Barchamiz intiqlik bilan kutayotgan Navro'z bayrami yaqinlashayotganligi munosabati bilan hamkasblarimizga "Assalom Navro'z" nomli bayram tadbiri ssenariysini taqdim qilmoqchimiz.
"Assalom Navro'z"nomli bayram tadbiri.
Maktab
hovlisi bayramona sharlar, gullar bilan vanavro'z bayramiga oid shiorlar bilan bezalgan. Tadbirga mahalla vakillari, VEN noziri, faxriy
ustozlar, ota- onalar hamda o'qituvchi
va o'quvchilar ishtirok etadilar.
Bayram tadbirlaridan aval sinflararo " Bahor taomlari
- Navro'z ko'rki" nomli tanlov o’tkaziladi. Tanlovda barcha sinf o'quvchilari
o'zlari tayyorlagan bahor taomlarini dasturhonga tortadilar. Hakamlar hayati taomlarni
turlariga, sifatiga, mazzasigadasturxonning bezalishiga ko'ra boholaydilar. So'ng bayram tadbiri
namoish etiladi.
1-boshlovchi:Assalomdan boshlaymiz kirish so'zimiz.O'zbekiston
deya atalur bizning yurtimiz,
Ko'hna Farg'onaning farzandi o'zimiz.Kelajagi porloq yurtim senga assalom.
2-boshlovchi
Assalom azizlar
qalbi quyoshlar
Mehringiz nuridan
bahramand yoshlar,
Biz sizga keltirdik bir oliy iymon,
Bir oliy iymonkim otashin salom.
Assalomu alaykum deymiz maktabning go'zallikda
tengi yo'q, sho'x va shodon qizlariyu
mard va jasur yigitlariga va yana alohida boshimizni
egib ta'zim aylaymiz aziz va mo'tabar ustozlarga,maktabimizga tashrif buyurgan mehmonlarimizga.
1-boshlovchi:
Biz O'zbekiston yurtini balki maktabimizning barcha yoshlari va ustozlarini kirib kelayotgan navro'zi
ayyom bilan chinqalbimizdan muborakbod etamiz. Bayramingiz muborak bo'lsin deymiz.
Bahmal yopib yillarga,
Adir dala qirlarga
Gullar olib qo'llarga
Navro'z keldi azizlar.
2-boshlovchi:Quyosh separ nurlarin
Yerga zarrin nurlarin,
Erkalatib hurlarin,Navro'z keldi azizlar.
Bugungi "Assalom Navro'z "
deb nomlangan bayram tadbirimizni ochib berish uchun so'zni
maktabimiz rahbari Nabiyev Abdumomin Nazirovichga beramiz.
Hozirgi navbatni 9-g sinf o'quvchisi Tursunova Sevaraning "Orombaxsh” raqsiga beramiz.
Hozirgi navbat
9-g sinf o'quvchilari tayyorlagan bayram dasturiga
Navro'zoy, Bahoroy va Dehqonbobolarni davraga taklif etamiz.
1-boshlovchi:
Navro'z bu yil ham dillarga olam-olam quvonch
olib kelayoir. Uni hamma bolalaru qizlar momolaru- bobolar ham sog'inishgan.Chindan ham ostonamizni hatlay-hatlay deb turgan navro'zni sog'indik.Uni har yilgidek o'zimiz orzu qiladigan va esda qolarli tarzda nishonlaymiz. Chunki navro'zbiz sevib va kutib nishonlaydigan bayramlardandir.
2-boshlovchi:
Navro'z yasharish bayrami tabiatn
uyg'nishi bilan bog'liq bo'lgan
kun. 21 mart kecha va kunduz
tenglashgan yangi kun ya'niy navro'z bayramisifatida sharq xalqlari tomonidannishonlanadigan milliy bayram hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |