BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARIGA ARIFMETIK AMALLARNI ORGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY VA METODIK ASOSLARI
1.1 Boshlangich sinflarda arifmetik amallar bajarish metodikasining umumiy masalalari
Davlat ta'lim standarti o'quvchilarning har biriga ta'lim olishda teng imkoniyatlarni yaratib berish,har birining yuqori natijaga erishishlarini rag'batlantirish va shu orqali o'quv- bilim jarayoning farqli tashkil etilishini ta'minlash uchun da'vat etilgan. Davlat ta'lim standartlarining o'quv fani bo'yicha, ta'lim sohalari bo'yicha ishlab chiqarilishi o'quv fanlarining variantini tanlash asosida o'quv metodik majmualar, jumladan, boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishni takomilashtirishni nazarda tutadi. Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarishni bog'lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarining ichki bog'liqligi va o'quv fanlari aro uzviylikni ta'minlashga xizmat qiladi. Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarish talablarining o'quvchilar tomonidan bajarilishi ularning tevarak zarur bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashlariga yordam beradi.
Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarish jarayoni o'quv-bilim jarayoniga matematika o'qitish bo'yicha bilim,konikma va malakalarigina emas balki shaxsning muayyam asosiy faoliyati majmuasi- mehnat o'quv-biluv, kammunikativ-axloqiy va jismoniy- kamolatiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham ta’minlaydi.
Shuningdek arifmetik boshlang'ich o'rganish uslubi ham mukammallashtirilgan. Kichik yoshdagi o'quvchilarni o'qitishning barcha bosqichlaridan ularning tiklash faoliyatini aktivlashtirishga tayanch faktlar va kuzatishlarni o'z vaqtida umumlashtirishga,ayrim masalalar orasidagi o'zaro bog'lanishni tayinlashda, bolalarda mustaqil ishlash oquvlarini paydo qilishga qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslubdagi maktab dasturiga kiritilgan. O'quv materialini o'quv yillari bo'yicha taqsimlanishida o'rganilayotgan sonlar sohasini asta-sekin kengayib borishi ko'zsatiladi.
1-sinf 1dan 20 gacha sonlar.
2-sinf 1dan 100 gacha sonlar.
3-sinf 1dan 1000 gacha sonlar.
4-sinf kop xonali sonlar.
Arifmetik amallarga doir material konsentrlarga bo'lib o'rganiladi. Hammasi bo'lib 4 ta konsentr ko'zda tutiladi: o'nlik, yuzlik, minglik, ko'p xonali sonlar. Har bir konsert o'z mazmuniga ko'ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarni aks ettiradi, shuning uchun o'quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlar ustida amallarni o'rganar ekanlar,umuman arifmetikaning mohiyati to'g'risida tasavvur hosil qiladilar. Har gal yangi sonli material asosida amallar bajarishga qayta-qayta murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytishga imkon beradi. Bundan tashqari, mustahkam oquv va malakalarning asta-sekin shakllanishi ( sanoqda, o'lchashlarda, og'zaki va yozma nomerlashda, hisoblashda va h.k ta'minlanadi, chunki bu amallarni bajarishning usullari umumiylikni saqlagan holda asta-sekin murakkablashtirib boradi. Shunday qilib, har bir oldingi korsentrda nomerlash va arifmetik amallarni o'rganish mos masalalarni kelgusida o'rganish uchun tayyorgarlik ishi hisoblanadi, har bir keyingi konsentrda esa ilgari o'rganilgan material umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Arifmetika kursining konsentrik tuzulishi kichik yoshdagi o'quvchilarni psixologik xususiyatlarga mosdir : sanoq o'lchash,arifmetik amallar bilan dastlabki tanishtirishni narsalar to'plamlari yordamida ko'rsatish katta bo'lmagan raqamlar misolida bajarish zarur son sohasini sekin - asta kengaytirib borish ham ko'rgazmali - harakatli amallardan abstrakt amallarga o'tish orqali bolalarning fikrlarini rivojlantirish bilan moslashtiriladi. Har bir konsentrning ajratib berish sabablarini, bu konsentr ichida sonlarni nomerlashni o'rganish uslubini shuningdek, arifmetik amallarni o'rganish usulini batafsil bayon qilamiz.
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bolib, quyidagi rivojlanish bosqichlaridan otib kelmoqda.
Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning ortalarida AQSHda qollana boshlangan.Bunda pedagogik texnologiya va talim texnologiyasi ifodalari faqat texnika vositalari yordamida oqitishga nisbatan qollangan edi.
Oradan vaqt otishi davomida shu ifodalarni qollash darajasi kengayib borishi natijasida ularning manolari ham tegishlicha ozgarib bordi. Hozirga kelib esa pedagogik texnologiya ifodasining zamonaviy ilmiy asoslangan yagona tarifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikrlar va xulosalar asoslab berildi.
50-yillar ortasidan 60-yillargacha talim texnologiyasi ifodasi qollanilib, bunda programmalashtirilgan talim nazarda tutilgan.
70-yillarda pedagogik texnologiya ifodasi qollanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi oquv jarayonini bildirgan.
1979-yilda AQSHning pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha tarif berilgan edi: pedagogik texnologiya bilimlarni ozlashtirishning hamma jihatlarini qamrab oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, taminlash, muammoning yechini baholash va boshqarish uchun odamlar, goyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini oz tarkibiga oladigan kompleks, integrativ jarayondan iborat.
80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb talimning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.
Shu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya bir jihatdan oquv jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalab,uni talimdagi, oqitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin bolsa, ikkinchidan, talim texnologiyasi yoki pedagogik texnologiya degan nom oquv jarayonining ozini qurish texnologiyasini bildiradi deb xulosa chiqarish mumkin.
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bolgan: u texnik vositalar haqidagi talimot deb, hamda oqitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha tariflari mavjud.
Ayrim mualliflar oqitish texnologiyalariga fan va sanat oraligidagi fan deb qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan boglaydilar.
Shunday qilib, bir yondashuvda oqitish texnologiyalari oqitishning barcha vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi.Unda texnologiya oquv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi.
Alohida qayd etib otish joizki, ayni vaqtda talim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy goyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas.Yuqorida qayd etilgandek, pedagogik texnologiya nazariyasi otgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bolsada, aynan pedagogik texnologiya tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjudligini korib turibmiz.
Talim texnologiyasi tushunchasi talim metodikasi tushunchasiga nisbatan kengdir.
Talim metodi oquv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga yonaltirilgan oqituvchi va oquvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bolsa, talim metodikasi esa muayyan oquv redmetini oqitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullari tizimini tavsiflaydi.
Talim texnologiyasi talim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni,yani,avvaldan loyihalashtirilgan talim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma bosqich amalga oshirish,aniq maqsadga erishish yolida muayyan metod,usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda talim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi.
Oqituvchini samarali faoliyat korsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasidan farqli olaroq, talim texnologiyasi oquvchilar faoliyatiga nisbatan yonaltirilgan bolib, u oquvchilarning shaxsiy hamda oqituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, oquv materiallarini mustaqil ozlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi oquvchi shaxsini rivojlantirish orqali talim maqsadiga erishishni taminlashdan iborat.
Talim texnologiyasi xususida yaratilgan adabiyotlarda ushbu tushunchaga berilgan tariflarga asoslangan holda ushbu tushuncha quyidagicha sharhlangan :
pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yonaltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir.
Bizga yaxshi malumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bolib u oziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy talim texnologiyasi oquvchining talim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bolsa-da, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi. Chunki unda harakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bolib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi ham mantiqiy, ham tarkibiy jihatdan talim texnologiyasidan farq qiladi.
Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda oziga xos jihatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy goyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgilandi:
tarbiya jarayonining umumiy loyihasi;
tarbiyani tashkil etishga bolgan ijtimoiy ehtiyoj (ragbat);
tarbiya maqsadi;
tarbiya mazmuni ( shakl, metod, usul va texnik vositalar);
oqituvchi (tarbiyachi) faoliyati ;
oquvchi (tarbiyalanuvchi) faoliyati;
tarbiya samarasi ( natija ).
Ushbu fikrlar asosida tarbiya texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi tasvirda quyidagicha namoyon boladi.
Pedagogik texnologiya ozida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
pedagogik texnologiya pedagogik jarayonni takomillashtirish, optimallashtirishga bolgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi.
pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy harakterdagi, shuningdek, talim tarbiya jarayonini samarali, mahoratli tarzda tashkil etish borasidagi nazariy hamda amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon boladi.
pedagogik texnologiya talim tarbiya jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jarayondir.
pedagogik texnologiya yonaltiruvchanlik vazifasini bajaradi, yani, u shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi.
pedagogik texnologiya - shaxsiylik xususiyatiga ega bolib, muayyan texnologiyalarni talim tarbiya jarayonida qollashga nisbatan yagona, qatiy, meyoriy (standart) talablar qoyilmaydi. Har bir pedagog u faoliyat yuritayotgan talim tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart sharoitlarini inobatga olgan holda muayyan texnologik yondashuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
pedagogik texnologiya ozida talim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti
(kamoloti) birligini ifoda etadi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish uchun poydevor bolgan pedagogik jarayonni takomillashtirish, insonarvarlashirish, oquvchining mustaqilligini taminlash, oqitish jarayonida texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishdan iborat.
Pedagogik texnologiyani qollash jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:
Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi quyidagi shartlarga amal qilinishiga bogliq:
Mavjud shart -sharoitlarni inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etish.
Oquvchi ( tarbiyalanuvchi)larnning yosh, fiziologik, sixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish.
Talim (tarbiya) jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish.
Oquvchi ( tarbiyalanuvchi)lar faoliyatini obyektiv nazorat qilish va baholash.
Xususiy fanlarni oqitish jarayonida imkon qadar, albatta, samarali ravishda texnik vositalar imkoniyatidan keng foydalanish.
Pedagogik texnologiya ozida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari umumpedagogik, xususiy-metodik hamda lokal (modul) bilimlarga asoslanadi. Shu bois pedagogik xodimlar, shuningdek, bolgusi oqituvchilar oz faoliyatlarida pedagogik texnologiyadan foydalanishni oz oldilariga maqsad qilib qoygan bolsalar, yuqorida qayd etilgan bilimlarni puxta ozlashtira olishlari lozim. Zero, pedagogik texnologiya puxta ozlashtirilgan pedagogik bilimlarga tayanilgan holda tashkil etiladigan yuksak samarador pedagogik faoliyat jarayonidir.
2.1.Interfaol metod - talim jarayonida oquvchilar hamda oqituvchi ortasidadagi faollikni oshirish orqali oquvchilarning bilimlarni ozlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qollash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol talimning asosiy mezonlari: norasmiy bahs munozaralar otkazish, oquv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati,oquvchilar tashabbus korsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, sinf jamoasi bolib ishlash uchun topshiriqlar berish va boshqa metodlardan iborat bolib, ular talim tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda oziga xos ahamiyatga ega.
Hozirda talim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yonalishlardan biri interfaol talim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iboratdir.
Barcha fan oqituvchilari shu jumladan boshlangich sinf oqituvchilari ham dars mashgulotlari jarayonida interfaol metodlardan borgan sari keng kolamda foydalanmoqdalar.
Interfaol metodlarni qollash natijasida oquvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, oz fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, soglom muloqot, munozara, bahs olib borish konikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Interfaol degani, oqituvchi va oquvchilar orasida ozaro hamkorlik tufayli dars samaradorligini oshadi, yangi darsni oquvchi mustaqil harakat, mulohaza, bahs-munozara orqali organadi, qoyilgan maqsadga mustaqil ozi darsda oquvchi faol ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga harakat qiladi,yani ham fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi, ham tinglaydi, eng keragi ozi faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining negizidagi topshiriq mazmunini anglab yetgan oquvchilar talim jarayoniga ozlari bilmagan holda qiziqish bilan kirishib ketadilar.
Boshlangich sinflarda qollanadigan texnologiyalaridan foydalanishning maqsadi:
Oquvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakillantirishdan iborat. Hozirda keng qollanib kelayotgan interfaol metodlar turlari juda kop bolib, ularning hammasi ham boshlangich talimda qollash uchun yaroqli emas. Bunga 1-navbatda boshlangich sinf oquvchisining oqish, yozish tezligining kichikligi va sinfda aksariyat hollarda 30 tadan ortiq oquvchi oqishi boladi. Interfaol metodlar nisbatan kichik auditoriyalarga (30 tagacha ) va koproq uzluksiz talim tizimining orta va yuqori boginlariga moljallangan bolib, boshlangich sinflarda qollash tajribalari juda kam. SHuning uchun yangi texnologiyalarning faqat boshlangich sinf matematika darslarida qollash mumkin bolganlari haqida soz yuritamiz.
Interfaol metod sinfda otiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni muhokama qilishda Aqliy hujum, Adashgan zanjirlar, Savol bering, Insert, BBB, Bahs munozara, Muammoli savollar, Kichik guruhlarda ishlash, Burchaklar metodi, Kubiklar metodlari asosida bahs, munozara orqali ularni yechimini topishda yaqindan yordam beradi.
“Aqliy hujum texnologiyasini qollash bir muammoni hal qilish yolidan turlicha va iloji boricha koproq taklif, fikr mulohazalarni yigishdan iborat. Avvaliga har qanday takliflar qabul qilinadi. Keyin esa, ularning ichidan eng maqulini tanlab olinadi. Bu metodni qollashda eng nozik tomoni hamma takliflarni Eslab qolishdir. Shuning uchun ularni yozib borish kerak boladi. Oqituvchi ularni shartli belgilar va qisqartirishlar bilan doska yoki vatman qogozga yozib boradi.
Masalan: 3 sinfda mavzuga oid quyidagi mashqni hal qilish yuzasidan hamma takliflarni yigish mumkin.
Quyidagi shaklda nechta tort burchak bor?
Bunda takliflar tortburchaklar sonini sanash usuliga oid bolib, ularning sonini togridan togri aytish talab qilinmaydi.
Bunda turli takliflar bildirish mumkin. Eng maqbuli avval 1 katakli, keyin 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 katakdan tuzilgan tortburchaklar sonini sanashni taklif qilish mumkin.
Yoki biror ifoda qiymatini qulay usulda hisoblash yuzasidan takliflar yigiladi. Masalan: 1 dan 20 gacha bolgan barcha natural sonlar yigindisini topish yoli soraladi. Hamma takliflar qabul qilinadi. Ularning bir nechtasi boyicha yigindi topiladi va usullar taqqoslanadi. Eng qulay usulni taklif qilgan guruh yoki juftlik taqdirlanadi.
Darsda berilgan masala, misol va topshiriqni juft bolib hal qilishi ham oquvchilarni ozaro fikr almashishga, bir birini toldirishi, kerak bolsa bir biriga orgatishga orgatadi. Bunday usulni Juftlikda ishlash deb ataladi. Oqituvchi oquvchilar mustaqil hal qilishi mumkin bolgan istalgan vazifani juftlikda topshiradi. Bunday topshiriqni ijodiy harekterda bolishi maqsadga muvofiqroqdir.
“Adashgan zanjirlar usuli boshlangich sinflarda biror bir ketma ketlikni tiklash uchun qollanadi. Bunda oqituvchi biror mavzu, tushuncha, algoritmga oid ketma ketlikni alohida alohida va tartibsiz qoyadi. Oquvchilar tartibsiz joylashgan sozlarga mantiqiy boglangan zanjirni tuzishlari kerak. Bu metodni 4-6 kishilik guruhda qollash ham, butun sinf bilan ishlash ham mumkin.
Oqituvchi bilim uzatuvchi rolidan oquv jarayonini tashkil qiluvchi, oqish faoliyatini boshqaruvchi, oquvchilar faolligini psixologik va pedagogik jihatdan oqilona qollab quvvatlab rivojlantiruvchi roliga otishi, deb hisoblaymiz.
Pedagogik texnologiya nazariyasi va uni talim jarayonida qollash muammolariga bagishlangan zamonaviy tadqiqotlar mazkur nazariyaning talim rivojini taminlashdagi ahamiyatini chuqur anglab yetish, uning imkoniyatlarini aniqlash va keng kolamli axborot maydonini egallashga yordam beradi.
Pedagogik texnologiya nazariyasini shakllantirish va undan foydalanish mexanizmini bilish, talim jarayonini rivojlantirish va boshqarishning eng samarali shakl va metodlarini aniklash imkonini beradiki, buning nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyati ham beqiyosdir.
Talim nazariyasi va amaliyotida pedagogik texnologiyalarni tadqiq etish ishi fanlararo (pedagogika, psixologiya, metodologiya, pedagogik metodologiya, falsafa, sotsiologiya va boshqa fanlar) aloqadorlik va bogliqlik asosida yondashuvni talab etadi. Korsatib otilgan fan yonalishlarining har birida talim texnologiyalarining malum nazariy jihatlari va texnologiyani talim jarayoniga tatbiq etishda alohida orin tutuvchi qulay shart-sharoitlari bir qadar toliq taxlil qilingan.
Texnologiya mehnat jarayonining oziga singdiriladi. Texnologiyaning amalga oshirilish shaklidan qatiy nazar, asosiy maqsad umumiy jarayon operatsiyalarining tavsifi, predmeti, vositalari va yakuniy natija bilan belgilanadi. Binobarin, pedagogik texnologiyaning pedagogik jarayoni amalga oshirish shakli sifatidagi mohiyati pedagogik faoliyat sohasida namayon boladi insonning ongi jamoaviy ozaro tasir inikosining ideal shakli hamda dialektik qarama-qarshiligini ifoda etib, ozgartirilgan mehnat sifatida namoyon boladi. Shunga kora ongi qayta shakllantirish qonuniyatlarini ijtimoiy texnologayadan, ushbu qonuniyatlarini joriy etishning asosiy shakllarini pedagogik texnologiyaga asoslangan pedagogik amaliyotdan izlash taqozo etiladi;
- pedagogik texnologiya ijtimoiy texnologiyadan ajralib chiqib, oz taraqqiyotida shartli jamoaviy repetitsiyaviy (mashqlantiruvchi) refleks bosqichini bosib otgan holda, asosiy texnologik ozaro tasirlarni maqsadga muvofiq tarzda takrorlovchi harakat va operatsiyalar tizimiga ajratadi. Bundan kuzatilgan maqsad ijtimoiy ongi mustahkamlash va toplangan tajribani yangi avlodlarga yetkazishdan iborat bolib, uning predmeti esa ideallashtirilgan tavsifga ega;
2.2. Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari.
Natural son va nolni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlangich matematika kursini asosini tashkil qiladi. Unga qo'shib algebra va geometriya elementlari o'qitiladi. Dasturda natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin o'nlik, yuzlik, minglik va ko'p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish nazarda tutiladi. Bu o'nlik sanoq sistemasining xususiyalari bilan, og'zaki va yozma nomerlashni takror-takror qo'llash orqali beriladi.
Birinchi o'nlikni nomerlashda 1-10 sonlarini sanash, nomerlarni aytish, ketma-ketligini, katta-kichikligini o'zlashtirish nazarda tutiladi. 1-o'nlik bilan nol' soni ham birga o'rgatiladi. Uni bo'sh to'plamning harkteristikasi sifatida berilgan. Nomerlash davomida 11-20, keyin 21-100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi. 1-,2-, ....o'nliklarni hosil qilish, birgalikda o'nliklarni, ya'ni o'nli sanoq sistemasining mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda 100 ichida, 1000 ichida va ko'p xonali sonlar og'zaki va yozma nomerlash, arifmetik amallar bajarish, komponentlarning nomlarini o'rgatishlar amalga oshiriladi.
Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida amallar bajarish boshlang`ich matematika kursida asosiy mavzulardan hisoblanadi. Algebra va geometriya elementlari arifmetik bilimlar tizimiga imkoni boricha kiritiladi, natijada son, arifmetik amallar va musbatlar haqidagi tushunchalarni yuqoriroq darajada o`zlashtirish ta'minlanadi.
Natural son va nol ustida ishlash boshlang`ich sinflarda 4 yil o`qish davomida olib boriladi. Matematika dasturi natural son va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin 10, 100, 1000, ko`p xonali sonlar konsentrlari bo`yicha kiritishni nazarda tutib tuzilgan.
Kontsentlarga ajratish o`nli sanoq sistemasining xususiyatlari bilan, sonlarni og`zaki, yozma nomerlash bilan bog`liq bo`lgan asosiy masalalarni takror-takror qarashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |