8. Faqat sirg’aluvchi undoshlardan iborat qatorni toping.
A) f,s,k B) v,z,n
C) dj,sh,x D) h,f,g’
9. Tarkibida unli tovushlar bilan faqat jarangsiz undoshlar ishtirok etgan so’zlar qatorini toping.
A) bayon, vazmin, go’zal B) bigiz, kuchuk, joziba
C) ko’chat, hiqichoq, sath D) alifbe, andisha, dahshat
10. Tarkibida undosh tovushlardan faqat sonorlar (ovozdorlar) ishtirok etgan so’zlar qatorini ko’rsating.
A) mehr, keng, sen B) yomg’ir, makon, nodon
C) misol, moviy, dengiz D) ro’mol, nom, lola.
11. Jarangli til oldi undoshlari qator kelgan so’zlarni belgilang.
1) qasr; 2) davr, 3)amr; 4) qadr; 5) qayd;
6) burj; 7)ganj; 8)nazm.
A) 2,4, 5,6 B) 1,3, 4, 7, 8
C) 4, 6, 7 D) 2, 4, 5, 6, 7
12. Shovulladi tun bo‘yi shamol,
Qaldiroqlar ko(chdi larzakor.
Shivirlading yonimda xushhol:
«Yana keldi, do‘stginam, bahor».
Ushbu sho’riy parchadagi ochiq va
yopiq bo’g‘inlar soni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) 19 ta ochiq, 17 ta yopiq bo’g‘in
B) 18 ta ochiq, 18 ta yopiq bo’g‘in
C) 16 ta ochiq, 20 ta yopiq bo’g‘in
D) 11 ta ochiq, 19 ta yopiq bo’g‘in
13. Urg‘uning o’rni o’zgartirilganda so‘z ma’nosiga ta’sir qiladigan o‘rinlarni aniqlang.
1) ko‘zlar; 2) bog‘lar; 3) harakat; 4) yigitcha; 5) qo’llar; 6) ko’mir; 7) ishlar.
A) 1,2, 4, 5 B) 2, 3, 5, 7
C) 1,2,4, 5, 7 D) 2,4, 5, 6, 7
14. Qaysi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘ini har doim urg‘uli bo‘g‘in hisoblanadi?
1) hozir; 2) qazilma; 3) qo’llanma; 4) ko‘chirma;
5) qurama.
A) 1,3,4 B) 1,2,4, 5 C) 2, 3, 5 D) 1,2, 3, 4
15. Sanab sanog‘iga yetolmadi.
Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida jami
nechta tovush o’zgarishi yuz bergan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
16. Mening bu voqeadan xabardorligimni unga ayta ko‘rma.
Ushbu gapdagi so‘zlar tarkibida qanday fonetik o‘zgarishlar kuzatiladi?
A) tovush tushishi
B) tovush almashishi va tushishi
C) tovush orttirilishi, tushishi, almashishi
D) tovush orttirilishi
17. ”Bahor devorlarning oftobbo`yra etaklaridan boshlanmaydi. Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor mana shu yerdan boshlanadi...”
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) ”Iltijo” hikoyasidan
B) ”Oq marmar, qora marmar” hikoyasidan
C) ”Alla” hikoyasidan
D) ”Gilam paypoq” hikoyasidan
18.Mumtoz adabiyot janri hisoblangan chistonlar qanday shakllarda yozilmaydi?
1)G’azal; 2) fard; 3) tuyuq; 4) ruboiy;
5) muxammas; 6) bayt; 7) qit’a
A)2,6,7 B) 3,5 C) 2,4,7 D) 1,2,5
19.So`zlarni anglatadigan ma`nolariga qarab moslang.
1)muhaddis 2)hadis 3)roviy 4)nosahih 5)fosiq
a)ilmni o`zgalarga o`rgatgan, o`zi o`rgangan ammo amal qilmaydigan shaxs
b)ma`lumot beruvchi,aytuvchi
s)hadis yig`uvchi
d)ishonchsiz
e)payg`ambarimiz so`zlari
A)1-s,2-e,3-b,4-d,5-a B)1-d,2-a,3-e,4-s,5-b
C) 1-d,2-e,3-b,4-s,5-a D) 1-d,2-b,3-e,4-s,5-a
20.Masallarni ma`nosi bilan moslang.
a)do`stga sadoqat haqida
b)og`irning ostidan yengilning ustidan o`tma
d)behudaga chiranish belni chiqaradi
1)”Ustiga tuz ortilgan eshak”
2)”Burgut, zog`cha va cho`pon”
3) “Yovvoyi echkilar bilan cho`pon”
A) a-2,b-1,d-3 B)a-3,b-1,d-2
C)a-1,b-2,d-3 D)a-3,b-2,d-1
21. “Yevgeniy Onegin”, “Maskarad”, “Sosunli dovud” asarlarini kim tarjima qilgan?
A) Usmon Nosir B) Oybek
C) Mirtemir D) Maqsud Shayxzoda
22. …dastlab eski maktabda, so`ng “Shams-ul irfon” nomli boshlang`ich maktabda o`qigan?
A)Mirtemir B)M.Osim
C)H.Olimjon D) Oybek
23. Quyida berilgan tarjimalarni moslang.
1)Sholoxovning “Tinch oqar Don”
2) “Manas” qirg`iz xalq eposi
3)Batning “Hayot bo`stoni”
4) “Qirqqiz” qoraqalpoq xalq dostoni
5)Dantening “Ilohiy kamediya”
6)Borodinning “Yildirim Boyazid”
a)E.Vohidov b)A.Oripov c)Mirtemir d)M.Osim
A)1,3,6-c 2,4-d 5-a B) 1,3,4-c 2,6-a 5-b
C)2,3,4-d 5-b 1,6-a D)1,3,6-d 2,4-c 5-b
224. O`tkir Hoshimov qalamiga mansub “Nur borki,soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” asarlari qaysi janrda?
A) qissa B) hikoya C) drama D) roman
25.O`. Hoshimov qaysi hikoyasida onasining “Meni ham kitob qilib yozsangchi,o`g`lim” deganini esga oladi?
A) “Alla” B) “Iltijo”
C) “Haqqush” D) “Qarz”
ALLOH O’ZI NAFRATLANGAN INSONLARDAN ILM OLISHGA BO’LGAN MUHABBATNI OLIB QO’YADI.DOIM ILM TALABIDAGI INSON BO’LING. MEN SIZLARGA ISHONAMAN BIZ BIRGALIKDA KUCHLIMIZ VA UDDALAYMIZ.QANI, OLG’AA!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |