Astranomiya fani va uning kelib chiqishi, zamonaviy yo’nalishlari. Astranomiya fanining boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. Reja



Download 60 Kb.
bet3/4
Sana04.02.2022
Hajmi60 Kb.
#429135
1   2   3   4
Bog'liq
Astranomiya fani va uning kelib chiqishi, zamonaviy yo’nalish

Yulduz turkumlari. Osmon bilan tanishishni bulutsiz kechalari, xira yulduzlarni kuzatishga Oyning yorug`ligi xalaqit bermaydigan paytlarda o`tkazish kerak. Miltiroq yulduzlar sochilgan tungi osmon manzarasi naqadar go`zal. Yulduzlar son-sanoqsizga o`xshab ko`rinadi. Lekin bu hali sizning ko`zingiz o`rganmaganligi va osmonda o`zaro joylashishiga nisbatan o`zgarmas bo`lgan yulduzlarning tanish gruppalarini topishni o`rganmaganingiz uchun shunday ko`rinadi. Yulduz turkumlari deb atalgan bunday gruppalarni odamlar bundan ming yillar ilgari ajratganlar. Yulduz turkumi deganda osmonning biror chegara ichidagi butun sohasi tushuniladi. Butun osmon 88 ta yulduz turkumiga bo`lingan bo`lib, ularni yulduzlarning o`ziga xos joylashishiga qarab topish mumkin.
Ko`pchilik yulduz turkumlarining nomlari qadim zamonlardan saqlanib kelmoqda. Ba`zilarninig nomlari grek afsonalari bilan bog`langan, masalan, Andromeda, Persey, Pegas, ba`zilari yulduz turkumlaridagi yorug` yulduzlarni o`zaro to`tashtirishdan hosil bo`ladigan shakllarni eslatuvchi bo`yumlar bilan bog`liq: O`q-yoy, Uchburchak, Tarozi va hokazo nomlar bilan ataladi. Shunday yulduz turkumlari borki, ularga hayvonlar nomlari berilgan, masalan, Arslon (Asad), Qisqichbaqa (Saraton), Chayon (Aqrab).
Osmon gumbazidan yulduz turkumlarni, kartalarda ko`rsatilganidek, ularning eng yorug` yulduzlarini to`g`ri chiziqlar bilan biror shaklga o`xshatib xayoliy tutashtirish yo`li bilan topiladi.
Oysiz tunda gorizontdan yuqorida taxminan 3000 ga yaqin yulduzni bevosita ko`rish mumkin. Hozirgi vaqtda astronomlar bir necha million yulduzlarning aniq vaziyatlarini belgilaganlar, ulardan kelayotgan energiya oqimini o`lchaganlar va bu yulduzlarning ro`yxati - katalogini tuzganlar.
Osmonnning kunduzi zangori bo`lib ko`rinishiga sabab, Quyosh yorug`ligi tarkibidagi zangori nurlarning har xil zichlikdagi havoda ko`proq sochilishidir. Yer atmosferadan tashkarida turib qaraganda osmon qora bo`lib ko`rinadi, unda bir vaqtning o`zida Quyosh va yulduzlarni kuzatish mumkin.
Yulduzlar turli ravshanlikka va har xil: oq, sariq, qizg’ish rangga ega. Yulduz qanchalik qizil bo`lsa, u shunchalik sovuqdir. Bizning Quyosh sariq yulduzlar turiga kiradi.
Qadimgi arablar yorug` yulduzlarga shaxsiy nomlarni berganlar. Oq yulduzlar: Lira turkumidagi Vega, Burgut turkumidagi Altoir (ular yoz va kuz paytlarida ko`rinadi), Sirius – osmondagi eng yorug` yulduz (qishda ko`rinadi); qizil yulduzlar: Orion turkumidagi Betelgeyze va Savr turkumidagi Aldebaran (qishda ko`rinadi), Aqrab turkumidagi Antares yozda ko`rinadi; Aravakash turkumidagi sariq Kapella (qishda ko`rinadi);
Eng yorug` yulduzlarni qadim zamonlardayoq 1-kattalikdagi yulduzlar deb, bevosita qaraganda kuz zo`rg`a ilg`aydigan eng xira yulduzlarni 6-kattalikdagi yulduzlar deb ataganlar. Ana shu qadimiy terminologiya hozirgacha saqlanib qolgan. «Yulduz kattaligi» (u m harfi bilan belgilanadi) termini yulduzlarning haqiqiy o`lchamlariga hech qanday aloqasi bo`lmay, u yulduzlardan Yerga kelayotgan yorug`lik oqimini harakterlaydi. Ikkita yulduzning o`zaro yulduz kattaliklari orasida farq birga teng bo`lsa, ularning ko`rinma yorug`ligi bir-biridan taxminan 2,5 marta farq qiladi, deb qabul qilingan. U holda 5 yulduz kattaligiga farq qilsa, ravshanlik farqi rosa 100 martaga to`g`ri keladi. Masalan, 1-kattalikdagi 6-kattalikdagi yulduzlardan 1000 marta yorug`. Hozirgi zamon kuzatish usullari taxminan 25-yulduz kattaligigacha bo`lgan yulduzlarni ko`rish imkonini bermoqda.
Aniq o`lchashlar, yulduzlar kasr va manfiy yulduz kattaliklariga ham ega ekanini ko`rsatmokda. Masalan, Aldebaran m=1,06, Vega m=0,14, Sirius m=-1,58, Quyosh m=-26,80 yulduz kattaligiga ega.


Mavzuga oid didaktik va texnik vositalar, foydalanilgan jihozlar:
Proyeksion ko’rgazmali uslubiy qo’llanma, kadoskop.
O’qitish uslublari: “Aqliy hujum”, savol-javob
Adabiyotlar:
M.Mamadazimov Astranomiya: Akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari uchun darslik. 6-18 betlar
M.Mamadazimov Astronomiyadan o’qitish kitobi

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish