Assalomu aleykum hurmatli foydalanuvchi!
Boshlang’ichlar uchun 3x3x3 kubik rubikni terish uchun qo’llanma.
Bosqichlar:
Bir tomonni terish.
O’rta qism qovurg’alarini terish.
Tepa qismda plus (+) shakli hosil qilish.
Tepa qism o’rta qovurg’alarini to’g’ri joylashtirish.
Tepa qism burchak qovurg’alarini to’g’ri joylashtirish.
Tepa qism burchak qovurg’alarini aylantirish.
Yurishlar:
Kubik rubikda har bir tomon uchun alohida nom berilgan va ular ingliz tilidagi tomonlar nomlanishining bosh harflari bilan belgilanadi. (F,B,U,D,R,L).
Bu yurishlar soat strelkasi harakati bilan yuriladi.
Ya’ni F(FACE) Yuza qism soat strelkasi bo’yicha 90 ° oldinga yoki F’ soat strelkasi bo’yicha 90 ° orqaga.
‘(ShTRIX) – Bu soat strelkasiga qarama qarshi yurishni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |