlar: Lira turkumidagi Vega, Burgut turkumidagi Altoir (ular yoz va kuz paytlarida ko`rinadi), Sirius – osmondagi eng yorug` yulduz (qishda ko`rinadi); qizil yulduzlar: Orion turkumidagi Betelgeyze va Savr turkumidagi Aldebaran (qishda ko`rinadi), Aqrab turkumidagi Antares yozda ko`rinadi; Aravakash turkumidagi sariq Kapella (qishda ko`rinadi);

Eng yorug` yulduzlarni qadim zamonlardayoq 1-kattalikdagi yulduzlar deb, bevosita qaraganda kuz zo`rg`a ilg`aydigan eng xira yulduzlarni 6-kattalikdagi yulduzlar deb ataganlar. Ana shu qadimiy terminologiya hozirgacha saqlanib qolgan. «Yulduz kattaligi» (u m harfi bilan belgilanadi) termini yulduzlarning haqiqiy o`lchamlariga hech qanday aloqasi bo`lmay, u yulduzlardan Yerga kelayotgan yorug`lik oqimini harakterlaydi. Ikkita yulduzning o`zaro yulduz kattaliklari orasida farq birga teng bo`lsa, ularning ko`rinma yorug`ligi bir-biridan taxminan 2,5 marta farq qiladi, deb qabul qilingan. U holda 5 yulduz kattaligiga farq qilsa, ravshanlik farqi rosa 100 martaga to`g`ri keladi. Masalan, 1-kattalikdagi 6-kattalikdagi yulduzlardan 1000 marta yorug`. Hozirgi zamon kuzatish usullari taxminan 25-yulduz kattaligigacha bo`lgan yulduzlarni ko`rish imkonini bermoqda.

Aniq o`lchashlar, yulduzlar kasr va manfiy yulduz kattaliklariga ham ega ekanini ko`rsatmokda. Masalan, Aldebaran m=1,06, Vega m=0,14, Sirius m=-1,58, Quyosh m=-26,80 yulduz kattaligiga ega.
Mavzuga oid didaktik va texnik vositalar, foydalanilgan jihozlar:

Proyeksion ko’rgazmali uslubiy qo’llanma, kadoskop.



O’qitish uslublari: “Aqliy hujum”, savol-javob

Adabiyotlar:

M.Mamadazimov Astranomiya: Akademik litsey va kasb-hunar

kollejlari uchun darslik. 6-18 betlar

M.Mamadazimov Astronomiyadan o’qitish kitobi



Nazorat savollari

  1. Qachondan boshlab Toshkent Astronomiya observatoriyasi Astronomiya instituti deb ataladigan bo`ldi?

  2. Astronomiya instituti qoshidagi qanday laboratoriya bo`limlarini bilasiz?

  3. Kitobdagi kenglik stansiyasi qanday geografik kenglikda joylashgan?

  4. Astronomiya fanining asosiy vazifalari nimadan iborat?

  5. Astronomiya sohasida ijod qilgan vatandoshlarimiz va ularning qilgan to`g`risida ma`lumot bering?

  6. Ulug`bek observatoriyasi va undan ijod qilgan munajjim-olimlar haqida nimani bilasiz?




Aim.uz


Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish