Assidiyalar sinfi vakillarining tuzulishi, hayot kechirishi, ko’payishi va rivojlanishi. Mundarija: Kirish


Assidiyalar ko’payishi va rivojlanishi



Download 83,71 Kb.
bet4/7
Sana10.06.2022
Hajmi83,71 Kb.
#651529
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
22 to\'g\'ri tayyor Assidiyalar sinfi vakillarining tuzulishi, hayot kechirishi

1.3. Assidiyalar ko’payishi va rivojlanishi.
Assidiyalaming ko'pchiligi bir joyda yakka holda va koloniya bo'lib hayot kechiradi, lekin ulaming suvda erkin suzib yurib hayot kechiradigan koloniyal turlari ham mavjud. Voyaga yetgan assidiyalarning uzunligi 30—50 sm ga boradi. Koloniya bo lib yashaydigan assidiyalar jinsiy usulda ko'payishdan tashqari. kurtaklanish yo'li bilan jinssiz usulda ham ko'payadi. Assidiyalaming xaltasimon yoki bochkasimon tanasi tashqi tomonidan dildiroq kletchatkasimon moddadan iborat qalin qobiq (tunika) hilan o'ralgan bo'lib, ostki tomonidagi tovoni hilan suv tagidagi birorta substraíga yopishib yashaydi. Halqumnmg ichki lomonida, uning orqa tomoni bo'ylab to qizilo'ngachgacha davom etib boradigan tamov bor, bu tarnovning ikki cheti yuqoriga ko'tarilgan bu'lib. ichí tebranib turuvchi uzun-uzun
kiprikchalar bilan qoplangan. Mana shu tamovga endostil deyiladi. Endostil og'iz teshigiga yetmasdan turib ikkiga bo'linadi va halqumni halqadek o'rab oladigan halqum oldi egatchasiga aylanadi. Halqumning orqa tomonida endostilga qarama-qarshi va halqum bo'shlig'iga osilib turadigan plastinka bo‘lib, buni orqa plastinka deyiladi.
Assidiya halqumining ichini qoplab turgan kipriklarning va orqa lastinkaning tebranib harakat qilishi natijasida suv oqimi halqumga kiradi. Suv bilan halqum bo'shlig'iga mayda dengiz organizmlari ham kirib, endostil tubiga cho'kadi. Bu yerda ular endostil tubidagi hujayralardan chiqadigan shilimshiq modda bilan bir-biriga yopishadi va endostil kipriklarining harakati natijasida qizilo'ngach teshigiga haydaladi. Hazm bo'lmagan oziq qoldiqlari anal teshigi orqali jabraoldi bo'shlig'iga tushadi, u yerda umumiy suv oqimi bilan kloaka sifoni teshigidan tashqariga chiqariladi. Halqum nafas olish organi vazifasini ham bajaradi.
Qon aylanish sistemasi. Assidiyalarning qon aylanish sistemasi tutash emas. Yuragi oshqozon oldida joylashgan muskulli xaltacha ichida turadi. Yuragining ikki tomonidan bittadan qon tomiri chiqadi. oldingisi jabra qon tomiri hisoblanib. halqumning ostki tomonidan o'tib, stigmalarga bir qancha mayda-mayda shoxchalar
beradi. Keyingi qon tomiri ichak qon tomiri deyilib, ichki organlarga boradigan shoxchalarga boblinadi. Bu shoxchalar organlar orasiga o‘mashgan va maxsus devorlari bo'lmaydigan bo'shliqlar bilan qo'shiladi. Shuning uchun ham assidiyalarning qon aylanish sistemasi tutash emas. Assidiyalar yuragining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, qonni goh oldingi tomonga, goh orqa tomonga haydaydi. Shuning uchun ham ulaming har qaysi qon tomiri dam arteriya, dam vena qon tomiri vazifasini bajaradi. Nerv sistemasi. Assidiyalarning markaziy nerv sistemasi, og'iz sifoni bilan kloaka sifoni o’rtasida joylashgan kichikroq nerv tugun-
chasidan iborat. Voyaga yetgan assidiyalarda. qamragichlarini hisobga olmaganda. tuyg'u funksiyasini bajaradigan hech qanday sezgi organlari yo'q. Nerv tugunchasining ichki bo‘shlig‘i, ya’ni nevroseli boimaydi va yaxlit nerv massasidan iborat. Qalin devorli xalta-tunikaning ichida yupqa devorli ikkinchi xalta-mantiya bor. Barcha qobiqlilar singari. assidiyalarda ham qattiq skelet yo‘q. Mantiya og'iz va kloaka sifonlarining chetidagina tunika bilan qo‘shilgan.
Jinsiy organlari. Assidiyalar germafrodit. Ulaming ikkita jinsiy bezi. ya'ni erkaklik va urg’ochilik jinsiy bezlari bo'lib, oshqozonning ustida joylashgan va bir-biriga taqalib turadi. Assidiyalar germafrodit bo’lgani bilan o‘z-o‘zini otalantira olmaydi, chunki bitta individda ham spermatazoid, ham tuxum hujayrasi baravar yetilmaydi, balki oldinma-keyin yetiladi. Yetilgan jinsiy mahsulotlar jinsiy kanallardan atrial bo'shliqqa tushadi. Suv oqimi bilan kirgan spermatazoidlar tuxumni shu yerda otalantiradi, so’ngra urug’langan tuxum kloaka sifon orqali suvga chiqariladi. Urug'langan tuxum to'la va bir tekisda bo’linadi hamda gastrula davriga aylanadi. So'ngra embrión bo'yiga cho'ziladi va asta-sekin rivojlanib har xil organlar, ya’ni xordalilarga xos bo’lgan markaziy nerv sistemasi yuzaga keladi. Assidiyalaming lichinkasi suvda erkin suzib yuradi. U tashqi tomondan itbaliqqa o‘xshab ketadi va uzunligi 0.5 mm gacha boradi. Assidiyalar lichinkasining ikki yoni qisilga Xordalilaming o'q skeleti tana bo'ylab joylashgan xordadan iborat. Xorda faqat tuban xordalilarda umr bo'yi saqlanib qoladi. Yuksak xordalilarda esa xorda faqat embrional rivojlanish davrida bo'lib,keyinchalik umurtqa pog'onasi bilan almashinadi. Markaziy nerv sistemasi xordaning ustida joylashgan nerv nayidan iborat. Yuksak xordalilarda nerv nayining oldingi qismidan bosh miya shakllanadi; nayning qolgan qismlaridan esa orqa miya hosil bo'ladi. Xordalilar xalqumi devorining ikki yonida jabra yoriqlari joylashgan. Bu yoriqlar birlamchi suv hayvonlarida hayoti davomida saqlanib qoladi. Quruqlikda yashovchi va ikkilamchi suvda yashashga o'tgan xordalilarda jabra yoriqlari embrional rivojlanish davrida bo'ladi.


Download 83,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish