Lazy Assembler - TASM ning rivojlantirilgan versiyasi, yangi buyruq protsessorini o‘zida mujassamlashtirgan;
FASM (Flat Assembler) - MSDOS, Windows, Linux kabi operatsion tizimlarda ishlay oladigan, 16-, 32- hatto 64-razryadli protsessorlar uchun ham qulay ish muhitiga ega bo‘lgan kompilyator.
NASM (Netwide Assembler) - bu ham LINUX/BSD asosida ishlaydi;
TASM (Turbo Assembler) - Borland firmasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, u 16/32-bitli mikroprotsessorlar uchun yozilgan dasturlarni kompilyatsiyalashda qo‘llaniladi. Bu kompilyator bevosita MS DOS muhitida ishlaydi. Turbo Assemblerning bir vaqtda ikkita versiyasidan foydalanish mumkin - tasm.exe va tasmx.exe.
Avvalo, Assemblerda tuziladigan dasturlarni qayta ishlash (exe-faylga aylantirish) uchun uni translyatsiya jarayoniga tayyorlash kerak. Dasturni bajariluvchi faylga translyatsiya qilish va uni protsessorning joriy holatida qadamba-qadam bajarilishini nazorat qilish hamda o‘rganish jarayoni to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |