Assalomu alaykum, xurmatli o’qituvchilar, xurmatli o’quvchilar. Siz ushbu videoni ko’rib turgan bo’lsangiz, demak siz Zakovat intelektual o’yinlariga befarq emassiz. Biz bugun sizga bir loyiha haqida so’zlab beramiz



Download 18,41 Kb.
Sana18.04.2022
Hajmi18,41 Kb.
#560636
Bog'liq
yo\'riqnoma


1-video
Assalomu alaykum, xurmatli o’qituvchilar, xurmatli o’quvchilar. Siz ushbu videoni ko’rib turgan bo’lsangiz, demak siz Zakovat intelektual o’yinlariga befarq emassiz. Biz bugun sizga bir loyiha haqida so’zlab beramiz. Bir nechta video yo’riqnoma tayyorlaganmiz. Mana shu video yo’riqnomalarning birinchi qismi, aynan kirish qismini hozir sizga tushuntirib beramiz.
O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va O’zbekiston RespublikasiXalq ta’limi vazirligi Zakovat intelektual klubi bilan hamkorlikda katta bir loyihani boshlash arafasida turibdi. Ushbu loyihaning asosiy g’oyasi shundaki, O’zbekiston Respublikasidagi barcha maktablarda mantiqiy fikrlashga yo’naltiruvchi, o’quvchilarni dunyoqarashini kengaytirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan Zakovat to’garaklarini tashkil etmoqchimiz. Zakovat to’garaklari albatta yangilik emas, ko’p maktablarda bunday to’garaklar tashkil qilingan. Aytishingiz mumkin, nima farqi bor, shundoq ham bizning maktabda Zakovat to’garagi bor edik-ku? To’g’ri, haqiqatdan ham, O’zbekistondagi ko’plab maktablarda fidoyi o’qituvchilarning sayi harakatlari bilan Zakovat to’garaklari tashkil qilingan. Lekin, muammo nimada? Muammo shundaki, avvalo, Zakovat o’yinlarini o’tkazishni aniq qonun-qoidalariga amal qilinmaydi, ya’ni yagona qonun-qoidalar yo’q. Ikkinchidan, savollar masalasi, bu eng muhim masala. Ya’ni, o’sha maktablarda tashkil qilingan Zakovat to’garaklarida qanday savollar o’ynalayotgani bizga ma’lum emas. Chunki Zakovat o’yinlarini, mantiqiy o’yinlarni o’ziga yarasha qonun-qoidalari bor: savollar yoshlarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirishi kerak. Misol uchun, Amir Temur qaysi jangda oyog’idan jarohat olgan? degan savol Zakovat to’garaklarida o’ynalmaydi, sababi bunaqangi faktik savollar bilan yoshlarning dunyoqarashini, mantiqiy fikrlashini kengaytirib bo’lmaydi. Shu sababli biz quyidagicha loyihani ishlab chiqdik: maxsus sayt bo’ladi, ko’rib turganingizdek (www.zakovat.tv). Mana shu saytda biz har hafta respublikadagi Zakovat bilimdonlari tomonidan maktab o’quvchilariga mo’ljallangan eng sara savollar to’planadi. Har bir maktabni o’zini to’garak rahbari bo’ladi va o’sha to’garak rahbariga saytdan maxsus login, parol beriladi. O’sha to’garak rahbari istalgan joydan turib, albatta internet kerak bo’ladi, xohlasa telefonidan, xohlasa kompyuteridan, xohlasa noutbukidan, xohlasa planshetidan, farqi yo’q, o’sha saytga kirib, login parolini tergandan keyin, har hafta Respublika Zakovat intelektual klubi bilimdonlari tomonidan tayyorlangan savollar ularga ko’rinadi. Ana shu savollarni o’quvchilarga o’qib beradi va natijalarini shu saytga kiritib boradi. Bundan biz nimaga erishamiz? Eng avvalo, barcha to’garaklar faoliyatini tizimli ravishda yo’lga qo’ya olamiz. Maxsus saytda har bir maktab o’z natijalarini ko’rib borishi mumkin bo’ladi. Har bir to’garak a’zolari, o’quvchilarni o’zining maxsus sahifasi bo’ladi, rasmlari bilan. Va bu o’quvchilarga ishtiyoq beradi, o’zining natijalari, reytinglarini portalda ko’rib, yanada shu to’garakka qiziqishi ortadi. Va eng asosiysi, eng sara savollar bilan biz yoshlarni bilimga, kitob o’qishga qiziqtira olishimiz mumkin. Bu umumiy tushunchalar, biz video yo’riqnomamizning keyingi qismlarida har bir detalni qadam-baqadam, hijjalab tushuntirishga harakat qilamiz, toki har bir maktabda shu to’garakni yo’lga qo’ymoqchi bo’lganlar mana shu video yo’riqnomalarni ko’rib, qiynalishmasin. E’tiboringiz uchun rahmat, demak, keyingi qismlarda biz batafsil tushuntirishga harakat qilamiz.
2-video
Endi keyingi masalaga o’tsak. Zakovat to’garak o’yinlarini qayerda o’tkazish kerak va buni o’tkazish uchun bizga qanday jihozlar zarur bo’ladi? Eng avvalo Zakovat to’garaklari uchun ko’p narsa kerak emasligini inobatga olish kerak. oddiy bir xona, balki sinf xonasi bo’lishi mumkin, balkim sport zali bo’lishi mumkin, balkim faollar zali bo’lishi mumkin. Ko’pchilik o’ylaydiki, Zakovat o’yinlarini o’tkazish uchun bizga o’rtada turadigan alohida bitta stol kerak va uni atrofida odamlar huddi ekran o’yinlaridek tik turishi kerak. Yo’q, unday emas. Zakovat ekran o’yini boshqa, Zakovatning to’garak o’yinlari boshqa. To’garak o’yinlarida bir vaqtning o’zida bir nechta jamoa ishtirok etishi mumkin va barcha jamolarga bir vaqtda bitta savol beriladi. Xonada jamoalarga alohida stol qo’yish shart emas, 6 ta stul ham yetarli, 6 nafar o’quvchi o’zaro o’tirib, bir birlari bilan bemalol muhokama qila olsa bo’ldi. Stol qo’yilsa yana ham yaxshi, ammo stol katta bo’lmasligi kerak, chunki muhokama vaqtida o’quvchilar bir biridan uzoq bo’lib qolmasligi kerak. O’yin o’tkazadigan xona kattaligi to’garakka a’zo jamoalar soniga bog’liq. Asosiysi, jamoalar o’rtasida taxminan 1 metr joy qoldirilishi kerak, chunki muhokama vaqtida jamoalar bir biriga halaqit bermasligi va bir jamoaning aytgan variantlari boshqa jamoaga eshitilib qolmasligi shart. Kunning issiq vaqtlarida hattoki tashqarida ham o’tkazsa bo’ladi. O’yin o’tkazish uchun yana ovoz kuchaytirgich kerak bo’ladi, ammo bu majburiy emas. Agar o’yin kichikroq xonada yoki ochiq maydonda o’tkazilayotgan bo’lsa, jamoalar soni unchalik ko’p bo’lmasa, to’garak rahbarining o’zining ovozi ham yetarli bo’ladi. Agar xona katta bo’lsa, jamoalar soni ko’p bo’lsa qo’shimcha ovoz kuchaytirgich va mikrofon bo’lgani ma’qul. Bundan tashqari, o’yin o’tkazish uchun boshlovchi va javob varaqalarini tekshirib turuvchi komissiya a’zolari uchun yana bir alohida stol bo’lishi kerak. Mana shu jihozlarni o’zi Zakovat to’garagini o’tkazish uchun yetarli va biz o’yinga tayyor bo’lamiz.
3-video
Ana endi bevosita o’yinni o’tkazish tartibini tushuntiramiz. Jamoalar joylariga o’tirib bo’lgach, boshlovchi qoidalarni tushuntirib o’tadi.
Download 18,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish